- Akkumulyator, kamera yamash, koplamachilik va qayta tiklash ishlari bajariladigan xonalar havoli isitish qo’llanganda havoni aylanma harakatlantirishga ruxsat etilmaydi.
- Havoning sovishi hisoblanganda, tashqi to’siqlar va infiltratsiya hisobiga yo’qotiladigan issiqliklardan tashqari, xonaga kirayotgan sovuq avtomobillarni isitishga ketadigan va ochiq darvozadan kirayotgan sovuq havoni isitishna ketadigan issiqlikni ham hisobga olish zarur.
- Isitilgan dvigatelning va uning sovutish tizimidagi suvning o’rtacha harorati 500S ga teng, avtomobilni sovitilgan qismlarini o’rtacha harorati hisoblangan tashqi isitish haroratidan 100S ga yuqori qabul qilinadi.
- Xonalarga kirib kelayotgan avtomobillarni isitish davomiyligi qabul qilinadi. 1 toifali avtomobilar uchun-1soat, 2 va 3 toifa uchun 2 soat, 4 -toifali uchun esa -3 soat. Bunda 2 va 3 toifa uchun 70 % issiqlik birinchi soatda sarflanadi, 4 toifa uchun esa birinchi soatda -50 %, ikkinchi soatda -30 % va uchinchi soatda -20 %.
- Darvozaning ochib yopilishi oqibatida xonani sovishi avtomobilarni ko’plab xonaga kirib kelishi va chiqishi vaqtida maksimumga yetadi. Havo miqdori shamolni yo’nalishi va tezligidan, tashqi va ichki haroratdan, darvozani balandligi va kengligiga bog’liq. Darvozaning ochib yopilishidan yo’qotilayotgan issiqlikni qoplash uchun issiqlik ta’minoti loyihalanayotganda quyidagilarni ko’zda tutish lozim:
- -tashqi havoning hisoblangan harorati- 200S dan past bo’lganda, tashqi darvozalarning isitilgan havo to’siqlari o’rnatiladi, agar TXK mintaqasida postlar soni 5 dan ortiq bo’lsa va saqlash mintaqalarida kirib;
- -chiqayotgan avtomobillar soni 1 soatda 20 tadan ortiq bo’lsa.
- -tashqi hisoblangan harorat -200S dan yuqori bo’lsa issiqlik yo’qotishga qo’shimcha beriladi yoki qo’shimcha davriy ishlaydigan retsirkulyatsion agregatlar o’rnatiladi;
- Havo to’sgich ikkita vertikal havo yuritgichlardan iborat bo’lib o’z elektrodvigateli bilan ta’minlangan. Havo yuritgichdan yuboriladigan isitilgan havo kirib kelayotgan havoga qarshi 450 burchak ostida yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |