Reja: Bloger kim? Nima uchun bloger jurnalist emas? Aslida kimni bloger deyish mumkin?
Aslida kimni bloger deyish mumkin?
Download 27.09 Kb.
|
Блогер
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday qilib bloger bo’lish mumkin
Aslida kimni bloger deyish mumkin? Bu masala ham muhim bo‘lib, ushbu tushunchaga izoh ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarga asoslanib, qonunchilikda aniq ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek, blogerlarning huquqlarini himoya qilish, qo‘shimcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish barobarida omma oldida mas'uliyat va javobgarlik hissi uchun ham blogerlar uchun qonun nihoyatda zarur. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi normativ- huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasining regulation.gov.uz portalida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi loyiha joylashtirildi. Unda bloger tushunchasida quyidagicha ta'rif berilgan:
Bloger — xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ular axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs. Bu ta'rif ham tahrirtalab, chunki unda internet jurnalistikasida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar ko‘proq nazarda tutilgandek. Vaholanki axborot tarqatuvchi har qanday jismoniy shaxsga bloger degan maqom berish noo‘rin. Menimcha, bloger ma'lum bir sondagi foydalanuvchilar yo obunachilarga ega bo‘lishi, jamoatchilik tomonidan e'tirof etilishi kerak. Chunki ertaga har qanday jismoniy shaxs turli ma'lumot va xabarlarni e'lon qilaverib, o‘zidan bloger yasab olishi mumkin. Ba'zi holatlarda shunday ham bo‘lyapti. Ijtimoiy tarmoqlar va muhokamalarni o‘qib, amin bo‘lyapmizki, blogerlik uchun aniq mezon va talab kerak. Jamoatchilik nazorati ostida bo‘lsa-da, blogerlik faoliyati tahlil etilishi, baho berilishi lozim. Aytaylik, nuqul masalaning bir tomonini bo‘rttirib ko‘rsatadigan, o‘zining yashirincha manfaati bo‘lgan shaxs omma oldiga bloger sifatida «chiqish» qilaversa, nima bo‘ladi? Shuning uchun blogerlarga jurnalist maqomi darajasida huquq berilayotgan ekan, o‘sha darajada majburiyat va javobgarlik ham bo‘lishi lozim. Bu jamoatchilik nazorati ostida bo‘lsa, demokratik jamiyati me'yorlariga ham muvofiq bo‘ladi. Xulosa shuki, blogerlik faoliyati jurnalistik faoliyat kabi qorong‘i uyda xuddi fonus ko‘tarib kiradigan shaxs kabi nihoyatda samaralidir. Biroq, bu borada haqqoniylik, xolislik, so‘z va axborot mas'uliyat va etika me'yorlariga qat'iy amal qilish talab etiladi. Bu talablar qanchalik bajarilishi esa yana keng jamoatchilik fikri va xulosasiga bog‘liqdir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini bloger deb tanishtirayotgan ba’zi yoshlarni ko‘rib xayratda qolaman. Yozayotgan ma’lumotlari, bildirayotgan munosabatlari xato, xato va xatoga to‘la. Asoslanmagan ma’lumotlarni qo‘rqmay bayon qilishadi. Bloger o‘zi kim? Uning vazifasi nima? Huquq va majburiyatlari bormi? kabi savollar tug‘iladi menda. To‘g‘ri kelgan odam bloger bo‘lishi mumkinmi? Bilganlarim esa quiydagicha – “Blog” so‘zi inglizcha bo‘lib, u voqea-hodisalarni qayd etuvchi internet-jurnal, internet-kundalik, onlayn-kundalik kabi ma'nolarni anglatadi. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunda blogerlarga Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs hisoblanadi deya ta’rif keltirilgan. Umuman olganda ularni ma’lum bir voqelik yuzasidan o‘z shaxsiy pozitsiyasini bildiruvchi ijtimoiy faol fuqarolar desak ham bo‘ladi nazarimda. Internet tarmog‘ida axborotsiz maydon yo‘q. Internetning o‘zi axborotdan tashkil topgan. Bugun odamlar ma’lumotlarni asosan internetdan olayotgan ekan, undagi axborotlarni tarqatayotgan ijtimoiy faol fuqarolar ya’ni blogerlarning saviyasiga ham e'tibor berish vaqti kelmadimikin? Muntazam internet tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan fuqarolar o‘z saviyalari ustida ishlashi, mamlakatimiz sha’ni va qadr qimmatiga ziyon yetkazuvchi harakatlar qilmasligi kerak. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning blogerlar bilan uchrashgani, ularni qo‘llab-quvvatlayotgani mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi. “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari”ning bayram kunida bir guruh blogerlarning ham davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi esa mamlakatda blogerlar mavqeini yanada oshirdi. Davlatimiz rahbari odilona yondoshuvi bilan barcha sohalarga va soha xodimlariga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Biroq buni suiste’mol qilish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini blogerman deb tanishtirayotgan, bir ikkita sahifa ochib, uchta to‘rtta ma’lumot yozib o‘ziga yuqori baho berayotgan, xatto davlat tashkilotlari xodimlariga axloqsizlarcha munosabatda bo‘layotgan blogerni tanib qoldim va taajubga tushdim. Xatto "2" bahoga ham o‘qiy olmagan kursdoshim edi u. Har ikki kunni birida janjal chiqarib, uni bunga, buni unga qayrab yurardi. Biror ko‘ngilsizlik bo‘lsa surishtirib borsak, masalaning asosiy uchi shu bolaga borib qadalardi. Kollejni tamomlab bo‘lguniga qadar ustozlarimiz bezib ketgan edi. Nahotki, axborot maydonini kim bo‘lsa egallab olaversa. Kim to‘g‘ri kelsa o‘zini blogerman deb e’lon qilsa. Balki hurmatli blogerlarga ham talab qo‘yish kerakdir. Shu o‘rinda joiz bo‘lsa tabriyaviy qoidalarga amal qilmay izoh bildirgan, ma’lumot yozgan, axborot e’lon qilgan blogerni ogohlantirish, internet tarmog‘iga kirishini ma’lum vaqtgacha taqiqlab qo‘yish kabi choralarni qo‘llash lozim. Tan olishim kerak blogerlar orasida iste’dodiga qoyil qoldiradigan, o‘nta oliy ma’lumotli jurnalistdan yaxshi yoza oladiganlari ham yo‘q emas. Ba’zi blogerlar faoliyatini havas bilan kuzatishimni ham yashirmayman. Ularning berayotgan ma’lumotlaridan bilimli va tajribali ekani sezilib turadi. Har qanday axborotga madaniyat va ma’naviyat bilan yondoshishni biladi. Jumladan, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev faoliyatini misol keltira olaman. Har bitta ma’lumotni asoslab e’lon qiladi. Tanqidiy matariallarida ham haqiqat bor, izoh bor. Ushbu blogerni berib borayotgan axborotlarini nafaqat foydali ekani, balki hayot va faoliyatimizda asqotadigan zarur manbaalarga tayanishini e’tirof etishim shart. Ayrim blogerlar o‘z faoliyatini faqat kamchiliklarni yoritishdan iborat deb o‘ylaydi. Tanqid qilsam oson tanilaman deb fikr yuritadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, rivojlanishlar, yuksalishlarga ko‘z yumib ketmaslik kerak. Har bir munosabat adolatli bo‘lishi tarafdoriman. Go‘yoki taniqdiy materialni yoritish bilan o‘zlarini haqiqiy blogerdek his etadilar. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning chiqishlarini muntazam kuzatib boryapman. Mazmunli va foydali axborot tarqatayotgan blogerlar ham bor. Bunga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ularning axborot almashish tezligiga, fikrlarining te’ranligiga qoyil qolaman. Ammo ba’zilarini xato-kamchiliklari, o‘ylamay asoslamay yozgan axborotlari xayratlantiradi. To‘g‘ri blogerlar erkin fikrli insonlardir. Fuqarolari erkin fikrlaydigan mamlakatda rivojlanish bo‘ladi. Shuningdek, blogerlar jamiyatimiz rivoji uchun kerakli ekanligini allaqachon isbotlashdi ham nazarimda. Chunki, aynan ularning jur’ati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi, dovyurakligi sabab, ba’zi davlat xizmati xodimlari o‘z o‘zini tanqid qilishni o‘rgandilar, har bir harakatiga xushyorlik va mas’uliyat bilan yondoshishni kasb qildilar. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor ijtimoiy tarmoqlarni kuzata turib mamlakatimizda allaqachon o‘z o‘rnini topib olgan blogerlarga talab qo‘yishimiz mumkinmi? Yoki ularning ayrimlari axloqsizligi bilan boshqa yoshlarni ham keraksiz ma’lumotlar bilan zaxarlashda davom etaveradilarmi? Bilishimcha qisqa ta’rif berganda blogerlar internetda axborot tarqatuvchi shaxslardir. Shunday bo‘lsada, milliy mentalitetimiz, milliy manfaatlarimizni chetlab o‘tuvchi axborotlarni tarqatishga xech kimning haqqi yo‘q. Ular ma’lumot tayyorlayotganlarida yoki biror holat ustidan munosabat bildirayotganlarida odob–axloq me’yorlariga amal qilishi, andisha doirasidan chiqmasligi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya qilishlari shart. Ayniqsa bizga ustozlarimiz aytganidek davlat tili maqomiga ega o‘zbek tilimizni isrof qilmasliklari lozim. Blogerlar har bir tayyorlayotgan ma’lumoti uchun o‘zida javobgarlikni his qilsin. Blogerlikni kasb qilmoqchi bo‘lgan do‘stlarimiz taniqli jurnalistlardan bilim olsin, mahorat darslariga qatnashsin, kitob o‘qisin, o‘z ustida ishlasin. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishim o‘rinliki, shaxsan blogerlarga adovatim yo‘q, ammo to‘g‘ri va adolatli faoliyat – rivojlanish mevasidir. Har bir bloger faqat o‘z manfaatini, shon-shuxratini yoki daromadini o‘ylab emas, ularni muntazam kuzatayotgan xalq oldidagi mas’uliyatini ham te’ran anglasinlar. Qanday qilib bloger bo’lish mumkin?Doyim bloger bo’lish istagida edingiz, lekin bunga yetarli imkoniyatlar bo’lmagan edimi? Odam.uz – bu vatanimizdagi o’zbek xalqlari uchun butun dunyodan yig’ilgan barcha qiziqarli, foydali va kulgili ma’lumotlar haqidagi yangi informatsion-zavqlantiruvchi manba. Download 27.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling