Reja: Bosh miya yarim sharlarining oliy faoliyati. Neyropsixik tekshirish usullari. Faoliyat buzilishlari va uning patologiyasi. Faoliyatni tekshirish usullari. Nerv sistemasi kasalliklarining turlari va asoratlari


Download 382.07 Kb.
bet1/8
Sana01.11.2023
Hajmi382.07 Kb.
#1736698
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bosh miya yiring kasalliklariga bemorlarnitekshirish va parvarish qilish mininggit va ensefalit


Bosh miya yiring kasalliklariga bemorlarnitekshirish va parvarish qilish mininggit va ensefalit
Reja:



  1. Bosh miya yarim sharlarining oliy faoliyati.

  2. Neyropsixik tekshirish usullari.

  3. Faoliyat buzilishlari va uning patologiyasi.

  4. Faoliyatni tekshirish usullari.

  5. Nerv sistemasi kasalliklarining turlari va asoratlari.


Nerv sistemasining yuqumli kasalliklari.
Asab tizimining yuqumli (infeksion) kasalliklari – ko‘p hollarda meningit, ensefalit, meningo-ensefalit kabi neyroinfeksiya shakllari bilan zararlangan bolalar maxsus maktablarga yo‘naltiradigan o‘quvchilarning aksariyatini tashkil etadi. Boshqa hollarda boshdan kechirilgan bosh miya kasalliklari, qon-tomir hamda revmatizm oqibatida asab tizimi turli shaklda zararlangan bolalar kuzatiladi.
Кasallik qo‘zg‘atuvchilari, asosan, asab tizimini zararlovchi mikrob va viruslarning xilma-xil turlari bo‘lib, ular klinikada neyroinfeksiya nomli umumiy atama bilan birlashtirilgan. Ba’zi hollarda asab tizimi turli umumiy infeksiyalari ta’sirida ikkilamchi kasallikka duchor bo‘lishi mumkin.
Bolaning mazkur kasalliklarni boshdan kechirishi ko‘rish, eshitish, nutq, tafakkur kabi nevropsixik funksiyalarning zararlanishiga olib keladi. Ba’zida asoratlar turg‘un xarakterga ega bo‘lib, bolani ommaviy maktabda talim olishiga to‘sqinliq qiladi.
Kasallik natijasida rivojlanadigan patologik simptomlarning xususiyatlari kasallik qo‘zg‘atuvchi agentning intensivligi, kasallik jarayonining xarakteri, organizm himoya xususiyatlarining ifodalanish darajasi kabi bir qator shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Bunda bola kasallikni boshdan kechirgan yoshi ham katta ahamiyatga ega. Bola kasallikni qanchalik erta boshdan kechirsa, shunchalik og‘ir asoratlar kuzatiladi(ayniqsa, psixik funksiyalarning rivojlanmasligi). Bola hayotining keyingi bosqichlaridagi kasallanish miyaning kompensator imkoniyatlari hisobiga nisbatan yengil kechadi va og‘ir asoratlar qoldirmaydi. Ko‘rsatilgan kasalliklarning alohida shakllarini tariflashga o‘tamiz.


Download 382.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling