Reja: Bosh miya yarim sharlarining oliy faoliyati. Neyropsixik tekshirish usullari. Faoliyat buzilishlari va uning patologiyasi. Faoliyatni tekshirish usullari. Nerv sistemasi kasalliklarining turlari va asoratlari


Download 382.07 Kb.
bet3/8
Sana01.11.2023
Hajmi382.07 Kb.
#1736698
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bosh miya yiring kasalliklariga bemorlarnitekshirish va parvarish qilish mininggit va ensefalit

Epidemik ensefalit (ensefalit A). Epidemik ensefalit bilan kasallanish organizmga markaziy asab tizimini zararlovchi neyrovirusning tushishi bilan bog‘liq. Kasallik ko‘pincha qishda epidemiya bo‘lib tarqaladi, u hamma yoshdagilar uchun xos, lekin ko‘pincha bolalik davrida ko‘proq uchraydi.
Кasallikning kechishi murakkab asoratlar simptokompleksini shakllantiruvchi harakat, nutq, ruhiyat sohasidagi alohida funksiyalarni buzilishlari bilan og‘irlashadi. Epidemik ensefalitdagi mazkur buzilishlar miyaning qaysi qismlari kasallik jarayoni bilan qanday intensivlikda zararlanganligiga qarab turlicha bo‘ladi. Epidemik ensefalit ko‘pincha po‘stloq osti qavat (striopallidar tizim) hamda oraliq miyani zararlaydi. Shu sababdan, asoratlar qatorida ko‘pincha harakat funksiyalari, hissiy soha hamda moddalar almashuvi buzilishlari kuzatiladi. Harakatlanish sohasidagi buzilishlar turlicha bo‘lib, bazan qo‘l, boshning titrashi bilan birga keladigan harakatlarning o‘ziga xos tormozlanishida, kam ayrim esa falaj va parezlar ko‘rinishida aks etadi. Odatda, bola yuzi amimik, nazanigohi harakatsiz, uzoqka qaragan, harakatlanishi umumiy tormozlangan hollarda bo‘ladi. Nutqi monoton, modulyatsiyasi va xissiy xususiyatlardan mustasno bo‘ladi. Biroq bunday o‘ziga xos bolalar adinamiyasi kam uchraydi. Ko‘pincha epidemik ensefalitdan keyingi asoratlar po‘stloqning po‘stloqosti tuzilmalarga o‘tkazadigan regulyatsiyalovchi ta’sirining zaiflashuvi bilan bog‘liq holda harakatlanishning umumiy qo‘zg‘aluvchanligi va giperkinezlarning mavjudligida namoyon bo‘luvchi asab faoliyati buzilishlaridan iborat. Bunday hollarda bolalar xulq-atvorida g‘azab affektlari, seksuallikning oshishi shaklidagi past pog‘onadagi xissiyotlar asosiy o‘ringa chiqadi, o‘zgaruvchan, ko‘pincha g‘amgin qayfiyat kuzatiladi. Maxsus bolalar muassasalari pedagogik amaliyotida ba’zi bolalarning meyordan ortiq ishtaha va tashnalik (bulimiya, polidipsiya), patologok g‘azablanish, shafqatsizlik holatlarini qayd qilingan.
Ensefalitdan keyingi xarakter va xissiy-irodaviy sohaning o‘zgarishlari turli darajada bo‘lishi mumkin. Bazan ular og‘ir darajada bo‘lib, bolaning o‘qish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi (keskin ulgurmovchilik, intizomning buzilishi, maktab va oilada nizolar). To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik va davolash tadbirlari qayd etilgan kasallik alomatlarini bir muncha tuzatish imkonini beradi.
Faqat ilk yoshda boshdan kechirilgan epidemik ensefalitda bevosita oligofreniyagacha olib keladigan o‘ziga xos intellektual o‘zgarishlar kuzatiladi. Nisbatan kech boshdan kechirilgan epidemik ensefalit oqibatida tez toliqish, intellektual kuchlanish qobiliyatining zaiflashuvi, xotirani yomonlashuvida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos psixikasteniya alomatlari kuzatiladi. Intellektning qo‘pol buzilishlari bo‘lmasligi ham mumkin. Bazan epidemik ensefalit uzoq davom etuvchi shaklda ham bo‘lishi mumkin. Kasallikni, ayniqsa, nisbatan kech yoshda, boshdan kechirgandan bolalar (yaqqol ifodalangan intellektual o‘zgarishlarimavjud bo‘lmagan) ommaviy maktabda talim olishlari mumkin. Biroq, ko‘p hollarda bu o‘quvchilar tafakkur tempining pasaygani, asab jarayonlarining tez toliqishi, xissiy-irodaviy sohaning turg‘un emasligi, tez qaytalanadigan bosh og‘riqlari sababli ommaviy maktab dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtira olmaydilar. Bu bolalarning diqqat funksiyasi zararlanadi, faolligi zaiflashadi. Shu sababli ular ko‘pincha talimini maxsus(yordamchi) maktablarda davom ettiradilar.


Download 382.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling