Reja: Bosh miya yarim sharlarining oliy faoliyati. Neyropsixik tekshirish usullari. Faoliyat buzilishlari va uning patologiyasi. Faoliyatni tekshirish usullari. Nerv sistemasi kasalliklarining turlari va asoratlari
Bosh miyaning qon tomir buzilishlari
Download 382.07 Kb.
|
Bosh miya yiring kasalliklariga bemorlarnitekshirish va parvarish qilish mininggit va ensefalit
Bosh miyaning qon tomir buzilishlari. Bosh miya boy shohlangan qon tomir to‘ri-arteriya va venalar bilan taminlangan. Turli sabablar ta’sirida bosh miya qon tomirlari ayniqsa, nerv elementlarini kislorodga boy qon bilan taminlovchi arteriyalarda buzilishlar ro‘y berishi mumkin, bu esa nerv hujayralari faoliyatida keskin aks etadi. Tomir tonusini o‘zgarishini asosiy sabablaridan biri tomir devorlaridagi sklerotik o‘zgarishlardir. Bu tomir elastikligini yo‘qolishiga, ularning torayishiga va qon aylanishinng buzilishiga sabab bo‘ladi. Tomirlarning patologik o‘zgarishlari fonida miyada qon aylanishini buzilishi, yani insult paydo bo‘lishi mumkin. Miyaga qon quyulishi, qon bosimininig oshishi (gipertoniya)da ko‘p kuzatiladi. Shu bilan birga, tomir devoriga qattiq qon elementlari, qon pufakcha, fibrinning yig‘ilishi natijasida arteriya bekilib qolishi mumkin (tromboz). Bu holat ko‘pincha qon bosimi pasayganda (gipotoniya), qonning tomirlarda oqishini sekinlashuvida sodir bo‘ladi. Va nihoyat tomirning bekilishi patologik o‘zgargan yurak klapanlaridan uyqu arteriyasi shohlariga trombning o‘tishi natijasida kelib chiqishi mumkin (yurakning revmatik hurujlari). Bu hollarda yurak klapanlarida o‘ziga xos soqolsimon o‘simtalar paydo bo‘ladi. Patologik o‘zgarishlarning uzilib ketgan to‘qimalari qon oqimi orqali miya tomirlariga o‘tishi va qon aylanishi buzilishini keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallik belgilari, kechishi va oqibatlari – miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (qon quyilishi, tromboz) to‘liq yoki qisman behushlik, nafas va yurak-qon tomir faoliyatlarini buzilishi bilan birga kechadi. Qon quyilishida bu belgilar trombozga qaraganda keskin tusda bo‘ladi. Shu bilan birga falaj, parez, nutq buzilishlari (afaziya), psixikaning o‘zgarishida namoyon bo‘luvchi miya faoliyati buzilishlari sodir bo‘ladi. Biroq tomirlarning patologik o‘zgarishi keksa yoshdagina kuzatilmaydi. Masalan, bola va o‘smirlarda falaj, parez, afaziya kabi boshqa patologik simptomlar bilan namoyon bo‘luvchi miya qon aylanishining buzilishlari kuzatiladi. Bu kam uchraydigan hollarda tomirlar sifilis kasalligi, yallig‘lanish jarayonlari (ensefalit) yoki bish miya jarohatlari natijasida zararlanadi. Shuni qayd etish joizki, bolalar nevrologiyasi amaliyotida bosh miya qon aylanishining buzilishi, ko‘pincha, og‘ir travmatik tug‘ruq jarayonida miya pardalari venalarining ezilishi yoki uzilishi holatlarida namoyon bo‘ladi. Ularning oqibati sifatida falaj yoki tutqanoqsimon hurujlar rivojlanishi mumkin. Keyinchalik nutqni rivojlanmasligi – alaliya, dizartriya kuzatiladi. Mayda qon tomirlarda qon quyilishi bilan birga keladigan orttirilgan bosh miya jarohatlarida oliy po‘stloq funksiyasi rivojining buzilishi va natijada keyinchalik aqli zaiflik (oligofreniya) paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Insultlarning kechishi miya moddasining zararlanish joyi va hajmi bilan bog‘liq. Uzonchoq miya va miya qorinchalari sohasidagi insultlar havflidir. Ba’zi hollarda insultlarda rivojlanuvchi og‘ir shok holati sababli, bemor tez halok bo‘ladi. Odatda, o‘tkir davr (shok holati) o‘tganda so‘ng kasallik klinik ko‘rinishida bir qator buzilishlar aniqlanadi. Asoratlar vaqt o‘tishi bilan miyaning kompensator mexanizmlari hisobiga bir muncha tuzatilishi mumkin. Masalan, bir necha kundan keyin bemor falajlangan qo‘l-oyoqlarini harakatlantira olishi mumkin, nutqning yaxshilanishi kuzatiladi (bemor alohida so‘zlarni talaffuz eta oladi). Bu davr o‘rtacha ikki oy davom etishi mumkin. Bu muddatdan keyin ko‘pincha falajlangan azolar tomonidan keskin yaxshilanishlar kuzatilmaydi, turg‘un nuqson qolishi mumkin. Ayniqsa, keksa odamlarda nutq nisbatan sekin tiklanadi. Davolovchi pedagogik tadbirlar. O‘tkir davrida davo choralari yotish rejimi, boshga muzli xaltacha qo‘yish va yurak faoliyatiga ta’sir qiluvchi dorilarni qo‘llashdan iborat. Kechuvchi ensefalit oqibatidagi insultda antibiotiklar bilan davolash davom ettiriladi, sifilisda tegishli davo choralari qo‘llaniladi. Rezidual davrda yaqqol harakat, nutq sohalaridagi nuqsonlarni tuzatishda davolash-pedagogik tadbirlar katta ahamiyatga ega. Massaj, fizioterapiyadan tashqari davolovchi gimnastikani doimiy qo‘llash harakat hajmlarini sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Rivojlanishi orqada qolgan yoki yo‘qotilgan nutqni tiklash ishlarida logopedik ish katta ahamiyatga ega. Bolalar miyasi yuqori plastiklik va kompensatsiya qobiliyatiga egaligi sababli, keksa yoshdagi bemorlarga nisbatan bolalarda zaiflashgan yoki yo‘qotilgan funksiyalarni juda tez tiklanadi. Bola nutq ustida ishlash ma’lum patologik o‘zgarishlarga ega tafakkurni nazorat qilish bilan birga amalga oshiriladi. Ba’zida maxsus maktab jamoasiga qo‘shish bolani davolashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 382.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling