Reja: Bosh miya yarim sharlarining oliy faoliyati. Neyropsixik tekshirish usullari. Faoliyat buzilishlari va uning patologiyasi. Faoliyatni tekshirish usullari. Nerv sistemasi kasalliklarining turlari va asoratlari
Download 382.07 Kb.
|
Bosh miya yiring kasalliklariga bemorlarnitekshirish va parvarish qilish mininggit va ensefalit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paralitik bosqichi
Klinik manzarasi. Poliomiyelit inkubatsion davri o‘rta hisobda 5-14 kun davom etadi, ba’zan u 2-4 ko‘ngacha qisqarishi va 35 ko‘ngacha uzayib ketishi mumkin.
Kasallikning 4 ta bosqichi tafavut qilinadi: a) boshlang‘ich yoki falajlardan oldingi bosqich, b) paralitik bosqich, v) tiklanish, g) rizidual yoki qoldiq hodisalar bosqichi. B oshlang‘ich yoki falajlarning oldingi bosqichida kasallik tana temperaturasi ko‘tarilishidan birdan boshlanadi. Kasallikning dastlabki kunlaridan boshlaboq, katarol hodisalar qayd qilinadi (ranit, nazofaringit, angina, bronxit) qayd etiladi. Bir qancha hollarda kasallikning boshlanishi hazm apparati ishining buzilishi bilan (ich ketishi, ich qotishi bilan) xarakterlanishi mumkin. Markaziy nerv sistemasining ta’sirlanishi va funksiyalarining izdan chiqishiga xos simptomlar qayd qilinadi: bosh og‘rig‘i, qayt qilish, adinamiya, bo‘shashish uyquchanlik va uyqusizlik, ba’zan alahlash talvasalar tutib turishi shular jumlasidandir. Orqa miya nerv ildizlari va bosh miya pardalarining ta’sirlanayotganini ko‘rsatadigan simptomatika paydo bo‘ladi. Paralitik bosqichi – isitma avjiga chiqib turgan vaqtda paydo bo‘ladigan parezlar va falajlar bilan xarakterlanadi, ular xuddi to‘satdan boshlangandek tuyuladi, lekin ularning to‘satdanligi faqat zoxiriydir. Bolani diqqat bilan kuzatib turiladigan bo‘lsa, endi bir necha kundan beri muskullari zaif bo‘lib qolganligi, reflekslari yo‘qolib ketganligi aniqlanadi. Ko‘pchilik hollarda falajlar kasallikning 5-kuniga kelib, ba’zan kechroq, 5-14-kuni paydo bo‘ladi. Parezlar va falajlarga har xil muskul gruppalari beriladigan bo‘ladi, lekin oyoq muskullari ko‘proq (58-82 % hollarda), gavda, bo‘yin, qorin pressi muskullari, nafas muskullari kamroq zararlanadi. Orqa miya nervlari ishtirokidagi (spinal) falajlar bosh miya nervlari yadrolarining zararlanishi bilan zararlanib borishi mumkin: ko‘proq (10-12 % hollarda) yuz nervi kamroq ko‘zni uzoqlashtiruvchi, ko‘zni harakatlantiruvchi, adashgan, til-xalqum, til osti nervlarining yadrolari zararlanadi, bunda yutish va nafasga aloqador dahshatli o‘zgarishlar boshlanadi. Tiklanish bosqichida avvalo bosh og‘rig‘i, ko‘pchilik hollarda umurtqa pog‘anasi va qo‘l-oyoqlardagi og‘riq yo‘qoladi. Falajlangan muskullar funksiyasi asta-sekin asliga kela boshlaydi: aktiv harakatlar, pay reflekslari paydo bo‘lib boradi. Tiklanish davri 1-3 yil davom etishi mumkin. Rezidual (qoldiq hodisalari bosqichi) barham topmaydigan bo‘sh falajlar, ma’lum muskul gruppalarining atrofiyalanishi, qo‘l-oyoqlar va gavdada kontrakturalarning shakli o‘zgarib ketishi bilan xarakterlanadi. Xoreya. Xoreya revmatik infeksiya qo‘zg‘atuvchi asab tizimi (bosh miya)ning kasalligidir. Odatda, xoreya angina, poliartrit, bazan grippdan keyin paydo bo‘ladi. Kasallanish ko‘pincha zax, seryomg‘ir paytlarda – bahor va kuzda kuzatiladi. Kasallik o‘tkir boshlanib, boshlang‘ich belgilari bola xarakteridagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Bolalar serjahl, jizzaki, injiq, jahl affektlariga moyil, yig‘loq bo‘lib qoladilar. Maktabda parishonxotirlik, mashg‘ulotlarga e’tiborsizlik kuzatiladi. Asta-sekin yuz, qo‘l-oyoq, tana muskullarining ixtiyorsiz harakatlari (giperkinezlar) rivojlanadi. Giperkinezlar rivojlanishi munosabati bilan bola harakatlaridagi dadillik yo‘qoladi, qo‘lidan narsalarni tushirib yuboradi, yozuvi keskin o‘zgaradi. Dastlab bolaning bunday hulq-atvori atrofdagilar tomonidan kulgu bilan qabul qilinadi, keyinchalik giperkinezlar kuchayib, faqat qo‘l va yuz muskullariga emas oyoq va butun tana mushaklariga ham o‘tadi. Qadam tashlashdagi dadillik yo‘qoladi, nutq keskin o‘zgaradi, tilning giperkinezi sababli nutq bilan birga ovqat yutish ham qiyinlashadi. Kasallikning dastlabki davrlarida ko‘pincha isitma chiqadi. Xoreya bilan birga yurak funksiyasining buzilishi-ritmining o‘zgarishi, puls tezlashishi, aritmiya kuzatiladi. Auskultatsiyada yurak asosida shovqin aniqlanadi. Ba’zi hollarda kasallik asorati sifatida klapanlar zararlanishi natijasida yurak nuqsoni paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir yurak kasalligi bilan og‘irlashgan xoreyadan halok bo‘lganlar bolalar miyasini o‘rganishda po‘stloq osti bog‘lamlarda degenerativ toksik o‘zgarishlar aniqlanadi. Miya po‘stlog‘ida ham sezilarli o‘zgarishlar topilgan. Ko‘p hollarda xoreya nisbatan beshikast kechib, to‘liq sog‘ayish bilan yakunlanadi. Yurak xastaliklari bilan asoratlanadigan kasallik shakllari bundan mustasno. Biroq yengil darajadagi kasallanish ham yotib davolanish rejimini hamda tegishli davo choralarini talab etadi. Rejimni qo‘llamaslik va davo choralarining yetarli emasligi bola muskullarining uchishi (ayniqsa, asabiylashganda) va qayfiyat o‘zgaruvchanligi, affektlarga moyillik, agressivlik kabi patologik xarakter xususiyatlarini uzoq muddat saqlanib qolishiga olib keladi. Bazan xoreyaning asoratlaridan biri sifatida duduqlanishi mumkin. O‘qituvchi xulq-atvoridagi o‘ziga xos o‘zgarishlar (yuzni bujmaytirish, yozuvni o‘zgarishi, xarakter va xissiy-irodaviy sohadagi salbiy o‘zgarishlar)ni birinchi bo‘lib aniqlashi va bu o‘quvchini shifokor-mutaxassisga yo‘llashi muhim ahamiyatga ega. Download 382.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling