Reja: Boshlang’ich funksiya tushunchasi. Funksiyaning aniqmas integrali
Download 190.34 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Boshlang’ich funksiya tushunchasi. Funksiyaning aniqmas integrali.
- 1-ta’rif. ([1], Definition 9.1, 300-bet )
- Proposition 9.3, 300-bet)
Mavzu. Boshlang’ich funksiya va aniqmas integral tushunchalariReja: 1. Boshlang’ich funksiya tushunchasi. Funksiyaning aniqmas integrali. 2. Integralning xossalari. 3. Asosiy aniqmas integrallar jadvali. 1. Boshlang’ich funksiya tushunchasi. Funksiyaning aniqmas integrali. Faraz qilaylik, f (x) funksiya (a,b) intervalda ( bu interval chekli yoki cheksiz bo’lishi mumkin ) aniqlangan bo’lib, F(x) funksiya esa shu intervalda differensiallanuvchi bo’lsin. 1-ta’rif. ([1], Definition 9.1, 300-bet ) Agar ∀x ∈(a,b) da F′(x) = f(x) yoki dF(x) = f(x)dx bo’lsa, F(x) funksiya (a,b) da f (x) ning boshlang’ich funksiyasi deyiladi. Masalan. 1). f (x) = x 2 funksiyaning R = (−∞,+∞) dagi boshlang’ich funksiyasi F(x) = x 3 bo’ladi, chunki 2). f (x) = − x funksiyaning (−1,1) intervaldagi boshlang’ich funksiyasi 1− x 2 F(x) = 1− x 2 bo’ladi, chunki Aytaylik, f (x) funksiya [a,b] da aniqlangan bo’lib, F(x) funksiya shu segmendga differensiallanuvchi bo’lsin. 2-ta’rif. Agar
bo’lib, F′(a + 0) = f (a). F′(b − 0) = f (b). bo’lsa, F(x) funksiya [a,b] da f (x) ning boshlang’ich funksiyasi deyiladi. 8.1—misol. Ushbu funksiya (−1,1) intervalda boshlang’ch funksiyaga ega emasligi ko’rsatilsin. ◄ Teskarisini faraz qilaylik. Biror F(x) funksiya (−1,1) da f (x) ning boshlang’ich funksiyasi bo’lsin: (−1,1) da
Lagranj teoremasiga ko’ra [0,x] da (0 < x <1) F(x) − F(0) = F′(c)x = f (c)x = x (0 < c < x) bo’ladi. Keyingi tenglikdan topamiz: Bu esa F′(+0) = F′(0) = f (0) = 0 bo’lishiga zid. 1-eslatma. Keyinchalik, F(x) funksiya boshlang’ich funksiyasi bo’ladigan oraliqni ko’rsatib o’tirmaymiz. Oraliq sifatida f (x) ning aniqlanish oralig’i X ko’zda tutiladi va X sifatida lar olinishi mumkin. 1-teorema. Agar f (x) funksiya X oraliqda uzluksiz bo’lsa, f (x) shu oraliqda har doim boshlang’ich funksiyaga ega bo’ladi. Bu teoremaning isboti keyingi mavzularda keltiriladi. ([1], Proposition 9.3, 300-bet) F(x) va Ф(x) funksiyalarning har biri f (x) funksiya uchun boshlan-g’ich funksiya bo’lsin: F′(x) = f (x), Ф′(x) = f (x) . Demak, F′(x) = Ф′(x) . Bundan F(x) = Ф(x) + C (C = const) tenglik kelib chiqadi. Demak, f (x) funksiyaning barcha boshlang’ich funksiyalari bir—biridan o’zgarmas songa farq qiladi va istalgan boshlang’ich funksiyasi ushbu ko’rinishda ifodalanadi: F(x) + C (C = const) . 3-ta’rif. f (x) funksiya boshlang’ich funksiyalarining umumiy ifodasi F(x) + C (C = const) shu f (x) funksiyaning aniqmas integrali deb ataladi va ∫ f (x)dx kabi belgilanadi. Bunda ∫ —integral belgisi, f (x) integral ostidagi funksiya, f (x)dx esa integral ostidagi ifoda deyiladi. Demak, ∫ f (x)dx = F(x) + C. Masalan, bo’ladi, chunki hosila olish qoidalariga ko’ra Download 190.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling