Reja: Dars-oqitishning asosiy shaklidir. Kimyo va biologiya darslarining turlari va darsga bolgan talablar. Maktabning yuqori sinflarida takomillashtirilgan kimyo darslari: maruza, seminar
Download 249 Kb.
|
mt3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning asosiy qismlari.
Darsning тashkiliy shakllari
Dars metodi ta’limning ichki mazmun va mohiyatini belgilasa, uning tashkiliy shakllari didaktik kategoriya sifatida tashqi mazmunini anglatadi: * oquvchilarni yosh va individual xususiyatlari hamda bilim darajalariga muvofiq sinflarga ajratish. Sinf oquvchilarini mikroguruhlarga bolish yoki oquvchi bilan yakka tartibda mashgulotlar olib borish; * oqituvchi-oquvchi faoliyatini faol subyekt-subyekt munosabati darajasiga olib chiqish asnosida hamkorlik, hamfikrlikni taminlash; * oquvchilarni faollashtirishda ularning diqqatini tayanch tushuncha va iboralarga qaratish lozim. Yakuniy xulosalarni ana shu tayanch tushunchalar atrofida umumlashtirish; * dars maqsadiga muvofiq interfaol metod, usul va vositalarni tanlash va ulardan unumli foydalanish; * ortaga tashlanadigan har bir savolning ilmiyligi, mantiqiyligi va didaktik talablarga javob berishiga etiborni qaratish; * vaqt taqsimoti masalasiga qatiy amal qilish. 40-45 daqiqali yoki 80-90 daqiqaga moljallangan juftlik darslarda oquvchining mustaqil bilim olishiga bolgan shart-sharoitlarni yaratish. Qisqa vaqtdan unumli foydalangan holda izlanuvchanlik, ijodkorlik, hozirjavoblik va topqirlik masalasiga asosiy etiborni qaratish; * texnik va texnologik jarayonni inson salohiyati bilan uygunlashtirib borish. Yangi pedagogik texnologiyalar tatbiqi asosida darslarni loyihalashtirish va shu asosda kafolatli natijalarga erishish yollarini izlash; * oquvchining(talabaning)sogligi, ruhiy va individual imkoniyatlari bilan bajarishi lozim bolgan bilimlar hajmini aniqlash; * ijodiy muhit yaratish asosida oquvchilarni(talabalarni) ragbatlantirib borish va boshqalar; *nazorat topshiriqlarning bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida,ozlashtirish dinamikasini kuzatib borish. *ilm asosida bilim berishga erishish. Darsning asosiy qismlari. Dars - oquv ishining tashkil kilishning asosiy shaklidir. Aniq qoyilgan maqsadga oqituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur dalilik materialni togri tanlab olishiga imkon beradi. Qoyilgan maqsadga qarab, darsda oqitiladigan aniq material har xil bolishi mumkin. Dars 3 qismga bolinadi: 1. Kirish. 2. Asosiy kism. 3. Xulosa. Darsning kirish qismida oquvchilar bilan tanishish, oquvchilar etiborini ishning oziga jalb etish, umuman sinfni oquv ishiga tayyorgarligini korib chiqish kerak. Darsning asosiy qismida sorash va baholash kiradi. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash. Uyga topshiriq berish. Togri tashkil etilgan uy topshiriqlari - oquvchilarda mustaqil ishlash malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir. Tipik dars quyidagi sxema asosida tuzilgan: 1. Sinfni oquv ishiga tayyorlash. 2. Sorash va baholash. 3. Otilgan mavzuni qisqacha xulosalash. 4. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash. 6.Uyga topshiriq berish. Darslar xilma-xil bolishi mumkin. Har xil dars - oquvchilarda bilimga havas hosil kilishning va bu havasni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir. Talim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir: kozlangan maqsadga va materialning mazmuniga qarab, talim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan tashkiliy shakllarni emas, balki jonli, xilma -xil tashkiliy shakllarni talab etadi, darslar xilma-xil bolishi kerak. Darslar - yangi materiallarni organish, amaliy mashgulotlar darsi, mashq va masalalar darsi, nazorat darslari va boshqalar. Tipik dars uchta asosiy qismga - kirish qismi, asosiy qism va xotima qismga bolinadi. Darsning kirish qismini kopincha oqituvchining oquvchilar bilan salomlashishi, davomatni tekshirish, kimyo oquv kabinetini darsga tayyorgarligi, zarur asbob-uskunalar bor-yoqligini tekshirish oquvchilarning ish joyida umumiy tartib ornatish, oquvchilar etiborini oziga jalb etish va boshqalar tashkil etadi. Darsning kirish qismini tashkiliy qism yoki sinfni oquv ishiga tayyorlash deb atash mumkin. Darsning asosiy qismiga oquvchilardan sorash, yangi mavzuni bayon etish, umumlashtirish va puxtalash kiradi. Oquvchilardan sorashga uyga berilgan topshiriqlarini, oldingi darsda otilganlarni tekshirib korish kiradi. Kopgina hollarda, uyga berilgan vazifani frontal suratda, butun sinfni bir vaqtda tekshirib chiqish kerak boladi. Shunda har xil usullardan foydalanib oquvchilarni hamma vaqt etibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilish kerak. Bazan, murakkab uy topshiriqlarini oqituvchi vaqtni tejash maqsadida oquvchilardan yigib, darsdan keyin tekshiradi, va keyingi darsda oz mulohazalarini va qoygan baholarini. Yangi mavzuni bayon qilish qismi xilma-xil boladi, uning xarakteri aniq materialga va bu materialga togri keladigan oqitish usullari va vositalariga bogliq boladi. Bayon etish jarayonida darsning asosiy talim - tarbiyaviy vazifasi hal qilinadi. Kopincha, darsning bu qismida oquvchilarga tayyor bilimlarni berish bilan chegaralanmay, balki oqituvchi rahbarligida oquvchilarning ozlariga tajriba, kuzatish, darslik bilan ishlash qildiriladi. Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash darsning alohida qismini tashkil etadi, chunki yangi mavzuda eng muhim narsani ajratib korsatishga va bu muhim narsani, qolgan vaqtga qarab, maxsus tarzda mustahkamlashga imkon beradi. Uyga topshiriq darsning yakuniy (xotima) qismida beriladi. Togri tashkil etilgan uy topshiriqlari oquvchilarda mustaqil ishlash malakalarini hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir. Shunday qilib, tipik dars sxemasi quyidagicha yoziladi: Sinfni oquv ishiga tayyorlash Sorash Otilgan mavzuni xulosalash Yangi mavzuni bayon etish Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash Uyga topshiriq berish. Albatta, yuqorida korsatib otilgan darsning sxemasi birdan-bir sxema emas. Yangi mavzuning harakteriga, oquvchilarning tayyorgarlik darajasiga, kimyoviy asbob-uskunalarni bor-yoqligiga, oqituvchining imkoniyati va individual xususiyatlariga va bir qator boshqa omillarga qarab darsning tuzilishi ozgartirib turiladi. Download 249 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling