Reja: Dars-oqitishning asosiy shaklidir. Kimyo va biologiya darslarining turlari va darsga bolgan talablar. Maktabning yuqori sinflarida takomillashtirilgan kimyo darslari: maruza, seminar
Darsga qoyiladigan didaktik talablar
Download 249 Kb.
|
mt3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy dars va unga qoyiladigan talablar
Darsga qoyiladigan didaktik talablar
- Oquv maqsadlari aniq va ravon belgilash, dars bosqichlarining ketma-ketligi jarayonining rivojlantiruvchi talim va tarbiyaviy maqsadlarni tamin etish; - Talim mazmunini optimal aniqlash, uni oquv dasturlari, standart meyorlariga moslash, oquvchilar tayyorgarligining dars jarayoniga mosligi; - Bilimlarni ozlashtirib olishlarini kafolatlash orqali oquvchilarni konikma, malakalarni egallab olishga tayyorlash; - Dars mazmuniga mos ravishda ratsional metod, uslub, vositalarni tanlay olish, shu orqali oquvchilar qiziqishini oshirish, yakka va jamoa tartibda ishlashga muhit yaratish; - Dars jarayonida turli didaktik prinsiplardan foydalanish; - Oquvchining muvaffaqiyatli oqishi uchun muhit yaratish; Darsda oqitishning asosi bolgan didaktika oqitish muammosi va nazariyasi hisoblanadi. Zamonaviy dars va unga qoyiladigan talablar Dars oqituvchining ilmiy va ilmiy- pedagogik mahoratini belgilovchi asosiy mezondir. Bir soatlik dars mashgulotlarini yirik sanat asariga qiyoslashning mohiyati ham shunda. Oquvchisiga insonparvarlik namunasini korsata olgan, uning mehri va hurmatini qozona bilgan oqituvchi ustoz degan ulug nomga sazovor bola oladi. Darsning har bir daqiqasini bebaho bilib, oquvchini faollashtira oladigan, uning mustaqil fikrini ostirish orqali dars maqsadiga erishishga intilgan oqituvchi, vaqtni togri taqsimlash, dars mashgulotlarining har bir qismida korgazmali vositalardan unumli foydalanishni yolga qoyish orqali oquvchida mantiqiy tafakkurni rivojlantirish sari yol ocha boradi. Izlanuvchan oqituvchi talimiy maqsadni tarbiyaviy maqsad bilan uygunlashtira oladi. Bunday izchillik bolaning aqliy rivojlanishi yolida yangi imkoniyatlar yaratadi. Otgan davrlarda ham zamonaviy dars tushunchasi qollanilib kelingan. Bugungi kunda ananaviy pedagogikaning yutugi sifatida yangi pedagogik texnologiyalar talim jarayoniga tatbiq etila boshlandi. Shunga muvofiq kafolatli natijaga erishish uchun dars maqsadi ilmiy-metodik talablarga muvofiq aniq qoyilgan bolishi lozim. Maqsadlarni qoyish usullari: * dars mashgulotining ilmiy-metodik xususiyatiga kora oqituvchining maqsadi; * organiladigan bilim mazmuniga muvofiq maqsadni belgilash; * oquvchining oquv-bilish faoliyati orqali maqsadni belgilash; *oquvchining individual-psixologik, intellektual va shaxsiy rivojlanish qobiliyatlariga qaratilgan maqsadni belgilash. Darsning samaradorligi uning ilmiy-metodik maqsadga muvofiq tarzda qurilishi, davlat talim standartlari(DTS) bilan dastur, darslik, oquv-metodik majmualar orasidagi uzluksizlikning taminlanishiga kop jihatdan bogliqdir. Bunday uzluksizlikni taminlamay turib, talim samaradorligini oshirish, DTSni amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yaratish mumkin emas. Shuning uchun zamonaviy dars va unga qoyiladigan ilmiy talablarda: 1). Darsning aniq qoyilgan maqsadida kafolatli natijaga erishish oz aksini topmogi lozim. Demak, har bir organiladigan mavzuda tugallangan bilim hajmi nazarda tutilmogi va bu bilimlar avvalgi bilimlarning mantiqiy davomi bolishi hamda qanday interfaol metodlar asosida oquvchilarni (talabalarni) faollashtirish, mustaqil bilimlarni egallash yol-yoriqlarini ozida aks ettirishi; 2). Har bir darsning goyasi nimalarga moljallanganligi aniq oz ifodasini topmogi kerak. Ilgari surilgan pedagogik goya bilan texnologik izchillik oqituvchi-oquvchining faol Subyekt-subyekt munosabatidagi uygunlikda oz yechimiga ega bolishi lozim. Buning uchun: * oqituvchi oquvchiga mustaqil bilim olish yollarini orgatishi; * oquvchini analitik tahlil eta olish, qiyosiy tavsiflash, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, qolga kiritilgan dalillarni tizim holiga keltirib umumlashtira olish hamda amalda qollay olish konikma va malakalarini shakllantirishi; 3). Dars mashgulotida oquvchilar(talabalar) kichik guruhlarga ajratilib, noananaviy yondashuvlar asosida muammoli topshiriqlar berish orqali ularning bilim darajalarini oshirib borishga erishish; 4). Sinf oquvchilariga differensial yondashish asosida integral shakldagi darslarni, yani bir soatlik dars mashgulotini qoyilgan dars maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, ikki yoki undan ortiq oqituvchi otishi; 5). Pedagogik amaliyotlarda bolajak oqituvchilar tomonidan xuddi shunday yondashuv asosidagi darslarni olib borish loyihasini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish talab etiladi. Bundan tashqari noananaviy dars nomi bilan yuritiladigan sayohat darslari(tabiatga, muzeyga, teatrga, kutubxonalarga va h-o.), konferensiya darsi, suhbat darsi, bahs-munozara kabi darslar farqlanadi. Talimning bunday turini har bir fan ozining xususiyati va DTS tomonidan qoyilgan vazifalar asosida amalga oshirib kelmoqda. Bunday darslarning tahlili ham keltirilgan dars tahlili metodikasi talablari asosida olib boriladi. Xullas, zamonaviy dars va unga qoyiladigan talablarda bir xillikdan qochish, oquvchining (talabaning) individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ijobiy fikrlashga orgatish orqali mantiqiy tafakkurni rivojlantirib borish lozim. Ana shunday sharoitda oquvchida yuzaga chiqishi mumkin bolgan imkoniyatlar paydo boladi. Bolaning qobiliyati kun sayin rivojlanib boradi. Ana shu munosabat bilan kimyo darslariga quyidagicha talablar qoyiladi: 1. Darsning maqsadlariga erishish aniq yonaltirilgan bolishi lozim. 2. Mazmunning ilmiyligi, aynan oquvchilarga kimyoning asosiy tushunchalari, qonunlari va dalillarini nazariy jihatdan togri yoritish. 3. Darsning yuksak goyaviy-siyosiy saviyasi oquvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilsin. 4. Predmetlararo bogliqlikni hisobga olib oqitishni taminlash. Oquvchilarning mantiqiy tafakkurlashi, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri bolgan oquv jarayonining muammoli tizimi uchun mazmun va oqitish metodlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishi. 6. Darsning maqsadi va oquv materialining mazmuniga mos keluvchi yetarli qiyinchilik darajasida oqitishni oquvchilarga mosligi, muvofiqligini taminlovchi oqitishning turli xil metodlarini chogishtirish, kimyoviy eksprementining barcha turlari hamda oqitish vositalari majmuasidan foydalanish. 7. Darsda oquvchilarning mustaqil ishlarining salmogini oshirish, frontal, guruh bolib va yakka tartibda bajariladigan oquvchilarning ishlarini chogishtirish. 8. Darsning barcha qismlari bir-biriga mos kelishi, ular asosiy didaktik maqsadga mos buysunishi hamda oquv vaqtidan oqilona foydalanish kerak. 9. Darsda oqituvchi va oquvchining ozaro ishonchi, samimiyatiga asoslangan sokin ish muhiti bolishi lozim. Darsning maqsadi va uning predmet mazmuni davlat dasturi va darslik bilan aniqlanadi. Shu bilan birga, oqituvchi darsga tayyorlanayotgan paytda qoshimcha materiallardan foydalanish imkoniga ega. Ammo, muhimi, bu tanlangan materiallar oquvchi yoshiga mos va bu dasturda belgilangan tushunchalardan tashqari qoshimcha tushunchalarni qamrab olmaslik zarur. Illyustrativ material esa darsda asosiy materialni ozlashtirishga xalaqit bermasligi kerak. Download 249 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling