Reja: Dars-oqitishning asosiy shaklidir. Kimyo va biologiya darslarining turlari va darsga bolgan talablar. Maktabning yuqori sinflarida takomillashtirilgan kimyo darslari: maruza, seminar
Darslarni rejalashtirish, dars konspektining rejasini tuzish va maruza yozish tartibi
Download 249 Kb.
|
mt3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish qismi
Darslarni rejalashtirish, dars konspektining rejasini tuzish va maruza yozish tartibi.
Darsning maqsadi uchta: talimiy (oqitish), tarbiyaviy va rivojlantirish maqsadlariga bolinadi Talimiy maqsadga umuman quyidagilar kiradi: * yangi tushunchalarni shakllantirish; * yangi qonun, qonuniyat, xususiyat va belgilarni ozlashtirishni taminlash; *yangi harakat usullarini orgatish; * bilimlardagi yetishmovchiliklarni bartaraf etish; * bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish; * malakalarni shakllantirish; * malum harakat usullarini mutahkamlash; * tushunchalar orasidagi boglanishlarni aniqlash boyicha oquvchilarda biror narsa togrisida tushunchalarni shakllantirish; * dunyoqarash goyalari va muammolarini aniqlash; * oquvchilarda u yoki bu harakatni, voqealarni baholash boyicha bilimlarni shakllantirish; * xulosa chiqarishga tayyorlash, ozlashtirishga erishish. Tarbiyaviy maqsad oquvchilarda quyidagi muayyan shaxs sifatlari va harakterini tarkib toptirishdan iboratdir; * dunyoqarashni va kasbga qiziqishni; * oz-ozini tekshirish va ozaro yordamni; * voqeliklar orasidagi boglanishlarni aniqlash va tahlil qilish konikmalarini; * bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni kochirish konikmalarini; * fanlararo boglanishlarni amalga oshirish konikmalarini; * nutq madaniyatini; * vatanparvarlikni; * mehnatga ongli munosabatni; * ongli intizom va yaxshi xulqni; * talim olishga ijobiy munosabatni; * estetik qarashlarni; * ish ornini tashkil etish va oz faoliyatini tekshirishni; * etiqodni. Talimning mazmuni hayot va zamon bilan uzviy boglansa, u tarbiyalash xususiyatiga ega boladi. Rivojlantirish maqsadi dars jarayonida oqituvchilarning psixologik sifatlarini diqqat, xotira, tafakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Psixologik adabiyotlarni tahlil qilish oquvchilarda tafakkurni, politexnik, mehnat, bilish va aqliy konikmalarni, iroda va mustaqillikni rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayrlash zarurligini korsatadi. Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash oquvchilarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi talim deb tan olinadi. Endi namuna sifatida ayrim fanlar boyicha dars rejalarini korib chiqamiz. Maktabda oquv jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Talim shakllari tizimida dars ustivorlik qiladi va tizimning strukturasini belgilaydi. Kimyodan oquv darslarni quyidagi jadval boyicha rejalashtirish mumkin: Dars raqami Dars mavzusi Darsning asosiy talimiy vazifasi Namoyish qilinadigan tajribalar, laboratoriya tajribalari, amaliy ishlar, hisoblashga oid masalalar tiplari Predmetlararo va predmet ichidagi bogliqliklar Jadvaldan korinib turibdiki, rejalashtirishda kimyodan dasturning barcha elementlari aks etgan. Har qanday dars yaxlit mavjud bir tizim qaralishi mumkin bolib, unda oqitish va oqish jarayonlarining ozaro aloqasi taminlanadi. Shu tizimning ishlab turishi talim maqsadlari bilan aniqlanadi. Qolgan elementlar maqsadga buysundirilib, ularga erishish vositasigina hisoblanadi. Bunday tizimning tuzilishi quyidagi sxemada berilgan. Dars tizimida tuzilish elementlarining ozaro tasiri. Sxemadan korinib turibdiki, darsni rejalashtirish va uni otkazish darsni maqsadiga boysundirilgan va unga qarab aniqlanadi. Oqitish metodlari va vositalarini tanlash oqituvchining ijodiy ishlaridan biri hisoblanadi. Darsning samaradorligini oshirishda oqituvchi turli xil ilmiy-metodik jurnallarda elon qilinayotgan ayrim mavzularni oqitish metodlari va vositalari haqidagi maqolalari bilan muntazam tanishib borishi kerak. Darsni otkazish uchun oqituvchi uni avvalo loyihalashi kerak. Darsni loyihalar, yani ssenariysini ishlab chiqishi bu konspekt qilish tarzda amalga oshiriladi. Avvalo, darsning talimiy, tarbiyaviy va rivojlantirish maqsadi korsatiladi, songra darsning mazmuni dasturga muvofiq qarab chiqilishi va rejalashtirilishi lozim. Bunda mazmun darslik hajmida bolishi, ammo darslikni takrorlashi kerak emas. Zaruriy hajmda tushunchalarni shakllantirishi va rivojlantirishi muhim qonunlar, nazariyalarni organishni taminlashi muhimdir. Dars materiallarini bayon etish mantiqi, shuningdek, ayrim misollar darslikdagidan farq qilishi mumkin. Bu oquvchilarni darsda va uyda darslik bilan ishlashga orgatishda katta ahamiyatga ega. Agar oqituvchi darsda faqat darslikdagi materiallarni bayon qilsa, u tezda obroyini yoqotishi mumkin. Ammo oqituvchi darsning mazmuniga qoyiladigan didaktik talablarni ham unutmasligi kerak. Darsning predmet mazmuni kopincha uning strukturasini belgilaydi. Biroq ayni darsning strukturasigagina emas, balki uni avvalgi va keyingi darslar bilan aloqasini aniqlash va undan foydalanish ham juda muhimdir. Bunday aloqa darsning oquv jarayonining struktura zvenosi bolib xizmat qiladi. Shundan song dars konspekti tuzishga kirishish mumkin. Avvalo dars rejasi tuziladi va songra konspektning qolgan qismlari yoziladi. Konspekt qoyidagi qismlardan iborat bolishi mumkin: 1.Kirish qismi. Otilgan darsni ozlashtirilganligini tekshirish, topshiriqlarni mustaqil bajarish ishlari amalga oshirilib, yangi darsni avalgi dars bilan aloqasini taminlash. 2. Asosiy qism. Yangi materialnni organishga bagishlanadi. Biroq bilimlarni umumlashtirish yoki ozlashtirish natijalarini tekshirishga bagishlanishi ham mumkin. 3. Mustahkamlash. Bu otilgan darsni takrorlashdir. 4. Uy vazifasi. Darsga oquvchilarning mustaqil ishlari uchun zarur bolgan barcha narsalar, shuningdek, oqitish vositalarini tayyorlash kerak. Dars rejalashtirilib va konspekt yozilib, tajriba va boshqa korgazmali vositalar tekshirilib korilgandan keyin oqituvchi sinf xonasiga kirishi va dars otishi mumkin. Dars oqituvchi tomonidan uni otkazish texnikasi va metodikasi toliq egallangan taqdirdagina muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Download 249 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling