Reja: Dars-o‘qitishning asosiy shaklidir. Kimyo va biologiya darslarining turlari va darsga bo‘lgan talablar. Maktabning yuqori sinflarida takomillashtirilgan kimyo darslari: ma’ruza, seminar


Download 249 Kb.
bet16/16
Sana06.05.2023
Hajmi249 Kb.
#1432907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
mt3

Sayohat darsi- bu darslarda o‘quvchilarni turli obyektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona, tabiat obyektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib borish va tanishtirish orqali ularning bilimlarini hayot bilan bog‘lash va kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi. Juda uzoqdagi va borish qiyin bo‘lgan obyektlarga, ular to‘g‘risida filmlar, turli ko‘rgazmali va boshqa materiallar mavjud bo‘lgan hollarda, ularni o‘quvchilarga namoyish etib, tushuntirish orqali videosayohatlar tashkil etish ham munkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida biologiyadan o‘quvchilarning fan asoslarini mustahkam va chuqur o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbga yo‘naltirishni amalga oshirish, tajriba qo‘yish va kuzatish o‘tkazish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish maqsadida o‘qitish jarayonining yangi shakli fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlar kamida 34 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv yili davomida haftasiga 1 soat yoki yarim yilda haftasiga 2 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur mashg‘ulotlar darsgacha yoki darsdan keyin o‘tkaziladi.
Biologiya o‘qituvchisi fakultativ mashg‘ulotlarning guruhlarini o‘quvchilarning hohish istagi asosida bir sinf yoki parallel sinf o‘quvchilaridan tuzadi, guruhlarda o‘quvchilar soni 10 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Fakultativ mashg‘ulotlar uchun o‘quv soatlari harakatdagi o‘quv rejadagi maktab ixtiyoriga berilgan soatlar hisobidan ajratiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan o‘qitish metodlari, vositalari va shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlariga keng o‘rin berish barobarida ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiyalardan foydalaniladi.
Download 249 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling