Reja: Dars-o‘qitishning asosiy shaklidir. Kimyo va biologiya darslarining turlari va darsga bo‘lgan talablar. Maktabning yuqori sinflarida takomillashtirilgan kimyo darslari: ma’ruza, seminar


Download 249 Kb.
bet13/16
Sana06.05.2023
Hajmi249 Kb.
#1432907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
mt3

Laboratoriya darslari.
Laboratoriya darsining asosi quyidagi nazariy masalalar: moddalarning xarakteristikasi, kimyoviy jarayonlarning mohiyati, kimyodagi tushuncha va qonuniyatlardir.
Laboratoriya darsida har bir tajriba taxminan quyidagi tartibda bajariladi:
a) ayni tajriba to‘g‘risida shundan oldingi darslardan o‘quvchilar bilgan ma’lumotlar suhbat yo‘li bilan aniqlanadi;
b) tajribani bajarish rejasi;
v) bajarilishi kerak bo‘lgan ishning to‘g‘risida shundan oldingi darslardan o‘quvchilar bilgan ma’lumotlar suhbat, so‘rash yo‘li bilan aniqlanadi;
b) tajribani bajarish rejasi;
v) bajarilishi kerak bo‘lgan ishning ayrim murakkab usullari texnikasi o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi;
g) o‘quvchilarning qilinadigan ishini tushunganligini tekshiriladi;
d) o‘quvchilarning mustaqil ishi;
ye) o‘tkazilgan ishga yakun yasash;
j) umumiy xulosa va yozma hisobot.
Hisobotda: a) darsning mavzusi; b) bajarilgan kuni; v) ishning nomi; g) rasmlari: d) ishning asosiy bosqichlari; ye) kuzatilgan hodisalar; j) reaksiya tenglamalari; z) xulosalar ko‘rsatiladi.
O‘quvchilarni ishchi kasbiga tayyorlash uchun ishlab chiqarishlarni o‘rganish darslari ajratilgan. O‘quvchilarda zarur nazariy tayyorgarlik bo‘lgandagina ular ishlab chiqarish jarayonini tushunishlari va uning ilmiy asoslarini bilib olishlari mumkin.
O‘quv materialini umumlashtirish kimyo o‘qitish jarayonining eng muhim bosqichidir. Kimyo kursini muvaffaqiyatli suratda o‘zlashtirish uchun yangi o‘quv materialinigina emas, balki ilgari o‘tilgan barcha o‘quv materialini ham umumlashtirish kerak bo‘ladi.
Umumlashtirish - ma’lum bo‘lgan o‘quv materialini shunchaki takrorlash emas; bu-bilimning sifat jihatidan yangi bosqichi, ma’lum bo‘lgan barcha narsani tushunib olishga chuqurlashtirishga aniqlab imkon beradigan bosqichdir.
O‘quvchilar bilimi ortib borishi bilan umumlashtirish darslari ham murakkablashtiriladi. Umumlashtirish darslari yetuklik attestati imtihonlari oldindan kimyo kursini takrorlab obzor qilish jarayonida ayniqsa keng o‘tkaziladi. Bu darslarni o‘tkazish va o‘quvchilarning qisqacha axborot berish bilan bir qatorda, laboratoriya ishlari, eksperimental masalalar, darslik bilan mustaqil ishlash va shu kabilardan foydalaniladi.
Umumlashtirish darsidan ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad o‘tilgan o‘quv materialiga aniqliq kiritish, uni sistemaga solish va o‘quv materialini yuqori nazariy darajaga ko‘tarishdan iboratdir.
O‘quvchilarni o‘tilgan material doirasida dasturda ko‘rsatilgan bilim va amaliy malakalarni qanchalik o‘zlashtirganliklarini bilib olishda o‘zlashtirishini hisobga olish darslari o‘tkaziladi.
Kimyo o‘qitish jarayonida o‘ziga xos bu tipik darslardan foydalanish juda muhimdir.
Hozirgi vaqtda darsda o‘quvchilarni tashkil qilish usullari keng tarqalmokda. O‘quvchilarni o‘quv faolligini tashkil qilish shakllari quyidagicha: a) ma’ruza darsi; b) seminar darsi; v) anjuman tarzida o‘tkaziladigan darslar; g) o‘quvchilarni o‘yinlari bilan o‘tadigan kimyo darslari; d) kimyodan yetuklik attestati imtihonlariga tayyorlanish darslari.
Seminar - ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlovchi, mashg‘ulotni o‘qitish shakli.

Download 249 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling