Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda davlatning asosiy ichki funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iqtisodiy fuksiyasi
Ijtimoiy funksiyasi
Siyosiy funksiyasi
Huquq tartibotni ta’minlash funksiyasi
Tinchlik va totuvlikni ta’minlash funksiyasi
Ekologik funksiyasi va boshqa funksiyalar
Mamlakat mudofaasi funksiyasining ijtimoiy funksiya bilan o‘zaro bog‘liqligi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy talab va ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi (sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash, dam olish uchun vaqt berish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish, umumdavlat miqyosida pensiyalar tayinlash va h.k.).
Mamlakat mudofaasi funksiyasining huquqni muhofaza qilish funksiyasi bilan o‘zaro hamkorligi orqali qurolli kuchlarda harbiy intizomni mustahkamlash, harbiy mulkni saqlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Davlat mudofaa qobiliyatining uning ichki funksiyalari bilan bunday yaqin aloqasi natijasida, bir tomondan, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinsa, ikkinchi tomondan, mamlakat ichki turmushining barcha sohalarida tinch bunyodkor mehnat uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.5
Bu o‘rinda jahon hamjamiyati davlatlari mudofaa siyosatining o‘zaro aloqasini ham alohida qayd etib o‘tish lozim. Hozirgi zamon sharoitlarida bu aloqa yadroviy va oddiy qurollarni qisqartirish, har bir davlatning mudofaa vositalaridan bakteriologik, kimyoviy, biologik va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini chiqarib tashlashga qaratilgandir. Bu yerda gap dushman mamlakatlar o‘rtasida ma’lum sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy qarshilikni gumanizatsiyalashtirish haqida boradi. Turli mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy qarshilik darajasini pasaytirish barcha davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlariga, ularda yashaydigan xalqlarning madaniy, ma’naviy va ekologik farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |