Reja: Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organi O’zbekistonda sud organlari Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari


Oliy Majlisning Qonun chiqaruvchilik faoliyati


Download 145 Kb.
bet12/24
Sana09.01.2022
Hajmi145 Kb.
#265959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Reja Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekis

Oliy Majlisning Qonun chiqaruvchilik faoliyati.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning qonun chiqaruvchilik faoliyati to’rt bosqichda bo’ladi. Ushbu bosqichlar Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida qonun chiqarish jarayoni deb ataladi va qonunchilik tashabbusini ko’rsatish qonun loyihasini muhokama qilish, qabul qilish, hamda qonunni mzolash va e’lon qilishdan iborat bo’ladi.



Qonun chiqarish jarayonining 1chi bosqichi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasidaozbr Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlarning ro’yxati keltiriladi. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.

Bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonunchilik taklifi bilan murojaat etish huquqi hech kim uchun cheklanmagan. Shunday taklif kiritilgan taqdirda esa, qonun loyihalari qonun chiqarish tashabbusi huquqiga ega bo’lgan yuqorida ko’rsatilgan idoralar va shaxslar orqali O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:



  1. qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;

  2. o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog’liq qonunlarni o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risidagi qoun loyihasi;

  3. o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilishi, o’z kuchini yo’qotgan deb topilishi yoki qabul qilishni lozim bo’lgan qonun osti hujjatlarning ro’xati;

  4. moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy – iqtisodiy asoslar;

  5. davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlarni ko’paytirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan matnda davlat budjeti yuritiladi) moddalari bo’yicha o’zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan 1chi o’qishda qabul qilingunga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilikni tashabbusi huquqining subyekti loyiha matnini o’zgartirish yoki o’zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.


Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling