Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari
Download 45.91 Kb.
|
0101 (2)
4-. Diniy ong
Диний онгнинг шаклланиши Diniy ong har qanday dinning uyg‘unlashtiruvchi elementi hisoblanadi. U muayyan tadrijiy jarayonni bosib o‘tgan va turli shakllarda mavjud bo‘ladi. Dinning nisbatan mustaqil ma’naviy soha sifatida paydo bo‘lishidan ilgari mifologik ongning shakllanish va rivojlanish jarayoni ro‘y bergan. Mifologiya (yunoncha – nutq, so‘z, hikoya, tasavvur, naql, rivoyat) afsonalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Mifologiya inson ongi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida olamni ma’naviy jihatdan o‘zlashtirishning yagona vositasi bo‘lgan va diniy bilimlar, badiiy obrazlar, ijtimoiy normalar va xatti-harakat namunalarini mushtarak holda birlashtirgan. Протодинлар Mifologiya doirasida protodin va unga xos e’tiqod hamda marosimlar vujudga keladi. Shunday e’tiqodlarga fetishizm (fransuzcha fetiche – sanam, g‘ayritabiiy xislatlarga ega bo‘lgan tilsim) taalluqlidir. Fetishizm real narsalarda aslida ularga xos bo‘lmagan sifatlarning mavjudligiga ishonish va bu narsalarni qadrlashdan iboratdir. Turli tuman tabiiy jismlar – toshlar, daraxt bo‘lagi, jonivorning qoziq tishi va boshqalar, keyinchalik esa sun’iy ravishda tayyorlangan narsalar ham fetishlarga aylangan. Fetishlar kasalliklardan, ko‘z tegishidan xalos etish, asrash, ovda yordam berishga xizmat qilgan va hokazo. Totemizm, magiya, animizm va boshqa shu kabi diniy e’tiqodlar ham mavjud bo‘lgan. Totemizm (shimoliy amerikalik hindulari tilida «o-toteman» – «uning qavmi» degan ma’noni anglatadi) odamlar qavmi, qabilasi o‘rtasidagi hamda jonivorlar va o‘simliklarning ayrim turlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tiqod qilish, mazkur e’tiqoddan kelib chiqadigan xatti-harakat va diniy marosimlardir. «Sher qavmi», «odam qavmi» va boshqa shu kabi etnonimlar totemizm bilan bog‘liqdir. Totemizm shu asnoda birinchi marta etnik mansublik belgisini yaratdi. Magiya (yunoncha – jodugarlik, afsungarlik ) - odamlarning voqelikdagi ayrim xatti-harakatlari bilan ayrim voqealar o‘rtasida sababiy bog‘liqlik mavjudligiga e’tiqod qilish, mazkur e’tiqoddan kelib chiqadigan diniy marosimlar, rasm-rusumlar. Animizm (lotincha anima + tus - jonli) ruhiy fenomenlarning – barcha moddiy narsalarda jonning, ruhlarning mavjudligiga e’tiqod qilishdir. Download 45.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling