Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari


Эътиқодни теологик жиҳатдан тушунтириш


Download 45.91 Kb.
bet8/10
Sana17.12.2022
Hajmi45.91 Kb.
#1026006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
0101 (2)

Эътиқодни теологик жиҳатдан тушунтириш
Teologiyada e’tiqod Xudoning qobiliyati va faoliyatini Xudoga bo‘lgan shaksiz ishonch bilan mutloq va yaxlit holda qabul qilish sifatida gavdalanadi. Insonning Xudoga munosabati Xudoning o‘zi tomonidan yuzaga keltiriladi, bu munosabat haqiqatni ochib berishda namoyon bo‘ladigan va ifodalanadigan bilim bilan, ya’ni insonga Xudo tomonidan berilgan bilim bilan bog‘liq bo‘ladi.
E’tiqodni teologik jihatdan anglash ilohiy yozuvlarni sharhlash, shuningdek ilohiy matnlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan, «e’tiqod va tafakkur», «e’tiqod va xatti-harakat», «e’tiqod va iroda» va boshqa shu kabi muammolarga bag‘ishlangan nazariy ishlanmalarni yaratish orqali amalga oshiriladi. E’tiqod ta’limot sifatida, ya’ni diniy aqidalar va hayotiy tajriba sifatida ko‘rib chiqiladi. Taraqqiy etgan dinlar - iudaizm, nasroniylik, islom, hinduizm va buddizm olamning – foniy dunyo (biz yashab turgan transsendental dunyo) bilan boqiy dunyoning (narigi dunyoning, transsendent (g‘ayritabiiy) dunyoning) muayyan manzarasini yaratuvchi belgilangan ilmiy tizimga, diniy aqidalarga ega bo‘ladi. Bu ilmiy tizim va diniy aqidalarda tegishli dinlarning mifologik va ramziy tilida ifodalangan narsalarni keng qamrovli va aniq-ravshan holda bayon etishga harakat qilinadi. Shu tariqa har bir din o‘z ta’limotiga, ya’ni o‘z-o‘zidan anglanadigan so‘nggi, ilohiy voqelikning mavjudligi tasdiqlanadigan bazaviy qoidalarga ega bo‘ladi. Bu ta’limotlar diniy amaliyotning va umuman dindorlar hayotiy faoliyatining asosiga aylanadi. Shunday qilib, e’tiqodni teologik jihatdan sharhlash olamni va insonni yaratgan, O‘zi haqidagi bilimlarni ochish qobiliyatini odamlarga bergan eng mukammal xilqat (shaxs) sifatida Xudoga mutloq ishonishdan iboratdir.

Диний эътиқодни фалсафий англаш
Falsafada diniy e’tiqod inson hayotining muayyan tarzda namoyon bo‘lishi, insonning alohida ruhiy, ma’rifiy va hissiy holati sifatida ko‘rib chiqiladi.
Falsafada Xudo emas, balki u haqidagi tasavvurlar asosiy ob’yekt hisoblanadi. Bunda Xudoning mavjudligi to‘g‘risidagi bilim muammoga aylantiriladi, u avvaldan mavjud va shubhasiz haqiqat bo‘lgan bir narsa sifatida qabul qilinmaydi, balki ochib berilishi talab etiladigan narsa sifatida ko‘rib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, falsafa e’tiqodning qonuniyligini yaxlit holda aniqlashga intiladi. Bunda masalaga uni yoqlash yoki betaraf qolish, nigilistik, ateistik nuqtai nazardan yondashish mumkin.
Birinchi holatda tafakkur va e’tiqod munosabatlari muammolariga, tafakkurning diniy e’tiqodlar tizimini asoslashda o‘z rolini bajara oladimi yo‘qmi degan masalaga alohida e’tibor qaratiladi.Ushbu savollarga javob berishda turli yondashuvlar mavjud.
U yoki bu diniy e’tiqodni tafakkur uchun maqbul bo‘ladigan tarzda asoslash zaruriyatini e’tirof etuvchilar keskin yondashuvga tayanadilar. Shu munosabat bilan e’tiqodni ilmiy jihatdan baholashda rasional uslub imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga chaqiriqlar yangraydi. Bunda diniy dunyoqarashlarni tanqid qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Falsafiy-teologik yondashuv ham mavjud bo‘lib, unga muvofiq e’tiqod tarkibidagi bilim, eng avvalo Xudoning mavjudligiga bo‘lgan ishonch shu bilimning o‘zagi sifatida rasional dalillar bilan asoslashga muhtoj emas. Fideizmning turli variantlari shunga kiradi. Fideizm (fransuzcha fideisme va lotincha fides - ishonch) e’tiqod faqat ilohiy haqiqatning yoki diniy e’tiqod an’analarining nufuzi bilan belgilanishi kerak deya ta’kidlaydi. Fideizm nuqtai nazariga ko‘ra diniy bilimning tabiati aqldan ustun turadi va shu sababli uni na asoslab bo‘ladi, na tafakkur bilan ta’sir etib bo‘ladi. Diniy e’tiqodlar asosga juda ham boy, ulardan asosliroq hech bir narsa yo‘qki, ular vositasida diniy e’tiqodlarni isbotlab bo‘lsa. Hatto e’tiqodning mazmuni shubha tug‘dirgan taqdirda ham, iroda kuchi va «ekzistensial» intilish bilan bu shubhani yengib o‘tib, e’tiqodni asrash va saqlash zarur. Diniy e’tiqodning o‘zi e’tiqod qiluvchi odam uchun asos bo‘ladi.


Download 45.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling