Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari


Download 45.91 Kb.
bet4/10
Sana17.12.2022
Hajmi45.91 Kb.
#1026006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
0101 (2)

Диннинг тузилиши

Din jamiyatga nisbatan muayyan quyi tizimdan iborat bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rniga ega va tegishli vazifalarni bajaradi.


Ilmiy adabiyotlarda dinning elementlari va tuzilishi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Bunda mualliflar quyidagilarni ajratib ko‘rsatadilar: 1) diniy mafkura, his-tuyg‘ular, ibodat1; 2) diniy ong, ibodat, tashkilotlar2; 3) diniy ong, munosabatlar, diniy tashkilotlar3; 4) ta’limot, mif, axloqiy qadriyatlar, ibodat qilish amaliyotining diniy marosimlari va boshqa shakllari, dinni tarqatishning turli shakllari4; 5) diniy e’tiqod (miflar), diniy marosim (ibodat), etnos, dunyoqarash, ramzlar tizimi5 va boshqalar. Ko‘rsatib o‘tilganlarni umumlashtirgan holda, taraqqiy etgan dinlarning quyidagi qurilmaviy elementlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: diniy ong, faoliyat, munosabatlar, institutlar va tashkilotlar. Bunda diniy ong uyg‘unlashtiruvchi tarkibiy qism hisoblanadi. Diniy ongning mazmuniga muvofiq diniy faoliyat rivojlanadi, diniy munosabatlar yuzaga keladi, diniy institutlar va tashkilotlar shakllanadi.

Диннинг жамиятдаги ўрни ва вазифалари
Jamiyat va sivilizasiya turi, mintaqa va mamlakatning tarixiy taraqqiyot bosqichi bilan bog‘liq holda diniy yondashuvlar, ularning vazifalari va ta’sir doirasi o‘zgarib borgan.
Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida diniy jamoalar etnik jamoalarga mos kelib, diniy ong yetakchilik qilgan. Diniy faoliyat jamiyat faoliyatning umumiy zanjirida muqarrar bo‘g‘inni tashkil etgan, diniy munosabatlar jamiyatdagi boshqa aloqalarga ta’sir ko‘rsatgan, diniy institutlar esa (cherkov) diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘zida birlashtirgan.
Vaqti bilan diniy ong jamiyatda yetakchilik qilishdan to‘xtaydi. Shu bilan bir qatorda dunyoviy ongning turli shakllari rivojlanadi, diniy faoliyat asta-sekin faoliyatning umumiy zanjiridan ajralib, muayyan joy va vaqtga bog‘lanib qoladi. Etnik va diniy jamoalarning ajralishi jarayoni ro‘y beradi. Shu bilan birga ko‘pincha diniy mansublik va davlatga mansublikning bir-biriga o‘xshashligi ma’lum qilinadi.
Zamonaviy jamiyatlarda (ayniqsa, Yevropada) diniy ongning ta’siri kamayib, dunyoviy ong ustunlik qilmoqda. Diniy guruhlar etnik jamoalardan ajratilgan. Diniy va dunyoviy hokimiyat turli institutlarga tegishli.


Download 45.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling