Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari


Download 45.91 Kb.
bet3/10
Sana17.12.2022
Hajmi45.91 Kb.
#1026006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
0101 (2)

Диннинг гносеологик асослари
Insonning bilish jarayonida ham diniy tasavvurlar, tushunchalar va g‘oyalarni yuzaga kelishi sabablari mavjud. Masalan, muayyan bir vaqtda bilish imkoniyatining cheklanganligi, bilimlarning xatolar bilan qo‘shilib ketishi, hissiy va rasional bosqichlarning bir-biridan ajralib qolishi, shuningdek ularning amaliyotdan uzilib qolish ehtimoli shular jumlasidandir.
Insonning bilishi bilimsizlikdan bilish sari, nisbatan noto‘liq bilimdan to‘liqroq bilim sari, nisbiy bilimlardan mutlaq (absolyut) bilimlar, mutloq haqiqat sari harakat qiladi. Biroq mazkur bosqichlarning har birida voqelikning anglab yetilmagan, o‘rganilmagan sohalari mavjud va shu sababli ular to‘g‘risidagi ilmlar mavjud emas, ya’ni allaqanday sirlilik bor. Tarixan taraqqiy etib kelayotgan bilishda haqiqiy bilish xatoliklar, ob’yektlar xossalarining noo‘xshash ifodalari bo‘lgan xomxayollar (illyuziyalar) bilan qo‘shilib ketgan.
Rasional bosqichda tafakkur voqelikni hissiy bosqichga nisbatan, ya’ni sezish, idrok etish, tasavvur etishga nisbatan chuqurroq anglaydi. Biroq bu yerda voqelikdan ajralib qolish imkoniyati ko‘proq paydo bo‘ladi. Tafakkur voqelikdan «balandga chiqib ketishi» mumkin. Mavhum, umumiy narsa yagonadan alohida tasavvur etiladigan «mavjudotga aylantirilishi» mumkin. Bunda giposteziyalashuv ( yunoncha – tayanch, asos, mohiyat) deb ataluvchi hodisa - munosabatlar tomonlarining ayrim xossalarini fikran mustaqil mohiyatga aylantirish hamda ularga ob’yektiv xossalar berish jarayoni ro‘y beradi.
Shu tariqa sub’yektivlik va ob’yektivlikni farqlamaslik, obrazni va predmetni ajratmaslik, faraz qilish qobiliyati, har qanday bilimning nisbiyligi, bilishning rasional bosqichini hissiy bosqichdan, mohiyatni hodisotdan, umumiyni yagonadan ajratish, tajribani haqiqatning mezoni sifatida e’tirof etmaslik va boshqa shu kabilar dinning vujudga kelishi va qayta tiklanishi uchun gnoseologik shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi.

3-. Din ijtimoiy quyi tizim sifatida


Download 45.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling