Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari


Download 45.91 Kb.
bet7/10
Sana17.12.2022
Hajmi45.91 Kb.
#1026006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
0101 (2)

5-. Diniy e’tiqod


Эътиқод тушунчаси
Diniy e’tiqod diniy ongning ajralmas xususiyati hisoblanadi. Ko‘pincha «e’tiqod» tushunchasi faqat diniy e’tiqod bilan tenglashtiriladi. Biroq har qanday e’tiqod ham diniy xarakterga ega bo‘lavermaydi.E’tiqod so‘zi lotincha veritas (haqiqat, voqelik, haqqoniyat) va vents (zehnli, adolatli) degan so‘zlarga mos keladi. Kimga-nimaga yoki kimgadir-nimagadir e’tiqod qilish individ, guruh, omma ruhiyatining (e’tiqod qiluvchi sub’yektlarning) qat’iy ishonish, shaksiz ishonch va umid orqali ifodalanuvchi alohida holatidir.
Faoliyatning alohida turlarida va umuman hayotda mazmunan maqsadga erishish e’tiqod predmeti sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu nimaningdir, qandaydir voqeaning yoki voqealar rivojining so‘nggi natijasi yaqinlashuvi va boshqa shu kabilar bo‘lishi mumkin, bunda qo‘yilgan maqsadga erishish haqidagi aniq axborot taqchilligi sharti mavjud bo‘ladi.
E’tiqodning mazmuni u faoliyat ko‘rsatadigan turli sohalarda turlicha bo‘lib, aniq harakat predmeti bilan bog‘liqdir. U odamlar hayotiy faoliyatining har qanday sohasida – siyosiy sohasida, masalan, xarizmatik siyosiy arbobga e’tiqod; iqtisodiyotda – muvaffaqiyatga ishonch, misol uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotni foyda evaziga sotish; axloqda – axloqiy ideallarga e’tiqod qilish; badiiyatda – tasvirlangan voqealar va obrazlarning haqiqiyligiga ishonish va boshqalar. Hech bir odam, agar u hech narsaga – jonning qutqarilishiga, jahon inqilobiga, bilimning kuchiga, Insonga va h.k. ishonmas ekan, to‘laqonli bioijtimoiy ob’yekt sifatida mavjud bo‘lolmaydi. Insonga tabiiy mayl, refleks, idrok, aqldan tashqari nimagadir yoki kimgadir – taqdirga, yalpi baxtga erishish mumkinligiga va boshqa shu kabilarga ishonish xususiyati xosdir.
Diniy e’tiqod umumiy e’tiqodning shakllaridan biri hisoblanadi. U ming yillar davomida e’tiqodning asosiy shakli bo‘lib kelgan. Eng qudratli va mukammal, moʻjizaviy kuch sifatida qabul qilinadigan Xudo diniy e’tiqodning asosiy ob’yekti hisoblanadi.


Download 45.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling