Reja: Dramaturgiyaning eng muhim shartlari


Eposda odam hodisa ichida ko‘milib, uning oqimida oqadi, lirika


Download 49.29 Kb.
bet3/7
Sana21.06.2023
Hajmi49.29 Kb.
#1643853
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6. Маvzu

Eposda odam hodisa ichida ko‘milib, uning oqimida oqadi, lirikada esa inson o‘z holicha qoladi. Lirikada Inson o‘z shaxsini Olam go‘zalligi bilan qiyoslaydi.
Dramada esa inson voqea ustidan hukmronlik qilib, uning fonida turlanib ko‘rinadi. Drama teatr sahnasida qo‘yish uchun yozilgan adabiy asarni tashkil etadi. “Drama” so‘zi aslida “harakat”, “harakat bilan ko‘rsatilgan voqea”, ya’ni tomosha. Dramaning qudratli hayotiy asoslaridan yana biri – insonning hayotdan olingan o‘z taassurot va saboqlarini boshqalarga ko‘rgazmali usulda berilishidir.
Inson psixologiyasidagi yana bir xususiyat ham dramaning rivojida katta rol o‘ynaydi. Bu – odamning go‘zallikka intilishi va bu intilishni mukamal ko‘rsatishga intilishdir.
“Drama” so‘zining ruschadan ko‘pincha “deystvo” deb tarjima qilinishi ham undagi tomoshalikka ishoradir. “Deystvo” – tomosha, o‘ynalib ko‘rsatilgan narsa demakdir. “Drama” va “dramatizm” so‘zlarining ma’nosi, kishini iztirobga soladigan mushkul ahvol va og‘ir psixologik holat. Drama va teatr paydo bo‘lganidan keyin kishilar boshiga tushgan kulfatlarni dramatik asarlarda tasvirlangan mushkul, chigal hayotiy hodisalarga qiyos etish natijasida maydonga kelgan. Drama beshigi rolini qadimgi YUnonistonda deb tan olinganligi ma’lum. Katta bayram va tantanalarda esxil va Sofokl asarlari qo‘yilar va taqdirlanar edi. Dramaning tarixiy asosi masalasi V.G.Belinskiy tomonidan o‘z vaqtida aniq ifodalab berilgan. YA’ni avval epos, so‘ng lirika va oxirida drama paydo bo‘lganligi qayd etiladi. Drama tushunchasining bosh alomati – uning kollektiv sezimga (vospriyatie) idrok etishga mo‘ljallanganidadir. Spektaklning emotsional ta’siri ustida dramaturg asarni yozishdan avval o‘ylaydi. U o‘zi tilga olmoqchi bo‘lgan tema, fikr, g‘oyaning keng tomoshabinlar ommasiga qiziqarli bo‘lishi haqida asar yozishga kirishishdan oldin o‘ylaydi. Kollektiv sezimiga mos keladigan dramatik asar teatrning asosini tashkil etadi. Tomosha zaliga yig‘ilgan ommaga asarning mazmuni tez singishi uchun voqea uning o‘ngida jonli obrazlar vositasida namoyon etiladi. Bu erda dekoratsiya hal etuvchi rol o‘ynamaydi. Negaki, SHekspir zamonida dekoratsiya bo‘lmagan, bugungi teatrda ham u faqat yordamchi sifatida ahamiyatlidir. Eng muhimi dramatik asarda voqealar tomoshabin ko‘z o‘ngida harakatda bo‘lishi, har qanday to‘siqlar bilan kurashib, ularni engib, engilib iztiroblarini yoki quvonchlarini ifoda etish tarzida o‘z ifodasini topmog‘i lozim.
Dramada hodisalar va kishilarning taqdiri hayotdagidan ko‘ra ko‘p marotaba ortiq murakkablashtirilgan, o‘tkirlashtirilgan tarzda tasvir etiladi. Dramaning asosiy belgilaridan ayniqsa to‘rt elementi – syujet, kompozitsiya, so‘z va harakat ifodasi sahna uchun xarakterlidir. Dramada kompozitsiya vositasidan juda ham ixchamlilik talab etiladi.
Dramada so‘z ixchamligi ham muhim ahamiyatga egadir. Xarakterlar tasviri esa Mayakovskiyning ta’biricha “teatr – bu kattalashtirilgan oyna, xarakterlarni zo‘raytirib ko‘rsatuvchi oynasidir” deb aytilganligida ham katta ma’no yotadi.
Dramaning janrlarga bo‘linishi asosida ham xarakterlar tasviri masalasi turadi.
Drama turlariga kelsak u – tragediya(fojeaviylik), drama va komediyadan iboratdir.

Download 49.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling