Reja: Dramaturgiyaning eng muhim shartlari
Download 49.29 Kb.
|
6. Маvzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teledramaturgiya
- Ssenariy - italyancha «Scenario» so‘zidan olingan bo‘lib, asar tuzilmasi ma’nosini anglatadi. Senariy - mahalliy dalillarga asoslanib yozilgan adabiy-dramatik asardir.
Radiodramaturgiya- Bu janrning o‘ziga xosligi tinglash, eshitishga mo‘ljallanganligidir. Radiodramaturgiyaning V.N.YAxontov obrazli qilib “Men voyaga etayotgan yosh avlodimiz do‘stlashishi kerak bo‘lgan “Ovozli kitob” chunki radioga yozilgan eng yaxshi san’atkorlarning ovozi orqali adabiyotning yangi turi-radiodramaturgiya shakllandi. Radio ovozi imkoniyatlari bilan ifodalangan yangi adabiy-efir janri paydo bo‘ldi. Insonlarni o‘rab turgan barcha tovush-ohang, shovqin-suroni, mashinalar g‘uvuri, dengiz to‘lqinlarining chayqalishi, shamol g‘uvullashi, barglar shitiri, qushlarning chirqillashi, otlar dupuri, kishnashi-musiqalar hamma tovush harakatlari, inson ovozi birgalikda qo‘yilib, efirda tarqalayotgan so‘zlarga yangi bir ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Biz ommaga shunday badiiy materialni berishimiz kerakki, u qahramonlik, go‘zallikni inson tarbiyasiga xos barcha elementlarni o‘z ichiga qamrab olsin. SHuning uchun radio orqali keng xalq ommasiga mo‘ljallangan turkum badiiy dramatik eshittirish hayotiy voqea-hodisalar asosida tuziladi. Bugungi kun rivojlanishga radio dramatik turning keng ommaga etib borish imkoniyatlari va ta’sir quvvati cheksiz-beqiyos.
Teledramaturgiya – adabiy ijod sohasini teatr, kino, radiodramaturgiya qonun-qoidalarini o‘z mohiyatiga singdirgan teledramaturgiya tarkib topdi. Teledramaturgiya-televizion asarning birinchi asosi bo‘lib, adabiyot va publitsistikaning alohida, mustaqil turidir. Teledramaturgiyaning kompozitsion qurilishi bir tomondan dramaturgiya va kino qonun-qoidalariga, ikkinchi tomondan televizion san’at spetsifikasiga bo‘ysunadi. Teledramaturgiyada ekran obrazi tomoshabin ko‘z o‘ngida konkret shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin, senariy tomoshabin ishtirokisiz yoziladi. Telepublitsistika keng ommaga mo‘ljallanadi. Telestsenaristdan bo‘lg‘usi ko‘rsatuv mavzusini tanlash uchun obrazli echimini izlab topish va qahramonlar bilan suhbatlashish jarayonida o‘zini keng auditoriyaning ilg‘or vakili sifatida qis qilishi, uning oldida katta ma’suliyat sezishi talab etiladi. Stsenarist – dramaturg tomoshabin e’tiborini qanday zabt etish yo‘llarini izlaydi. SHu tariqa real obrazlar orqali hayajonli daqiqalar yaratadi. Muallif har bir qahramonning ruhiy holatini izlab topadi. Hatto improvizatsion chiqishlarning ham har tomonlama izchil o‘ylangan bo‘lishi kerak. Agar telesenariyda muallif asarni mantiqan puxta va faktlar mohiyatan mahorat bilan ochib bera olgan bo‘lsa, tomoshabin teleekran orqali katta san’at asari yaratilganining guvohi bo‘ladi. Kino, radio, teledramaturgiya hayotiy voqea-hodisalarni, aniq qahramonlar taqdirlarini xujjatlar asosida umumlashtirish yo‘lidan boradi. Aniqroq qilib aytganda, tarixiy va hayotiy materialni badiiy-publitsistik qayta ishlash kino, radio, telepublitsistikaning asosini tashkil etadi. Instsenirovka- sahnada so‘zidan olingan bo‘lib, ikki ma’noda qo‘llanadi. Drama shaklida yozilmagan adabiy asarni sahnada qo‘yishga moslab qayta ishlash, bunday asarni radioda, televidenie yoki teatrda qo‘yilishiga qarab, radioinstsenirovka, teleinstsenirovka deb yuritiladi. Instsenirovka adbiy asarning .o‘z muallifi tomonidan ham boshqa shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Adabiy asar instsenirovka qilinganda, sahnaga moslashtirib ba’zan uning syujetiga o‘zgartishlar kiritish mumkin. Instsenirovka X!X-XX asrlarda ayniqsa keng taraqqiy etdi. Bunda A.Qahhor, G‘.G‘ulom, H.Olimjon, Tohir Malik, P.Qodirov, O‘.Umarbekov kabi ijodkorlarning ko‘plab asarlari misol bo‘la oladi. Tarixiy voqealarning epizodlari asosida 1920 yillarda yuzaga kelgan va keng tarqalgan ommaviy-tashviqiy teatr shakllaridan biri. Ommaviy bayramlarda ham instsenirovka asardaridan keng foydalaniladi. Teatrlashtirilgan kichik nasriy asarlar –senariy mazmunini boyitadi. Xatto tomoshabinga xavola etilayotgan voqea, mavzu g‘oyani qiziqarli vositasi bo‘lib xizmat etadi. Teatr san’atining asosini pesa tashkil qilsa, ommaviy tadbirlar asosini ssenariy tashkil qiladi. Ssenariy - italyancha «Scenario» so‘zidan olingan bo‘lib, asar tuzilmasi ma’nosini anglatadi. Senariy - mahalliy dalillarga asoslanib yozilgan adabiy-dramatik asardir. Download 49.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling