Reja: Dramaturgiyaning eng muhim shartlari


Download 49.29 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi49.29 Kb.
#1643853
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6. Маvzu

To‘rtinchi asosi: dramada xarakter yaratishdan iborat. CHunki, dunyoni, tabiatni, olamni, odamni, borliqni anglash, voqelikni tushunish va badiiy ifodalash obraz – xarakter yaratish orqali amalga oshadi. Zero, adabiyotni bosh manbai inson ekan, uning obrazi, xarakteri qanchalik badiiy jihatdan mukammal chiqsa, asardan kuzatilgan g‘oyaviy-badiiy estetik maqsad ham shunchalik samarali kechadi. SHu tufayli xarakter yaratish insonshunoslikning etakchi omili, dramaturgiyaning asosiy belgisi sifatida ahamiyatlidir.
Beshinchi asosi: Dramadagi syujet va kompozitsiyaning muvaffaqiyatli amalga oshishi bilin chambarchas bog‘liqdir. Xuddi imoratning, binoning, uy-joyning inson uchun ixcham, qulay, yorug‘ va shinam bo‘lishida bosh loyiha puxtaligi muhim hisoblanganligi kabi drama syujeti va kompozitsiyasi jihatdan qanchalik puxta bo‘lsa, asar g‘oyasi va uning ma’rifiy tarbiyaviy qimmati shunchalik samara beradi. Zero, dramaturgiyada syujet va kompozitsiyani tashkil etish, amalga oshirish zarurati ham muhim omildir.
Oltinchi asosi: Maqsadga, sifat belgisiga, xususiyatiga erishish. YA’ni komediya, tragediya (fojeaviylik), drama kabi tur ko‘rinishlarining o‘zaro, asosiy xususiyatini saqlashga erishish va ifoda etishdir.
Ettinchi asosi: Drama ham har qanday badiiy asar turi kabi til, nutq mahoratini talab etadi. Buning ustiga monolog, dialog imkoniyatlaridan mahorat darajada foydalanishi zarur. U xuddi shu xususiyati bilan o‘zga adabiy turlardan farqlanadi.
Sakkizinchi asosi: Drama asarida remarkaning o‘rni, roli. Ana shu asosiy belgilarini sahnada (rejissyor, aktyor, rassom kabi) yaxlit, uzviylikda, mukamammallikda amalga oshirishni tashkil eta bilish.
Va nihoyat eng asosiysi dramada ilgari surilgan g‘oyani, maqsad va vazifani, badiiy-estetik jihatdan ro‘yi-rost, haqqoniy va badiiy yuksak tarzda amalga oshirishni taqazo etadi. Albatta biz sanagansifat va belgilardan tashqari yana ko‘p asosiy belgilar bo‘lishi mumkin. Bu mazkur fandan dars beruvchi o‘qituvchi mahoratiga, bilimi, saviyasi, tajribasiga ko‘ra to‘ldirib borishni taqazo etadi. Xullas, ushbu “Dramaturgiya asoslari” o‘quv kursi – qo‘llanma institutda ilk bor yaratilayotganligi tufayli unda bahs – munozara talab o‘rinlar bo‘lishi tabiiy. Agar biz shu dastur asosida o‘quvchiga chuqur va etarli bilim bera olsak, mazkur kurs o‘z vazifasini oqlagan va foydali deb bilamiz. Hozircha, mazkur dasturimiz mundarijasi ancha erkin tarzda tashkil topgan bo‘lib, u “Kirish” va “Xulosa” adabiyotlar ro‘yxatidan tashqari uch asosiy bobdan iboratdir. Albatt ish bor joyda kamchilik bo‘lishi tabiiy bo‘lganidek, ushbu “qo‘llanma”da ham ayrim xato va kamchiliklar, pishib etilmagan o‘rinlar yo‘q emas, albatta. Zero ushbu o‘quv qo‘llanmaga daxldor muassasa va mutaxassislar ko‘magida ularni vaqti-soati bilan to‘ldirib, mukammallashtirib borsa, bo‘ladi deb ishonamiz. Drama ijod turi sifatida so‘z san’atiga mansub bo‘lib qolmay, boshqa san’atlarga aloqador xususiyatlar ham jamlagan bo‘ladi. Uning murakkabligi ham shunda – so‘z san’ati taraqqiyot jarayonida lirikadan boshlanib, epik san’atga, nihoyat, yuksak dramatik turga ko‘tariladi. Greklarda drama epos va lirika rivojlanishi natijasi sifatida baholanib kelingan va poeziyaning so‘nggi guli deb qaralgan.
Epos – juda qadim zamonlarda, hali yozma adabiyot tug‘ilmasdan oldin paydo bo‘lgan. Epos xudolar, qahramonlar ob’ektiv bayon xarkateriga ega rivoyatlar, hikoyatdir. Xalq eposiga miflar, ertaklar, rivoyatlar, masallar, afsonalar, dostonlar, badiallar va hokazolar kiradi. Bularga Gomerning “Iliada” va “Odisseya” kabi noyob asarlar kabi ozarbayjonlarning “Ko‘ro‘g‘li”, qirg‘izlarning “Manas”, qozoqlarning “Qo‘blondi botir”, o‘zbeklarning “Alpomish” dostonlarini kiritish mumkin.
Adabiyot ma’naviyat ekan, lirika – ma’naviyatining ma’naviyati, ya’ni mag‘zining-mag‘zi desa bo‘ladi.
Lirika” - “yunon” tilida totli cholg‘u asbobi liradan kelib chiqqan bo‘lib, ma’nosi “muzika jo‘rligida ijro etiluvchi she’r” demakdir. Lirika qanday sharoitlarda paydo bo‘ladi? Lirika inson o‘z shaxsini tanigan, anglaganida paydo bo‘ladi.

Download 49.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling