Reja: Egovlar tasnifi 2
Download 210.38 Kb.
|
EGOV TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH
Egov turlari
Egovlar tasnifi. Qo’llanishiga ko’ra, egovlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: umumiy, maxsus, nozik va mashina egovlar. Umumiy egovlardan umumchilangarlik ishlarini bajarishda oydalaniladi. 10 mm uzunlikdagi kertiklar soniga (n) qarab, egovlar oltida raqam bilan belgilanadi. 0; 1; 2; 3; 4; 5. 0 va 1 raqamli egovni tishlari katta bo’lib (14 ta kertik) dag’al egovlashda, 2 raqamli mayda tishli egovlar (13-26 ta) buyumlarni tozalab egovlashda, 3, 4 va 5 raqamli egovlar (80 tacha) uzil kesil ishlov berishda ishlatiladi. Egovlar quyidagi turlarga bo’linadi: tekis (a), o’tkir uchli tekis egovlar (b), detallarning tashqi va ichki sirtlari, shilitsa hamda ariqchalarni egovlashda ishlatiladi. Kvadrat egovdan (v) kvadrat, to’g’ri burchakli, ko’p burchakli hamda tor tekis yuzalarni, uch yoqli egovdan (g) o’tkir burchaklarni hamda ariqcha, teshiklarni egovlashda foydalaniladi. Yumoloq egovda (d) tsilindrsimon teshiklarga, yarim yumoloq segmentli egovda (e) egri konturli detallarning sirtlariga ishlov beriladi. Rombsimon egov (yo) tishli g’ildiriklarning tishlarini, katta burchaklarni, tishli egov (j) ponasimon o’q, tor ariqcha, to’g’ri burchak va kvadrat shaklidagi teshiklarni egovlashga mo’ljallangan. Maxsus egovlar bronza, jez va dur alyuminlarni egovlash uchun ishlatiladi. Egovlarning quyruq qismiga TSM harflari tamg’alanadi. Engil qotishmalar va nometal materiallarga ishlov beradigan egovlar. Yumshoq metallarga ishlov berish uchun qo’laniladigan egovlarning tishi mayda bo’ladi. SHuning uchun ulardan foydalanishda kertiklar qirindiga to’lib qolib egov material sirtiga sipanishi mumkin. Olmosli egovlar qattiq qotishmalardan yasalgan asboblarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Nozik egovlar ko’pincha zargarlik buyumlari va andozalarga ishlov berishda hamda teshik, burchak, profillarni qo’l yetmadigan kichik qismlarini pardozlashda qo’llaniladigan kichik o’lchamdagi egovlardir. Ular U13 va U13A rusumli po’latdan tayyorlanadi. Olmosli nozik egovlar bilan qattiq qotishmalar, har xil sopol, oyna va kesuvchi qattiq qotishmalardan yasalgan asboblar egovlanadi. Yirik tishli egovlar bilan yumshoq metallarga va nometall materiallarga ishlov beriladi. Download 210.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling