Reja: Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida umumiy texnik reglament


Download 29.58 Kb.
bet4/4
Sana22.02.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1222218
1   2   3   4
Bog'liq
EKOLOGIK XAVFSIZLIK TO

ekologik nazorat — atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;
chiqindilarning shakllanish normativlari — mahsulot birligini ishlab chiqarishda yoki boshlang‘ich xomashyo birligida hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik va boshqalar) xususiyatlardan bittasiga ega bo‘lgan va aholi hayoti hamda sog‘ligiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda hamda boshqa moddalarga qo‘shilgan holda bevosita yoki yashirin xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan moddalar;
ekologik xavfsizlik sohasida texnik jihatdan tartibga solish — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimining bir qismi.
5. Texnik reglament mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun:
atmosfera havosi muhofazasini;
suv obyektlarining muhofazasini;
hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining muhofazasini;
yer resurslarining muhofazasini;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishini ta’minlaydigan majburiy talablarni belgilaydi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlik talablari
6. Atrof tabiiy muhit holatining barqarorligi va yaxshilanishi mavjud xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarining atrof tabiiy muhitga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirining ruxsat etilgan bosqichma-bosqich kamayib boradigan darajalariga erishish eng yaxshi qulay texnologiyalarni qo‘llanishi bilan ta’minlanadi.
7. Xo‘jalik va boshqa faoliyatning mavjud statsionar obyektlari uchun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan tashlamalarining, yer usti suv havzalari va joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan oqavalari, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining ekologik normativlari belgilanadi.
8. Normativlar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilanadi:
tashlanmalarning atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan (ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiyalar ulushlarida) yer usti konsentratsiyalarini shakllantiruvchi vaqt birligidagi (sekundiga gramm) ifloslantiruvchi moddalar massasi;
9. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha normativlar mahsulotning muayyan turi uchun maxsus texnik reglamentlarda belgilanadi.
10. Xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar belgilangan normativlarni kamaytirishning har yili erishiladigan ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda, mazkur Texnik reglamentning belgilangan bitta yoki bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha rejali tadbirlar va ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari va oqavalarining, ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilarining hosil bo‘lishi va kamayishi bo‘yicha belgilangan normativlarni kamaytirish rejasini ishlab chiqadi.

Foydalanilgan internet saytlari


1. Lex.uz
2. www. Google.uz
3. wiklopediya
4. arxiv.uz
Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling