Reja: Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida umumiy texnik reglament
Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida umumiy texnik reglament
Download 29.58 Kb.
|
EKOLOGIK XAVFSIZLIK TO
Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida umumiy texnik reglament
Umumiy qoidalar 1. Mazkur umumiy texnik reglament mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlashda majburiy talablarni belgilaydi. 2. Xo‘jalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektlarda mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish hamda utilizatsiya qilishda qo‘llanilayotgan yoki qo‘llaniladigan jarayonlar ushbu Texnik reglamentning tartibga solish obyektlari hisoblanadi. 3. Xo‘jalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektlarning ekologik xavfsizligi: mazur Texnik reglament, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektning ushbu faoliyatni amalga oshirish haqida qaror qabul qilinguniga qadar atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholash; atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirning kamayishini, xodimlar xavfsizligini va avariya holatlari paydo bo‘lishining oldini olishni ta’minlaydigan konstruktiv tavsiflarga ega bo‘lgan mashina va uskunalardan foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni qo‘llash; atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish imkonini beruvchi ajrab chiqayotgan gazlarni va hosil bo‘ladigan oqava suvlarni tozalashning samarali usul va texnologiyalarini, hosil bo‘ladigan chiqindilarni utilizatsiya qilish texnologiyalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. 4. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atama va tushunchalardan foydalaniladi: ekologik sertifikatlashtirish (keyingi o‘rinlarda ekosertifikatlashtirish deb ataladi) — sertifikatlanayotgan obyektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini tasdiqlash borasida uchinchi tomonning harakati; eng yaxshi qulay texnologiya — mahsulot (tovarlar) ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qo‘llashning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lishi sharti bilan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish mezonlarini samarali uyg‘unlashtirish asosida belgilanadigan texnologiya; Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling