Reja: Emitentlar


Emitentning transparentlilik darajasi


Download 23.27 Kb.
bet2/2
Sana07.03.2023
Hajmi23.27 Kb.
#1245541
1   2
Bog'liq
Emıtentlar

Emitentning transparentlilik darajasi (ya'ni adekvat informa- tsion transparentlilik) uning barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, o‘zaro adekvatliligi (to‘g‘riligi, aniqligi, o‘z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan belgi- lanadi.
Bu indikatorni (ya'ni adekvat informatsion transparentlilikni — A(T)) baholash uchun quyidagi mezonni (kriteriyni) qo‘llash mumkin: min A(T) = AT (qonun bilan va moliya bozori tomonidan
o‘rnatilgan tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‘paytmasi) — AR (emitent tomonidan real ta'minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori ko‘paytmasi).
Bunda informatsiyaning sifat miqdori emitentning moliya bozoridagi imijini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ boshqaruvi, moliyaviy instru- mentlari va boshqa ko‘rsatkichlari asosida baholanishi mumkin bo‘lgan reytingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informa- tsiyalar soni esa emitent tomonidan berilishi lozim bo‘lgan hisobot- lar va ma'lumotlar miqdoridan kelib chiqadi.
Dunyoning barcha mamlakatlari moliya bozorlarida eng asosiy, salmoqli va sifatli emitent sifatida vakolatli davlat organ- lari (Moliya vazirligi, Markaziy bank) hisoblanadi. Keyingi o‘rinda esa mahalliy hokimiyatlar (meriyalar, munitsi palitetlar, hokimiyat- lar) turadi.
Davlat organlarining professional emitent sifatidagi faoliyatlari davlat moliyaviy instrumentlarini (milliy valutasi va qimmatli qog‘ozlarini) davlatning iqtisodiy siyosatini yuritish maqsadida chiqarish orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va professional moliya instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar bilan birga vakolatli davlat organlari moliya bozorini tartiblashtirishni (muvofiqlashtirish va nazorat qilishni) amalga oshiradi.
Emitentlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarini chiqa- ruvchi va ularning real bazisiga bo‘lgan ekvivalentlilik darajasini ta'minlovchi institutlar rolini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, emitentlar o‘zlarining moliyaviy instrumentlari sifat ko‘rsatkich- larini aks ettiruvchi biznes kapitali rolini bajaradi. O‘z navbatida, bir vaqtning o‘zida moliyaviy instrumentlar ularni chiqaruvchi emitentning biznes sifatini aks ettiruvchi bozor kapitali rolini bajaradi. Emitent moliyaviy instrumentlar manbayi bo‘lib, moliya bozorining investitsion retseptori (moliyaviy resurslarni qabul qiluvchi va ularni ishlab chiqarishda ishlovchi real kapitalga aylan- tiruvchi) va moliyaviy instrumentlarni daromad (zarar) bilan ta'minlovchi biznes kapitali (iqtisodiyotning tijorat subyekti bo‘lsa, davlat organlari bundan mustasno) hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasidagi majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik emitentlarning zimmasidadir.
Emitentlar qonunchilikka muvofiq investorlar oldida ularga yetkazilgan zarar uchun quyidagi holatlar bo‘yicha mulkiy javobgar:

  • investorlar talabiga asosan qimmatli qog‘ozlar bozorida

investorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ma'lumotlarni taqdim qilmaslik yoki noto‘g‘ri ma'lu- motlar taqdim qilish;

buzish;

  • qimmatli qog‘ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshir- ganlik, qimmatli qog‘ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek, muomalada bo‘lishi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog‘ozlarning reklamasi uchun;

  • investorlar bilan ularning qimmatli qog‘ozlar bozorida inves-

torlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini cheklaydigan, emitentlarning javob- garligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;

  • aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‘oz-

lar bozoridagi boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli. qog‘ozlarning.emitentlari,.qimmatli qog‘oz- larga doir narxlar to‘g‘risida, shu jumladan, reklamada qasddan buzib ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish yo‘li bilan investorlarni qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga da'vat qilganlik uchun;

  • investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarma-

ganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek, investor bilan tuzilgan shartnomada qayd etilganidan farq qiladigan shart- larda bitim tuzganlik uchun.
Download 23.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling