Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi
O‘zgarmas elektr toki va uning qonunlari
Download 5.07 Mb.
|
MAъруза ЭКОЛОГИЯ
O‘zgarmas elektr toki va uning qonunlari. Elektr tok, tok kuchi va tok zichligi. O‘zgarmas elektr toki qonunlari. Tashqi kuchlar. Elektr yurituvchi kuch va kuchlanish. Elektr qarshilik va ularni zanjirga ulash usullari. O‘zgarmas tokning ishi va quvvati. Djoul - Lens qonuni. Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgof qoidalari.
Agar o’tkazgichda elektr maydoni hosil kilinsa, u holda zaryad tashuvchilarning tartibli harakati, ya’ni musbat zaryadlarning maydon yo’nalishida, manfiy zaryadlarning esa qarama-qarshi yo’nalgan harakati vujudga keladi. Zaryadlarning tartibli harakati elektr toki deyiladi. Agar o’tkazgich ko’ndalang kesimidan dt vaqt ichida dq zaryad o’tsa, tok kuchi , (11.1) ga teng bo’ladi. Agar har qanrday teng vaqt birligi ichida yuzadan o’tuvchi tokning yo’nalishi va miqdori o’zgarmasa, bunday tok o’zgarmas tok deb atalib, u (11.2) formula bilan aniqlanadi. Musbat zaryadlarning yo’nalishi tokning yo’nalishi deb qabul qilingan. Elektr tokini tok zichligi vektori j orhali to’laroq xarakterlash mumkin. Bu vektor miqdor jihatidan berilgan nuqtada zaryad tashuvchilarning yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan dS yuzadan o’tuvchi tok kuchi di ning shu yuza kattaligi dS ga bo’linganiga teng: , (11.3) agar tok o’zgarmas bo’lsa, uning zichligi . (11.4) Vaqt o’tishi bilan tok kuchi o’zgarmaydigan tok o’zgarmas tok deyiladi. Tok kuchini XBS dagi birligi (A=Amper) Om qonuni. 1826 yilda nemis fizigi Om tajriba orqali o‘tkazgichdagi tok kuchi kuchlanish (U) ga to‘g‘ri proporsional, R qarshilikka teskari proporsional ekanligini aniqladi. (18.4) Qarshilik Om larda o‘lchanadi. Qarshilik o‘tkazgichning uzunligiga to‘g‘ri proporsional va ko‘ndalang kesim yuzasi S ga teskari proporsional bo‘ladi: -o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi. Qarshilik temperaturaga xam bog‘liq bo‘ladi: -qarshilikning temperatura koeffitsienti deb ataladi. Endi kuchlanish ta’sirida bo‘lgan R qarshilikda o‘zgarmas tokning q zaryadni ko‘chirishda bajargan ishni topamiz. Bilamiz-ki, bu ish ga teng. (18.1) formulasini va Om qonunini xisobga olsak, tokning bajargan ishi uchun quyidagi formulalar xosil bo‘ladi: (18.5) Xar bir (18.5) formulani vaqtga bog‘lasak o‘zgarmas tok quvvati uchun ifodalar xosil bo‘ladi: (18.6) Ish Joul da va kuvvat Vatt larda o‘lchanadi. Elektrotexnikada sistemadan tashqari kilovatt-soat degan birlik ishlatiladi: Qarshilikda bajarilgan ishning xammasi issiqlikka aylanadi., demak ajralib chiqqan issiqlik: (18.7) ga teng. Bu ifodaga Joul-Lens qonuni deb ataladi.
Download 5.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling