Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi
Yorug‘likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni
Download 5.07 Mb.
|
MAъруза ЭКОЛОГИЯ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish.
- Optik anizatropiyani sun’iy ravishda hosil qilish.
Yorug‘likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni. Agar yorug‘lik nurining ikkita dielektrikni ajratib turuvchi chegaraga (masalan, shisha plastinka sirtiga) tushish burchagi nolga teng bo‘lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo‘ladi. Qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko‘proq bo‘ladi (nuqtalar), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko‘proq bo‘ladi (ikki tomonida strelka). Yorug‘likning tushish burchagining tangensi dielektrikning absolyut sindirish ko‘rsatkichiga teng bo‘lsa
Dielektrikning ichida ikkilamchi to‘lqinlar tushuvchi (birlamchi) to‘lqin bilan qo‘shiladi. Birlamchi va ikkilamchi to‘lqinlar o‘shilishidan hosil bo‘lgan natijaviy to‘lqin singan to‘lqinni beradi. Zaryadlarning majburiy tebranishlari mana shu natijaviy to‘lqinning E vektori yo‘nalishida sodir bo‘ladi. Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish. Yorug‘lik nuri ba’zi kristallardan o‘tganda ikkita nurga ajraladi. Bu ikkilanma nur sindirish deb nom olgan hodisa island shpati (Ca CO3-kalsiy karbonat tuzi) uchun 1670 yilda Daniyalik fizik Erazm Bartolomin tomonida kuzatilgan edi. Ikkilanma nur sindirish vaqtida nurlardan biri odatdagi sinish qonuniga bo‘ysinadi va tushuvchi nur hamda normal bilan bir tekislikda yotadi. Bu
Oddiy nur to‘la ichki qaytishga uchraydi, g‘ayrioddiy nur esa bemalol o‘tib ketadi. Ba’zi kristallarda nurlardan biri ikkinchisiga qaraganda ko‘proq yutiladi. Bu hodisa dixroizm deb ataladi. Ko‘zga ko‘rinadigan nurlarda kuchli dixroizm turmalin kristallida kuzatiladi. Unda oddiy nur 1 mm uzunlikda deyarli butunlay yutiladi. Sirtlar yuzi katta bo‘lgan qutblovchi asboblar polyaroidlar deyiladi. Polyaroid juda kuchli dixroik kristall hisoblangan gerapatitning qalinligi 0,1 mm bo‘lgan po‘sti nurlardan birini haqiqatda butunlay yutib olib, bunday yupa qatlam qutblovchi vazifasini o‘taydi. Zamonaviy polyaroidlar spektrning binafsha va qizil soxalarini qisman qutblangan hola o‘tkazadi. Polyaroidlar avtomobil yo‘llarida haydovchining ko‘zini qarshidan kelayotgan mashina farasini ko‘zni qamashtirish ta’siridan muhofaza qilishda ham tatbiq etiladi. Buning uchun avtomobilning oldingi oynasi va faralari polyaroiddan yasaladi. Optik anizatropiyani sun’iy ravishda hosil qilish. Yorug‘likning kristallarda turli yo‘nalishlarda turlicha tezlik bilan tarqalishi optik anizatropiya deyiladi. Fizik xususiyatlari yo‘nalishlarga bog‘liq bo‘lmagan muhit izotrop muhit deb ataladi. Fizik xususiyatlari yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lgan muhit esa anizatrop muhit deb ataladi. Izotrop muhitda (shisha platinkada) yorug‘likning sinishi, sinish qonuniga bo‘ysinadi. Anizatrop kristallarida (island shpati) yorug‘lik nuri singanda ikkilanma nur sindirish hodisasi kuzatiladi. Ikkilanma nur sindirish tiniq izotrop jismlarda va kubik tizmdagi kristallarda har xil ta’sirlar ostida vujudga kelishi mumkin.
kuzatiladigan manzara rang-barang chiziqlar bilan oplangan bo‘ladi. Chiziqlar joylashishining xarakteriga qarab plastinka ichidagi kuchlanishlarning tarqalishi haqida mulohaza yuritish mumkin. Kuchlanishlarni tekshirishning optikaviy usuli mana shu sun’iy ikkilanma nur sindirishga asoslangan. Optikaviy usul shishadan yasalgan mahsulotlarda zararli kuchlanishlarning bor-yo‘qligini tekshirish uchun ishlatiladi. Braklarning
Download 5.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling