Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi


Download 5.07 Mb.
bet34/37
Sana21.09.2023
Hajmi5.07 Mb.
#1684164
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
MAъруза ЭКОЛОГИЯ

Nazorat savollari.

  1. Tabiiy va qutblangan yorug‘lik nuri.

  2. Polyarizator va analizator.

  3. Malyus qonuni.

  4. Qutblanish darajasi

  5. Yorug‘likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni

  6. Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish. Polyaroidlar.

  7. Optik aniztropiyani su’niy ravishda hosil qilish.

14-MA’RUZA
Yadro fizikasi.
REJA:

  1. Atom yadrosining tarkibi va yadroning tuzilish modellari.

  2. Yadroviy kuchlar. Massa defekti va yadroning bog‘lanish energiyasi.

  3. Tabiiy va sun’iy radioaktivlik.

  4. Yadroviy reaksiyalar.

  5. Radioaktiv moddalarning yarim yemirilish davri.

  6. Radioaktiv nurlanish va undan himoyalanish, radioaktiy chiqindilarni saqlash.

  7. Yadro reaksiyalari.



Tayanch so‘z va iboralar: Yadro, proton, neytron, massa soni bog‘lanish energiyasi, radioaktivlik, radioaktiv nurlar, fotoemulsiya usuli, Vilson kamerasi, Geyger-Leyuller schetchigi, atom yadrosi, energiya, neytron, zarra, ekzoenergetik, endoenergetik, reaksiya, zanjir reaksiya, reaktor. og‘ir yadro, yengil yadro, deyteriy, tritiy, yadroviy sintez, neytron, izotop, zarra, antizarra, antiproton, nepton, mezon, simmetrik, antisimmetrik.

Atom yadrosining tarkibi va asosiy xarakteristikasi. 1932 yilda rus fizigi D.D.Ivanenko va nemis fizigi V.Geyzenberg bir-birlaridan mustail ravishda atom yadrosi ikki xil elementar zarra proton va neytronlardan tashkil topgan degan fikrga keldilar. Bu zarralar nuklonlar deb ataladi. Proton musbat zaryadlangan zarra bo‘lib uning zaryadi elektron zaryadiga teng. qp=qå=1,610-19 Kl, massasi esa mp=1,6710-27 kg.
Yadro tarkibida protondan tashqari zaryadsiz (qn=0) neytron (n) mavjud bo‘lib uni massasi proton massasiga teng. Yadrodagi nuklonlar ya’ni proton va neytronlar sonini A-bilan belgilanib, uni yadroning massasi soni deyiladi:
A=Z+N
Z-yadrodagi protonlar, N-yadrodagi neytronlar soni.
Z-D. Mendeleevning elementar davriy sistemasidagi ximiyaviy elementning tartib nomeri bo‘lib u yadroning zaryadini aniqlaydi, ya’ni qya=za.
Yadro belgisi zXAN
Tajribalarda yadrolarning shakli sferaga yaqinligi va bu sferaning radiuslari yadroning massa soni 1/3 darajasiga proporsional ekanligi aniqlangan. Yadro moddaning zichligini esa taribay ravishda quyidagicha aniqlash mumkin.

Demak yadro moddaning zichligi yadro tarkibidagi nuklonlar soniga bog‘liq emas. Uning qiymati shu qadar kattaki, yadroviy modda zichligidek zichlikka ega bo‘lgan jismdan yasalgan, radiusi 200 metr chamasidagi sharning massasi Yerning massasiga teng bo‘ladi.
Tartib nomeri bir xil, massa soni har xil bo‘lgan elementning yadrolarini izotoplar deyiladi: 1N1; 1N2; 1N3; 8O16; 8O17; 8O18;
Yadroning mya massasi uning tarkibiga kiruvchi hamma zarralar massalarining yig‘indisidan hamisha kichik. Chunki nuklonlar birikib yadro hosil qilganda nuklonlarning o‘zaro bog‘lanish energiyasi ajralib chiqadi. Yadroning bog‘lanish energiyasi Ebog‘ yadro tarkibidagi nuklonlarni ajratish va uning bir-biri bilan deyarli ta’sir qilishmaydigan masofaga uzoqlashtirish uchun bajarish zarur bo‘lgan ishga teng.


Download 5.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling