Reja Generator kuchlanishini sozlash
-rasm. Я112А integral kuchlanish regulyatorli Г286А generatori sxemasi
Download 375.4 Kb.
|
3-mavzu regulyator
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ya112V integral kuchlanish regulyatorli G222 generatori
2.15-rasm. Я112А integral kuchlanish regulyatorli Г286А generatori sxemasi.
Uyg’otish chulg’amini Я112А regulyatori orqali ta’minlash quyidagi tartibda boradi. Yondirish kaliti S kontaktlari qo’shilganda tok akkumulyator batareyasining «+» chikarishi - ampermetr - S ulagich kontaktlari - generator qurilmasining V chiqarishi - kuchlanish regulyatorining qaytariluvchi V chiqarishi - uyg’otish chulg’ami - kuchlanish regulyatorining Sh chiqarishi - VT chiqish tranzistorining kollektor-emitter o’tishi - generator va avtomobil korpusi - akkumulyator batareyasining «-» chiqarishi. Кuchlanish regulyatorining ikkala V chiqarishi ham o’tkazgich orqali bog’langan. Bu o’tkazgichdan uyg’otish toki va VT chiqish tranzistori boshqarish sxemasini ta’minlovchi tok oqadi (rasmda boshqarish sxemasi ko’rsatilmagan, shartli ravishda tranzistor bazasi bilan V chiqarishning aloqasi punktir chiziq va VD so’ndiruvchi diod ko’rsatilgan). Shunday qilib regulyatorda kiritish va chiqarish birlashtirilgan sxema qo’llaniladi. Bu sxema uyg’otish chulg’ami bilan generator va akkumulyator batareyasining «+» chiqarishiga ulanadi. Generator ishini va zaryad zanjiri holatini nazorat qilish uchun sxemaga ampermetr o’rnatilgan. Я112А integral kuchlanish regulyatorli ayrim generator qurilmalarida «+» chiqarish va generator korpusi orasiga elektr jihozlari sxemasida kuchlanish o’zgarishlarini kamaytirish va radio to’lqinlarini qabo’l qilishni yaxshilash maqsadida S kondensator ham o’rnatilgan bo’ladi. Ya112V integral kuchlanish regulyatorli G222 generatori (2.16-rasm). Nominal kuchlanishi 12 V bo’lgan iste’molchilarni ta’minlash uchun mo’ljallangan generator qurilmasi hisoblanadi. Ya112V integral regulyatorining kiritish va chiqarishi ajratilgan. VT kuch tranzistorini boshqarish regulyatorining alohida B chiqarishidan boshqariladi. B chiqarish yondirish tizimining S kaliti orqali generator va akkumulyator batareyasiga ulangan. Regulyator V chiqarishi bevosita generatorning musbat chiqarishiga ulangan bo’lib, uyg’otish chulg’ami shu orqali ta’minlanadi. Bunday sxemada boshqarish toki sezilarli darajada kamaytirilgan. Bu esa o’z navbatida kuchlanishni pasayish tebranishini kamaytiradi. Natijada generator qurilmasi sozlaydigan kuchlanishning turg’unligi ta’minlanadi va S ulagich kontaktlaridan kamroq tok o’tadi. Download 375.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling