Reja Generator kuchlanishini sozlash


-rasm. 201.3702 kuchlanish regulyatorli 32.3701 generatori sxemasi


Download 375.4 Kb.
bet5/9
Sana25.10.2023
Hajmi375.4 Kb.
#1720132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu regulyator

2.14-rasm. 201.3702 kuchlanish regulyatorli 32.3701 generatori sxemasi.

Generator qurilmasi sozlab beradigan kuchlanishga uning miqdorini o’zgarib (tebranib) turishi kamroq ta’sir qilishi uchun R3, R4 qarshiliklari ulangan nuqta va VT1 o’lchash tranzistori orasiga S1 kondensator ulangan.


R6 qarshilik regulyatorni qayta ulanish chastotasini oshirish uchun muljallangan.
Uyg’otish chulg’ami korpusga qisqa tutashgan rejimda (Sh chiqarishi M chiqarishiga bog’langan) VT2, VT3, VT4, VT5 tranzistorlari avtomatik tebranma rejimda ishlaydigan relaksasion generator sxemasini hosil qiladi. Avtomatik tebranishlarning hosil bo’lish jarayoni quyidagacha kechadi. VT5 kuch tranzistori kuchaytirishning chiziqli rejimiga o’tadi. Shuning uchun kollektor-emitter orasida kuchlanish oshib boradi. S2 kondensator - R9 rezistor - VT2 tranzistori baza-emitteri o’tishi zanjiridagi tok VT2,VT3 tranzistorlarini ochadi.Bu vaqtda VT5 kuch tranzistori yopiladi. Bunday holda sxema, S2 kondensator va R9 qarshilikdan iborat zanjirning doimiy vaqti sharti bilan turadi. S2 kondensatorni zaryadlash jarayoni tugagach, VT2, VT3 tranzistorlari yopilib, VT5 kuch tranzistori ochiladi. Shunda S2 kondensatori VT3 tranzistori orqali razryadlanadi.Shunday qilib jarayon yuqorida aytilgan tartibda takrorlanaveradi. Natijada regulyator sxemasida turg’un avtomatik tebranishlar hosil bo’ladi. Кo’rib chiqilgan rejimda VT5 kuch tranzistoridan impuls toki o’tadi. Uyg’otish chulg’amidagi qisqa tutashuv bartaraf qilingach, regulyator avtomatik ravishda ishlab ketadi.
Sxemaning asosiy elementlari: VT1 - o’lchash tranzistori; VT2 - chiqarish Sh ning «-» ga ulanib qolishidan himoyalovchi tranzistor; VT3 - boshqarish tranzistori; VT4, VT5 -sozlovchi tranzistorlar bo’lib, «Darlington» sxemasida ishlangan tashkil qiluvchi tranzistorlar; VD1 - tayanch elementi; VD2- himoya sxemasining diodi; VD3 - so’ndiruvchi diod; VD4 - regulyator tranzistorlarini qisqa muddatli teskari qutblanishning kuchlansh impulslaridan himoyalovchi diod; S1 - filtrlovchi element; S2 - teskari aloqa zanjirining elementi; R1, R4- kuchlanishning kirish bo’lgichi elementlari; R5 - stabilitron minimal tokini ta’minlovchi qarshilik; R6 - manfiy teskari aloqa zanjirining qarshiligi; R7 - VT1 tranzistor kollektori tokini cheklovchi qarshilik; R8 - musbat teskari aloqa zanjirining qarshiligi; R9 -VT2 tranzistor baza tokini cheklovchi qarshilik; R10 - VT3 tranzistor baza zanjirining qarshiligi; R11- VD2 diod tokini cheklovchi qarshilik; R12 - VT2, VT3 tranzistorlarining kollektor yuki (qarshiligi); R13 - VT2 tranzistorining ish rejimini ta’minlovchi qarshilik; R14 - cheklovchi qarshilik; R15 - VT5 tranzistorini turg’un ishlashini ta’minlovchi qarshilik.
201.3702 kuchlanish regulyatori G284 va G250 generatorlari bilan ham ishlashga
mo’ljallangan. Sozlanadigan kuchlanish qiymati va chiqarishlari konstruksiyasidagi farqi bor 22.3702 va 221.3702 kuchlanish regulyatorlari ham xuddi shunday sxemaga ega. 201.3702 kuchlanish regulyatorining chiqarishi shtekerli, 22.3702 va 221.3702 kuchlanish regulyatori chiqarishi vint bilan ulanadigan qilib ishlangan.
Кo’p zamonaviy avtomobillarda kuchlanish regulyatori birga o’rnatilgan generator qurilmalari ishlatiladi. Birga o’rnatilgan kuchlanish regulyatorlarining sxemasi kontaktsiz regulyator sxemasi singari tuzilgan. Integral kuchlanish regulyatorlari ta’mirlanmaydigan mahsulot bo’lganligidan, ularning sxema tuzilishlarini batafsil o’rganish ma’noga ega emas. Shuning uchun integral kuchlanish regulyator sxemasining generator qurilmasining umumiy sxemasiga ta’sir etadigan hollarini ko’rib chikamiz.
Я112А integral kuchlanish regulyatorli Г286А generatori (2.15-rasm). Я112А integral regulyator nominal kuchlanishi 12 V bo’lgan iste’molchilarni ta’minlovchi generatorlar bilan ham ishlatilishi mumkin.



Download 375.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling