Reja Generator kuchlanishini sozlash


-rasm. Ya112V integral kuchlanish regulyatorli G222 generatori sxemasi


Download 375.4 Kb.
bet7/9
Sana25.10.2023
Hajmi375.4 Kb.
#1720132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu regulyator

2.16-rasm. Ya112V integral kuchlanish regulyatorli G222 generatori sxemasi.
Generator qurilmasining holati va umuman elektr ta’minot tizimi ishini nazorat qilish maqsadida bu sxemaga N nazorat lampali RS702 relesi va voltmetr o’rnatilgan.
Ya120M integral kuchlanish regulyatorli G273 (G273A) generatori (2.17-rasm). Generator qurilmasi nominal kuchlanishi 24 V bo’lgan iste’molchilarni ta’minlash uchun mo’ljallangan.
Yuqorida ko’rib chiqilgan sxemalardan farqli o’laroq, bu generator qurilmasiga uyg’otish chulg’amini ta’minlash va kuchlanish regulyatorini ulash sxemasi qo’llanilgan. Uyg’otish chulg’ami va VT chiqarish tranzistori bilan VD1 so’ndirish diodi stator chulg’amining nol nuqtasi va korpus orasiga ulangan. Dvigatel ishlamay turganda S ulagich kontaktlari juftlashgan holda uyg’otish chulg’amini akkumulyator batareyasidan ta’minlash Rpod qo’shimcha ta’minot qarshiligi orqali bo’ladi. Bunda tok 0,3 A dan oshmaydi. S ulagich kontaktlari uzib qo’yilganda, chiqarish tranzistori yopiq va uyg’otish chulg’amiga tok kelmaydi.
Uygotish chulgamini bunday sxemada ulash kuyidagilarni ta’minlaydi:
chiqarish tranzistorini u yopiq bo’lgan holatida o’ta kuchlanishini kamaytirish (ta’minlash kuchlanishini ikki barobar kamayishi hisobiga);
dvigatel ishlamay turganda S ulagich kontaktlari uzilganda uyg’otish toki bilan akkumulyator batareyasini razryadlanishini oldini olish;
dvigatel ishlamay turganda S ulagich kontaktlari ko’shilganda to’liq uyg’otish tokining kuchlanish regulyatori chiqarish tranzistori orqali o’tishidan saqlash;
ulagich S kontaktlari orqali kuchlanish regulyatori zanjiriga o’tadigan tokni kamaytirib, generator qurilmasi sozlaydigan kuchlanishni turg’unligini oshirish.


2.17-rasm. Ya120M integral kuchlanish regulyatorli G273 generatori sxemasi.
Bundan tashqari Ya120M kuchlanish regulyatori kuchlanishni ikki xil sozlash imkonini beradi. Shu maqsadda R1, R2 qarshiliklardan tuzilgan bo’lgichga R3 qarshilik ham ulangan. R3 qarshilikning ikkinchi uchi regulyatorning R chiqarishiga ulangan.R chiqarish Spr. (davrli sozlash ulagichi) ulagichi orqali gererator korpusiga ulangan. Spr. ulagichi kontaktlari uzib qo’yilganda R1, R2 qarshilik miqdorlari orasidagi nisbat shunday bo’lishi kerakki, VD2 stabilitronni ishlashi (ochilishi) uchun 27,2-27,8 V kuchlanish kerak bo’ladi. Spr. ulagich kontaktlari qo’shilganda R2 qarshilikka parallel R3 qarshilik ulanadi. Bu paytda R1 qarshilikdagi kuchlanish kamayib, stabilitronni katta kiritish kuchlanishi o’tkazishini ta’minlaydi. Natijada sozlanadigan kuchlanish 29-30 V oralig’ida saqlab turiladi (2.2-jadval).

Download 375.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling