Reja. Holat tavsifi Gipertonik krizning tarqalganligi


Gipertonik kriz kelib chiqishiga turtki beruvchi omillar quyidagilardir


Download 0.77 Mb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1028356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
@Medical NestOne SamDTU

Gipertonik kriz kelib chiqishiga turtki beruvchi omillar quyidagilardir:

Kamharakat hayot tarzi;
Ortiqcha vazn;
Qandli diabet;
Yurak ishemik kasalligi;
Qahva yoki kofeinli ichimliklarni suiste’mol qilish;
Prostata bezining adenomasi;
Ayollarda klimaks davri;
Feoxromositoma;
Osteoxondroz;
Vegeto-tomir distoniyasi;
Stress va depressiya;
Ko’p miqdorda suyuqlik yoki osh tuzi qabul qilish;
Ob-havo (isishi yoki sovushi) va atmosfera bosimining o’zgarishi, iqlim zonalarining o’zgarishi;
Gipotenziv dorilarni qabul qilish rejimiga rioya qilmaslik (gipertonik bemorlarda);
Kechalari uxlamaslik;
Ba’zi dori-darmonlarni dozasini oshirib yuborish (adrenomimetik, erlik quvvatini kuchaytirish uchun preparatlar).
Shuningdek alohida yomon odatlar — chekish va alkogolizm haqida aytish kerak. Spirtli ichimliklar ichuvchi odamlar yuqori qon bosimi muammolaridan oddiy odamlarga qaraganda ikki marotaba ko’proq aziyat chekishi, bitta chekilgan sigareta esa qon bosimini 30 mm.sim.ust. ga ko’tarishi mumkinligi aniqlangan. Spirt va nikotin kapillyar qon aylanishning yomonlashuviga va kichik tomirlar zararlanishiga olib kelishi aniqlangan

KRIZ KELIB CHIQISH MEXANIZMI VA UNING TURLARI
Kriz davrida qon bosimning oshishi mexanizmi ikki asosiy omil — yurak tomonidan qon haydalish miqdorining ko’payishi va arteriyalar devorining mushaklari tonusining ortishi bilan bog’liq. Ushbu o’zgarishlar odatda buyrak usti bezlari gormoni — adrenalin va noradrenalin ta’sirida yuzaga keladi.

Ushbu omilga muvofiq odatda ikkita asosiy turdagi kriz farqlanadi. Krizning birinchi turida adrenalinning ajralishi ortadi, ikkinchi turda esa — noradrenalinning. Birinchi holda, bemorda odatda faqat sistolik (yuqori) bosim, ikkinchi holda ham sistolik, ham diastolik (pastki) bosim ko’tariladi.

Gipertonik kriz yuzaga kelishi uchun nafaqat qon bosimining ko’tarilishi, balki periferik tomirlarning reaktsiyasini kuchayishi ham kerak, natijada ularning torayishi sodir bo’ladi.

Ba’zan kriz qon hajmi va organizmdagi arterial bosim darajasini tartibga soluvchi renin-angiotenzin faoliyatining buzilishi natijasida rivojlanadi. Qon bosimini oshiradigan ferment — renin va angiotenzinni kontsentratsiyasining ortishi to’qimalarning qon ta’minoti yomonlashishiga olib keladi va bu o’z navbatida yana fermentlar ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. Shunday qilib, ana shunday aylanma holat paydo bo’ladi, dori vositasidan foydalanmasdan bu holatdan chiqib ketish juda qiyin bo’ladi.

Ba’zi mutaxassislar, shunindek, og’ir tashvish yoki stress tufayli yuzaga keladigan neyrovegetativ krizni ajratishadi. Odatda bu kriz bir necha soat ichida o’tib ketadi va kasalxonaga yotqizishni talab qilmaydi.

Kriz vaqtida qanday bosim ko’tarilganiga qarab, kasallikning eukinetik, gipokinetik va giperkinetik shakllari farqlanadi. Eukinetik krizda, ham sistolik, ham diastolik bosim nosimmetrik ravishda oshadi. Gipokinetik krizda asosan faqat diastolik bosim ortadi. Giperkinetik bo’lsa, asosan sistolik bosim oshgani kuzatiladi. Bu turdagi krizlar yurakning qon haydash hajmi oshgan yoki oshmaganligi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Eukinetik holatda yurakning qon haydashi hajmi me’yorda va bosim oshishi periferik tomirlarning qarshiligiga bog’liq bo’ladi. Gipokinetik kriz vaqtida qon haydash kamayadi, giperkinetik krizda esa ortadi.

Og’irligi jihatidan krizlar asoratlangan — unda nishon organlarga zarar yetgan bo’ladi, bu hodisa kuzatilmasa, asoratlanmagan shaklga bo’linadi. Kasallikni davolash tamoyillari mazkur holat shakliga asoslanadi. Asoratlanmagan kriz ko’pincha 1-2 daraja gipertonik kasallik uchun xos, asoratlangani esa uchinchi darajali gipertonik kasallik uchun. Asoratlangan krizlar odatda uzoq muddatli, bir necha kun davomida rivojlanishi bilan ajralib turadi.


FISH: Keldiyorov Alisher Bozorovich , 2020yil
Klinik diagnoz: Gipertonik kriz


  1. Pasport qismi

Qabul qilingan sana va vaqti: 6/07/2022, 14:20
Bo'shatish sanasi: 20/07/2021
1. Ism:Keldiyorov Alisher Bozorovich
2. Jins: erkak
3. Yoshi: 1yosh
4. Tug'ilgan sanasi: 07.05.2020
5. Yashash joyi : Samarqand shahri, O`zbekiston k-chasi , 1-uy Tel:+9989x-xxx-xx-xx
6. Ota-onasi haqida ma'lumot
Otasi –Bozorov Gayrat 27 yosh Tadbirkor
Onasi –Safarova Guli 24 yosh uy bekasi
7. O'qish joyi: ONA TARBIYASIDA

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling