Reja: I bob. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari


II BOB Pedagogik qarama-qarshilik tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirish manbai sifatida


Download 419.5 Kb.
bet7/9
Sana25.03.2023
Hajmi419.5 Kb.
#1294632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

II BOB Pedagogik qarama-qarshilik tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirish manbai sifatida.
d)Nizoning to’rt turlari; nizolar oldini oluvchi xabarlar; nizolarni hal qilishga yondashishlar.
Nizоning to‘rt turlаri; nizоlаr оldini оluvchi хаbаrlаr; nizоlаrni hаl qilishgа yondаshishlаr; V.M.Аfаnkоvаning nizо hаqidаgi fikrlаri; nizоlаrning subyеktiv xususiyatlаri vа pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri; nizоli vаziyatning оbyеktiv mаzmuni; pеdаgоgik-psiхоlоgik kоnfliktоlоgiyani nаzаriy tаhlil qilishdаgi dаstlаbki хulоsаlаr; nizоli vаziyat ishtirоkchilаrining turli himоyalаnish shаkllаri; nizоning rivоjlаnishi bоrаsidаgi bоsqichlаri hаqidаgi bilim vа tаsаvvurlаrini оshirish.

Nizo - istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub'ektlar o'rtasidagi ijtimoiy o'zaro aloqalar shakli (sub'ektlar individ/guruh/o'z o'zi bilan - ichki nizolar holatlarida bo'ladi.

"Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o'rtasida katta farq bor.

Nizoli vaziyat - ijtimoiy sub'ektlar o'rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi - nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo'qligi.

Ya'ni to'qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi.

Nizolarni to'rt turlari ko'rsatiladi:

• ichki shaxsiy, shaxsning kuchi bo'yicha taxminan teng motivlari, qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi;

• shaxslararo, o'z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga oshirishga intiluvchi shaxslarni ifoda etadi;

• guruhlararo, biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko'zlagan va ularni amalga oshirish yo'lida bir-biriga to'sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi;

• shaxsiy-guruhli - shaxsning xulqi guruh qoidalari va umidlariga mos kelmasligi holatlarida yuzaga keladi.

Adovat, ixtilof, nifok, tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.

Boshqarish jarayonida nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal kilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.

Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir kiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi "ruxiy iqlim”ni yomonlashtiradi, kadrlar ko’nimsizligini kupaytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, mexnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg’unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim.

Nizo qanday xarakterga ega bo’lmasin va u qay darajada katta bo’lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Raxbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’ekgivlik bilan etishi, tegishli xulosalar chikarishi kerak.

Tadkikotlarning ko’rsatishicha, "ruxiy iqlim" yaxshi bo’lgan xamda intizom ancha yuqori bo’lgan joyda fakat iktisodiy kursatkichlar yuksak emas, balki nizolar xam anchagina kam, xodimlarning o’z mehnatidan katta qonikish olayotgani ko’zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziliga yuksak talabchanlik va ishlab chikarishning ba’zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo’lishi mumkin.

Jamoa a’zolarining printsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi.

Nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:

• mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni;

• haq to’lashning takomillashtirilmagani;

• yomon mehnat sharoitlarini;

• mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;

• rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;

• o’zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko’rsatish mumkin.

Shaxslararo nizo hayotda eng tarqalgan nizolardir. Bunday nizolar, masalan:

* oilada:

• er bilan xotin o’rtasida;

• ota bilan farzand o’rtasida;

• ona bilan farzand o’rtasida;

• farzand bilan farzand o’rtasida va xokazo.

* mehnat jarayonida:

• xodim bilan xodim o’rtasida;

• xodim bilan rahbar o’rtasida;

• raxbar bilan rahbar va hokazolar

o’rtasida bulishi mumkin.

Guruhlararo nizolar o’z tabiatiga ko’ra aralash nizolardir, chunki ularning vujudga kelishi barcha yuqoridagi nizo turlarining ta’siri ostida bo’ladi.

Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.

Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko’z oldida, to’gridan-to’g’ri vujudga keladi. Ular to’knashish sodir bulgunga qadar to’liq etilgan bo’ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug’dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.

Yopiq, nizolar o’ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o’xshatsa bo’ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar "ichida "bo’lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshkarish juda kiyin.

Yopiq nizolar ko’pincha fitna, ig’vo, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifok solish, buzg’unchilikka qaratilgan bo’lib, yolg’on-yashiq, uydirma, bo’hton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.

Ochiq nizolar ko’pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da’vat etishda o’z ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o’zlariga qarama-qarshi bo’lgan rasmiy yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o’zining manfaati tomon burishga harakat qiladi.

Xarakteriga qarab nizolar ob’ektiv yoki sub’ektiv nizolarga bo’linadi.

Ob’ektiv nizolarga mehnat faoliyati jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog’liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim " ni yaratish uchun xizmat qiladi.

Sub’ektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqealikka bo’lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo’yicha his-tuyg’uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko’ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.

Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo’linadi.

Konstruktiv nizolar maqsadga muvofiq, o’zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan ob’ekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega bo’lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, so’ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvni izdan chiqarish payida bo’ladi.

Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o’z vaqtida oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya’ni kishilar bir-biriga nisbatan nafratlarini namoyish etish, bo’lar-bo’lmasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir so’zdan ilgak topish, atrofdagilarning qadr-qimmatini yerga urish, o’zining fikrini zo’rlab tirkash, etilgan muammolarni hal qilishdan bosh tortish harakatida bo’laveradilar.

Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy xislatlari bilan bog’liq bo’ladi. Mutaxassislar kishilar o’rtasida ortiqcha nizolarni tarqatishga sababchi bo’luvchi olti toifadagi "nizoli" shaxslarni ajratishadi.

Nizoning kelib chiqishi va to’qnashishning sodir bo’lishi bir butun jarayon bo’lib, bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi.

Bu jarayonning birinchi bosqichida nizo chiqishi uchun vaziyat tug’iladi, ya’ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi ob’ektiv ravishda namoyon bo’ladi. Ammo ochiqdan-ochiq to’qnashuv sodir bo’lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki "meros " qolgan nizoning ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin.

Nizoli vaziyatning ob’ektiv ravishda vujudga kelishiga bevosita qarama-qarshi turuvchi tomonlarning o’zlari yoki ularning muxoliflari sababchi bo’lishi mumkin. Ular turlicha daraja (rang)ga ega bo’lgan tomonlardir. Masalan:

• Darajali muxoliflar — bu shaxslar;

• Darajali muxoliflar — bu guruxlar;

• Darajali muxoliflar — bu tashkilotlar;

• Darajali muxoliflar — bu dialog chog’ida o’z-o’zidan qaror qabul qiluvchi shaxslardir. Nizoning rivojlanishida va sodir bo’lishida ularning ta’siri deyarli bo’lmaydi.

Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri — bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi ob’ektdir. Ko’pincha shu ob’ektni "bo’lisha olmaslik " yoki uni "bo’lishdagi " adolatsizlik sababli nizoli vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi tomonlar o’zlarining manfaatlari yo’lida hal qiluvchi mavqeni egallashga urinadilar.

Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyidagilardir:

• haddan tashqari hissiyotga berilish;

• fikrini aniq izhor eta olmaslik;

• bir-birini tushunishini xohlamaslik;

• asosga ega bo’lmagan noshukurlik va xokazo.




Download 419.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling