Reja: I bob. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari


c) Nizoli vaziyatning obyektiv mazmuni, pedagogik-psixologik konfliktologiyani nazariy tahlil qilishdagi dastlabki xulosalar


Download 419.5 Kb.
bet8/9
Sana25.03.2023
Hajmi419.5 Kb.
#1294632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

c) Nizoli vaziyatning obyektiv mazmuni, pedagogik-psixologik konfliktologiyani nazariy tahlil qilishdagi dastlabki xulosalar.
Konfliktning yaratuvchanlik imkoniyatining ijobiy ta’siri.

1. Yashirin imkoniyatlarim va muammoning yangi qirralarining ochilishiga sabab bo’ldi.

2. Individga haqiqatni tan olishga undashi.

3. Insonlarni tushuna boshlash.

4. O’z fikr va o’ylariga aniqlik kiritish va pozitsiyani qayta ko’rib chiqish.

5. Shaxsga sabr-qanoat tuyg’usini shakllantirishi.

6. Ota-ona oiladagi mavqeyni hech kim bo’la olmasligini anglash.

7. Hayotga teran boqa boshlash va diqqatni bir joyga jamlab astoydil harakatlanish.

8. Oila a’zolarning individga chin do’st ekanligini anglash.

9. Ota vujudga keltirgan konflikt ya’ni oramizdagi konfliktni yaratuvchanlik sari yo’naltira oldi.

Konfliktning vayron qilish imkoniyatining salbiy ta’siri quyidagilar:

·O’rtoqlarim orasida men o’zimni noqulay sezadigan bo’lib qoldim.

·Tez jahl qilaman, tez-tez bo’lar bo’lmas narsaga xafa bo’laman

·Pashshadan fil yasab, kichkina muammoni majoraga aylantiraman.

·Sinfdoshlarim bilan ayniqsa, o’g’il bolalar bilan gapimiz umuman qovushmaydi.

·Bu holatdan hali hanuzgacha qutula olmayman.

·Konflikt hollar yoki ziddiyatlar, majoralar paytida o’zimni bilmaganga olaman yoki olib qolaman.

·Har kim bilan ham yaxshi muomala qila olmayman.

·Yonimdagi o’rtog’imga tanbeh berishdan o’zimni tiya olmayman.

Lekin, o’sha konflikt vaziyat va bunday konfliktlar ta’sirida yoshlar ulg’ayib boradi. Menga yaqin inson bo’lgan otamning, oila a’zolarimiz ta’sirini yaqqolroq sezaman.

Konflikt tabiiy holdir. Konfliktdan saqlanish ham tabiiy hol hisoblanadi.

Men doimo oilada, mahalla ko’yda do’stlarim davrasida o’zimni konfliktogenlardan saqlayman.


Konflikt vaziyatlarning kelib chiqishida «konfliktogen» lar juda muhim rol o’ynaydi.

Yoshlik davrining ikkinchi bosqichi o’spirinlik deb ataladi. Bu davr ilk o’spirinlik davridan, yetuklik davrigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Yosh ko’rsatkichi 15-21 yoshgacha qilib belgilangan. Bu davrda o’quvchi jismonan baquvvat, o’qishni tugatgach mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi.

Mazkur davrning yana bir xususiyati mehnat bilan ta’lim faoliyatinig bir xil ahamiyat kasb etishidan iborat.

Ayrim o’spirinlar o’z hatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va o’zlarini kamtarona tutishga intiladilar.

O’spirin o’zining ezgu niyatini baholashda jamoada o’z o’rnini belgilash nuqtai nazaridan yondoshadi. Chunonchi «o’zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?», «Jonajon Respublikamga, ota-onamga munosib farzand bo’la olamanmi?» «Jamiyatning taraqqiyotiga o’z ulushimni qo’sha olamanmi?» degan savolga javob izlaydi.

O’spirin o’quvchida o’zini anglash zamirida o’z-o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi va bu ishning yo’llarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. O’zlariga ma’qul ma’naviy-psixologik qiyofaga ega bo’lish uchun, oqilona o’lcham, mezon, vazifalarini bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar.

O’spirin har bir ishda etakchi, birinchi bo’lish istagi bilan yashaydi. Lekin, har doim ham uddasidan chiqa olmaydi.

Psixolog olim L.A. Umanskiy fikricha buning uchun o’spirin quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak.

A) axloqiy xislatlar – jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, batartiblilik, intizomlilik;

B) irodaviy xislatlar – matonat, qat’iyat, mustaqillik, tashabbuskorlik, batartiblilik, intizomlilik;

V) emotsional hislatlar-xushchaqchaqlik, tetiklik, hazilkashlik va yangilikni his etish, o’z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.

O’spirinlarda mavjud bo’lgan yana bir muhim xislat ularda yuksak darajadagi do’stlik, o’rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. Shu sifatlarning qay darajada shakllanganligi tarbiyaviy ta’sir o’tkazish mezonidir.

O’spirinlik yoshi davrida ziddiyatni yuzaga keltiruvchi vaziyat:

Anvar 21 yoshda, oliygohning 2-bosqich talabasi. Guruh tashkilotchilaridan, darsdan so’ng tinmay o’qiydi, darslarga doimo faol qatnashadi. Kursdoshi Dilfuzani sevib qolgan. Ammo unga yuragini ocholmaydi. Qiz ham unga befarq emas. Xullas, bu ikkala yosh ham hayotga o’z ko’zlari bilan qaraydilar. Anvar bugun darsga biroz kechigib qoldi. Dilfuza bundan rosa xavotirda. O’qituvchi juda ham qattiqqo’l, kech qolganlarni darsga qo’ymaydi. Anvar xuddi o’sha qattiqqo’l o’qituvchini juda ham hurmat qiladi, darslariga doim tayyor bo’lib keladi. Kecha ko’p jismoniy harakat qilganligi uchun lanj edi. Buning ustiga yo’lkaning tirbandligi ham unga xalaqit berdi. Anvar darsxonaga kirib kelganida o’qituvchi dars mavzusini aytayotgan edi. U Anvarni haqoratli so’zlar bilan koyidi. Kurakda turmaydigan gaplar Anvarnigina emas, butun avdutoriyaning ensasini qotirdi. Talabaning ideal qiyofasiga putur etdi, Dilfuzaning yuzlari uyatdan qizarib erga qaradi. Anvar eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi.

Anvarning o’y-hayollari; «O’qituvchi meni nimaga yomon ko’rib qoldi», «Nimaga talabani tushunmaydi», «Menga haqoratli munosabatda bo’ldi», «Dilfuzaning yonida yer yorilsa yerga kirib ketsam», «Sen nimaga bunday ahvoldasan?»- demaydi degan qiynoq savollar vujudini qamrab oldi. «Har doim ham shunaqa bo’layotgani yo’q-ku», «Endi menga baribir, darsi boshidan qolsin».

O’qituvchining o’y-hayollari; «Bu yoshlar bebosh bo’lib ketishgan», «Uzr so’rashdan nariga o’tmaydi», «Bularga tartib-qoidani qaytadan o’rgatish kerak», «Yuradi itning ikkinchi orqa oyog’i bo’lib», «Ularga qo’yib qo’ysang tepangga chiqib olishadi», «Darsmi vaqtida kelsin», «O’zi yomon so’z aytishga majbur qildi» «Bunaqalarni tazirini berib turish kerak», «Yoshlar gapga kirmaydigan, o’zboshimcha bo’lgan» degan noto’g’ri fikr o’rnashib oladi va bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi.

Konfliktni boshqarish jarayonida o’qituvchi xatolikka yo’l qo’ydi va buning natijasida quydagi salbiy va ijobiy oqibatlar vujudga keldi.

Salbiy oqibatlar

§ Anvar va talabalar nazdidagi «ideal o’qituvchi» o’z mavqeyini yo’qotdi

§ Fanga bo’lgan qiziqish yo’qoldi (ya’ni o’qituvchining faniga)

§ Darsni yaxshi anglash darajasi susaydi

§ O’qituvchining asl ma’naviy qiyofasi yaqqol ko’zga tashlandi

§ Talabaning shaxsiy manfaatlariga putur etdi

§ Audutoriyada vaqtdan yutqizish foizi oshdi

§ Talabalar o’rtasida bir-biriga qarama-qarshi kuchlar guruhi paydo bo’ldi

§ Anvarning raqiblari (sevgi bobida) yanada jonlandi

§ Anvarni o’zini yo’qotib qo’yish darajasining oshishiga turtki bo’ldi

§ Tomonlar orasidagi tanglik, tushunmovchilikka debocha yasaldi

Ijobiy oqibatlari.

§ Anvarni tartibli bo’lishga undadi, u ma’suliyatni yana bir bor his qildi

§ Dilfuza Anvarga yanada o’zgacha mehr bilan qaray boshladi

§ O’qituvchining yomon xulqi ko’plarga o’rnak bo’ldi (yaxshi ma’noda «Odobni odobsizdan o’rgan»)

§ Talabalarni o’z ma’suliyatlarini anglashga chorladi

§ Talabalarni ehtiyotkorlikka undadi

§ O’zida vujudga kelayotgan konfliktogenlardan qutilish va ularni faol ishlatmaslik to’g’risidagi tushuncha talaba ongida shakllandi

§ Jiddiy konfliktogenlardan bo’lgan o’zini ustun qo’yish, agressiyaga moyillik, egoizmdan qutulish hamda boshqalar tomonidan ular ishlatilganda ham, o’zining konflikt vaziyatga tortilmasligi choralarini ko’rish to’g’risida fikrlar paydo bo’ldi.

Egoizm nima? – Egoizm faqat o’z manfaatlarini ko’rish qobiliyati bo’lib, o’zbek tilida xudbinlik so’ziga to’g’ri keladi. Egoizm – o’z manfaatlarini, boshqalar manfaatlarining buzilishiga qaramay, eng oliy qadriyat sifatida anglanish jarayoniga aytiladi. Shu bois, frantsuz lingvisti P.Baust «Xudbinlik ustidan qozonilgan g’alaba eng sharafli g’alabadir», deb aytgan.

Demak konflikt vaziyatda har bir tomonning o’z qarashlari, o’ylari, fikrlari tizimi majmuasi mavjud.

Mana shu o’y va fikrlar tizimi xuddi mana shu tomonning o’z shaxsiy manfaatlarini anglatadi. Shaxsiy manfaatlar odamlar hayotining tabiiy ehtiyoji.

Demak, konflikt-bu ikki, yoki undan ko’p tomonlarning o’z maqsadlariga etish yo’lidagi turli manfaatli to’qnashuvdir.

Konflikt bu – odamlarning urishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to’qnashish, so’z aytishish, birovlarni ayblash, so’kinish, g’azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish va boshqa salbiy vaziyatlar bo’lishi mumkin degan xulosalar mavjud.


Konfliktlar yomon holatmi, ular yoshlar ongiga qanday ta’sir qiladi, unga xos ijobiy xislatlar bormi? Konflikt - buzg’inchilikmi, yoki ijobiy tomonlari mavjudmi?

Konflikt har doim ham buzg’unchilik yoki zo’ravonlik emas. Konflikt to’g’ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo’ladi.

Konfliktning ijobiy va yaratuvchanlik qobiliyati konfliktli vaziyatni siz qanday maqsadlarda ishlata olishingizga bog’liq bo’ladi.

Konflikt quyidagi hollarda ijobiy imkoniyatga ega;

· yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarini ochilishiga sabab bo’lsa;

· muammo echimining yangi yo’l-yo’riqlari, imkoniyatlari, usullarini kashf etsa;

· ishonch samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan yangi munosabatlar qurilishiga sabab bo’lsa;

· Odamlarni umumiy g’oyalar asosida birlashtira olsa;

· samiymiy va ochiq, iliq muloqot uchun imkon yaratsa va shunday munosabatlarga insonlarni o’rgata olsa;

· o’z fikr va o’ylaringizga aniqlik kiritishga va o’z pozitsiyasini qayta ko’rib chiqishga majbur qila olsa;

Bu ijobiy natijalar yoshlar ongiga juda katta ta’sir ko’rsatadi va biror narsani amalga oshirishda bugungi kun talabidan kelib chiqishga undaydi.

Konfliktning yaratuvchanlik, ijobiy imkoniyatini har doim ham yaxshi anglayvermaymiz. Buni xatto tushunishga intilmaymiz. Konfliktning ijobiy tomoni yoshlarning tafakkur olamini boyitadi. Kelajakda buyuk inson bo’lishga undaydi.

Konfliktning vayron qilish imkoniyati (ya’ni salbiy tomoni):

·Konflikt yechimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy berilsa;

·g’azab, jaxl, dilsiyohlik, xafagarchilik, nafrat va qasos hislarining kelib chiqishiga sabab bo’lganda;

·juda qattiq stressga olib kelganda;

·odamlar o’rtasida uzoq muddatli ixtilof ixtilof vujudga keltirilganda;

·«pashshadan fil yasab», kichkina muammoni katta majoroga aylantirganda;

·zo’ravonlik va urushga sabab bo’lganda;

Afsuski, hayotda ko’pchilik hollarda konflikt zo’ravonlik bilan tugaydi.

Chunki ko’pchilik shaxslar konfliktlarning asl mazmuni va mohiyati bo’yicha maxsus bilimlarga ega emas.





Download 419.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling