Reja: I. Kirish: I. Bob: O’zbek mahalliy uslublari 1 Lokal uslublari haqida umumiy ma’lumot
II. BOB: O’ZBEKISTONDA MAVJUD BO’LGAN MAHALLIY USLUBLARNING O’ZIGA HOS HARAKTERI BELGILARI ULARNING BIR BIRIDAN FARQI
Download 34.46 Kb.
|
II. BOB: O’ZBEKISTONDA MAVJUD BO’LGAN MAHALLIY USLUBLARNING O’ZIGA HOS HARAKTERI BELGILARI ULARNING BIR BIRIDAN FARQI
2.1 Buxoro – Samarqand, Xorazm mahalliy uslublari Buxoro-Samarqand musiqa uslubi deganda, Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan musiqiy an’analar tushiniladi. Diyorimizning qadimiy madaniyat maskanlari bo‘lmish bu vohalarda xalq qo‘shiqlari, ashulalari, cholg‘u kuylari, qarsak o‘yin aytimlari hamda kasbiy musiqaga doir dostonchilik, sozanda san’ati va maqom namunalari keng o‘rin tutadi. Bu uslubning o‘ziga xos jihatlaridan biri – unda ikki tillilik o‘zbek va tojik tillarining an’anasini namoyon bo‘lishidir. Odatda qo‘shiqning bandlari o‘zbek tilida, naqoratlari esa tojik tilida yoki teskarisi bo‘ladi. Buxoro-Samarqand musiqa uslubida qarsak janriga alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Qarsak o‘yin aytimlarining bir necha turlari mavjud bo‘lib, u turli xil tomosha va davralarda ko‘pchilik tomonidan ijro etiladi. Jumladan, qars, yakka qars, qo‘sh qars, uch qars, besh qars kabi nomlar bilan ataluvchi qarsak turlari bor. Buxoro-Samarqand musiqa uslubida sozandachilik san’ati ham mavjud bo‘lib, u ayollar ijodi bilan bog‘liqdir. Sozanda bu-yakkaxon aytimchi bo‘lib, u qo‘lda qayroq yoki zang (qo‘ng‘iroqcha) bilan raqga tushib, qo‘shiq bandlarini kuylaydi. 2-3 ayoldan iborat doirachilar dastasi esa naqoratlar bilan jo‘r bo‘ladi. Bu guruh vakillari asosan ayollar yig‘inlarda ishtirok etib, o‘zbek va tojik tillarida kuylaydilar. Dastlabki qo‘shiqlar tantanavorlik ruhi bilan sug‘orilgan sokin ijro etilsa, keyingilari esa jadallashil o‘yin-raqs aytimlariga ulanib ketadi. Hozirgi vaqtda dastalarda akkardion va rubob ham qo‘llanila boshlandi. Bundan tashqari Buxoro sanat uslubida “Mavrigi” janri ham keng tarqalgan. Bu janrda xam ikki tilda kuylash namoyon bo‘ladi.Jo‘rnavoz sifatida faqat doiradan foydalaniladi. Mavrigi asosan erkaklar tomonidan aytiladi. Buxoroda tarqalish hududiga ko‘ra dostonchilik maktablari juda keng tarqalgan. Jumladan “Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi”, “Nurota dostonchilik maktabi.”, Narpay dostonchilik maktabi shular jumlasidandir. Mashhur doston ijrochilaridan Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Yo‘ldosh bo‘lbo‘l, Ergash Juman Bo‘lbo‘l shular jumlasidandir. Mahalliy-musiqiy uslublardan Buxoro-Samarqamd uslubi bu hududda nisbatan kasbiy musiqani yetakchi taraqqiy etganligi bilan alohida o’ziga xoslik kasb yetadi. Bu uslubning yana bir bir muhim xususiyati mazkur viloyatlar ko’p millatligi bilan ham ajralib turadi, ulardan o’zbek, tojik, yahudiylar ko’pchilikni tashkil yetgan. Shuning uchun ham Buxoro-Samarqand folklorida iki tillilik keng tarqalgan. Bu uslubga xos namunalarni o’rganishda zang, terma, hay nozanin, ufor, ashulalar qatorida mayda g’azallar deb nomlanuvchi turkum ashulalar ham ye’tibor qaratish lozim. Mayda g’azal-maqom va xalq qo’shiqlaridan olingan kichik ashula hamda ijro etish bo’lib, ular mavrigi va maqom ohanglari asosida yaratilgan kichik-kichik xalq qo’shiqlaridan tashkil topadi. Ular ayrim hollarda “termalar” ham deb atalgan. Ularni ayollar o’rtasida keng tarqalgan Buxorcha, zang turkumlarida ham ko’rish mumkin. Misol: Naqarot Dilbari yagonayiman, ofati zamonayiman, Yo bu bar bahonesh in shab, yo biyo bahonayiman. Havo havo ba nozi dilbari yagonyayiman Xasta bo’ldi ovozim dilbari yagonyayiman Naqarot Dilbari baho bast in shab dilbari yagonyayiman Masti sharob ast in shab dilbari yagonyayiman Naqarot Qoshing qarolab ichgan piyolada choy ichgan, Piyolani choyini qaysi da’vogar ichgan. Naqarot Qoshing qarolab qo’ydim dilbari yagonyayiman Zulfing taroqlab qo’ydim dilbari yagonyayiman Naqarot O’rdaki bor daryoni dilbari yagonyayiman Chorlab neburet deyman dilbari yagonyayiman Naqarot Dilbari yagonayiman, ofati zamonayiman Yo bu bar bahonesh in shab, yo biyo bahonayiman Misoldan ma’lum bo’ladiki, ushbu mayda g’azalning ilk bayti, so’ngi bayti naqaroti tojik tilida, keyingi, misralari o’zbek tilida aytiladi. Download 34.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling