Reja: I. Kirish: I. Bob: O’zbek mahalliy uslublari 1 Lokal uslublari haqida umumiy ma’lumot
Download 34.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chorvachilik
- Cho’pon qo’shiqlari
- O’rim qo’shiqlari
- Yorg’ichoq qo’shiqlari
Surxondaryo-Qashqadaryo mahalliy uslubi.
Surxondaryo-Qashqadaryo hududida yashovchi mahalliy aholi qadimdan chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan va bu mehnat turlari ular hayotida asosiy omil bo’lib har bir mehnat jarayoniga mos qo’shiq aytimlar yaratilgan. Bu vohada milliy cholg`ulardan do’mbra, qo’biz, cho’pon nay, sibiziq, chanqovuz va doira ardoqli hisoblanadi. Chorvachilik bilan bog`liq “Sog’im qo’shiqlari” dan iborat bo’lib ular qoramol, biya, tuya, echki, qo’y kabi uy hayvonlarini sog’im paytida kuylashgan.Bunda “xo’sh-xo’sh” qoramolni, “turey-turey”, “churey-churey” aytimlari qo’y-yechkilarni sog’ishda aytilgan. Cho’pon qo’shiqlari “Qo’ylarni sudrash”, “Qo’ylarni ko’chirish”,” Qo’ylarni yig’ish” kabi shartli darakchi kuylar ijro yetilgan. Dehqonchilik kasbi bilan bog’liq mehnat jarayonida yuzaga kelgan qo’shiqlar “Qo’sh haydash”, “Xo’p mayda”, “Mayda-mayda” “Yozi” nomlar bilan aytilib kelinadi.Dehqonchilik ishlari boshlangan yerta bahorda, yerni haydash vaqti kelganda “Shox moylar” marosimi o’tqazilgan. Bunda yer haydaydigan ho’kiz shoxlari “Navro’z” bayramiga atab pishirilgan bo’g’irsoq yog’i bilan moylashgan va yerga qo’sh solish chog’ida qo’shiq kuylashgan: O’rim qo’shiqlari: O’roq va o’riqchilar guruhi tomonidan o’rim paytida aytiladi: O’rog’im olmos, O’rishdan qolmas. Sira ham tolmas, O’rmasam bo’lmas. O’rog’im chaqqon, Sen menga yoqqan. Qo’lginam chaqqon, Mehnatla boqqan. Xo’p mayda: Ayri-ayri tuyoqqa, maydayo-mayda, Ayri poxol yarashar, Jilviragan quloqqa, Tilla sirg’a yarashar, Yorg’ichoq qo’shiqlari.Yorg’ichoq qo’l tegirmoni. Don qo’yar yanchilgan, mehnat og’ir, qo’shiq insonga hamroh Yorg’ichoq torta-torta toldi qo’lim, Ikki tosh orasida qoldi qo’lim. Hunarmandchilik qo’shiqlari. Hunarmand-kosib, duradgor, kulollar, bo’zchilar tomonidan to’qilgan va ijro yetilgan: Bo’z to’qiymiz qirg’og’ini o’xshatib, Moki otaman dastginamni qashatib. Bozordagi shoyilardan yaxshi yetib Nafisdan o’xshagan bo’zim yaxshidir. Download 34.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling