Reja: I. Kirish: I. Bob: O’zbek mahalliy uslublari 1 Lokal uslublari haqida umumiy ma’lumot


Mahalliy uslublarning o’ziga hos tomonlari


Download 34.46 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi34.46 Kb.
#1599882
1   2   3   4   5   6   7   8
1.2 Mahalliy uslublarning o’ziga hos tomonlari
“O‘zbek musiqasi iborasi” keng mazmunli tushincha bo‘lib, u, jumladan o‘z ichiga milliy musiqamizning ikki asosiy qatlamini – xalq musiqasi va ustoz san’atkorlar ijodi bo‘lgan kasbiy musiqa sohalarini hamda bastakorlik va kompozitorlik kabi zamonaviy musiqa ijodiyoti tarmoqlarini qamrab oladi.
Shuningdek, “o‘zbek musiqasi “ mazmunida 4 ta asosiy mahalliy uslublar mavjud va ular quyidagicha nomlanadi;
Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi:
Buxoro-Samarqand musiqa uslubi
Xorazm musiqa uslubi:
Farg‘ona –Toshkent musiqa uslubi.
Har bir mahalliy musiqiy uslub o‘z xussusiyati va an’analariga ega. Bu an’analar esa uzoq davrlar mobaynida shakllangan bo‘lib, ular xalqimizning turli sharoitdagi turmish tarzi, urf-odat bayramlari va boshqa shu kabi jarayonlar bilan o‘zviy bog‘lanib ketadi. Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi deganda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hududida shakllangan barcha musiqiy badiiy an’analar tushiniladi. Bu an’analar mehnat aytimlari , mavsumiy marosim qo‘shiqlari, cho‘ponlar ijodi, baxshilar san’ati va xalq ijodiga oid yana ko‘plab qo‘shiq va cholg‘u kuylaridan tashkil topadi. Shuni ham aytish kerakki, musiqiy an’analarining kelib chiqish negizlari qadimiy davrlarga taaluqqli bo‘lib, ular turli vaziyatlarda, xalqning turmish tarzi bilan bog‘liq turfa ko‘rinishlarda, mehnat jarayonlarida, oilaviy sharoitlarda o‘tkaziladigan urf-odat va marosimlarda, ommaviy sayl va tantanalarda yuzaga keldi. Surxondaryo-Qashqadaryo hududlarda yashovchi mahalliy aholi uzoq davrlardan buyon chorvachilik va dehqonchilik mehnati bilan shug‘ullanib keladi. Shu bois ham bu yerlarda mehnat jarayonlari bilan bog‘liq aytim va cho‘pon kuylari juda ko‘plab ijro etilgan. Chorvachilikka doir qo‘shiqlar (aytimlar) asosan “Sog‘im qo‘shiqlari” dan iborat bo‘lib, ular qora mol, biya, tuya, echki kabi uy hayvonlarini sog‘ish paytida kuylangan. Madaniy merosga har bir avlodning o’z munosabati bo’ladi.Bu munosabat yaxshi bo’lsa, xalq ijodi ham uning har janri, ya’ni maqol, ertak, doston, qo’shiqlari, aytimlari hayotiylik kasb etib yashnayveradi.Qo’shiqlari, milliy urfodat, an’analari yashab turgan yurtning farzandlari, demak hayoti, tarixi ham yashayveradi, yurti obod, xalqining ma’naviyati yuksak bo’ladi. Har bir jamiyatning o’z madaniyati va ma’naviy omillari mavjud bo’lganidek, mustaqil jamiyatimizni ham milliy-ma’naviy omillari sirasida xalq musiqa merosi muhim ahamiyat kasb yetadi. Shu jihatdan xalqimizning o’tmish ma’naviy merosini o’rganish, shu asosda milliy mafkurani yaratish, ularda vatanparvarlik, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni sevish va qadrlash tuyg’usini kamol toptirish alohida e’tiborni talab qiladi. Zero, ona vatanni sevish, uni ardoqlash, milliy qadriyatlarni hurmat qilish tuyg’usi – bu insoniyat tarixi kabi qadimiy, muqaddas tuyg’udir. Bu qadimiylikning g’oyaviy-badiiy ifodasi bir qator badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq qo’shiqlari, afsona va dostonlarida o’zining o’chmas muhrini qoldirgan. Bu ham mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini milliy madaniyat zamirida shakllantirish borasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarimizning to’griligini ko’rsatadi. Xalq musiqa merosida o’zining mazmun va mohiyatiga ko’ra xalqning urfodat va an’analari bilan hamda mehnat jarayoni ochlik aytimlar, cholg’u kuylari yetakchi o’rin tutadi. Bunga misol qilib Surxondaryo-Qashqadaryo mahalliy uslubiga tegishli “Shoh moylar”, “Qo’ylarni ko’chirish”, “Qo’ylarni to’plash”, uchun aytimlari, Buxoro-Samarqand mahalliy uslubidagi to’y-marosimlari bilan bog’liq aytimlar (sozandachilik san’ati), Xorazm viloyatida keng yoyilgan xalfachilik (xalfalar ko’proq to’y-marosimlar, diniy marosimlarda marosimga xos aytimlarni aytib kuylashgan)ni, shuningdek, turli bayram (gap-gashtak, xalq sayillari)larda aytiladigan namunalarni misol qilib keltirish mumkin. Ularda tabiiyki o’sha vohalarda yashovchi xalqning ijtimoiy-madaniy vaetnik turmush tarsi, tarixi, urf-odatlarining kelib chiqishi, ma’lum bir marosim bilan bog’liqligi o’z aksini topadi. Ta’kidlab o’tilgan qo’shiqlar, laparlar, yalla, alla, katta ashula, diniy mazmundagi motam aytimlari, mehnat –fasl qo’shiqlari, marsiya, doston qo’shiqlari orqali o’sha voha xalqining hayotiy falsafasi, lozim bo’lsa pedagogic ahamiyatga molik qarashlarini ham bilib olish mumkin. Shuning uchun ham o’zbek xalqining musiqiy ijrochilik uslublari, an’analarining musiqiy-pedagogik hususiyatlarini muayyan janrlarga mansub aytimlar, cholg’u kuylarning amaliymusiqiy uslublari, musiqiy-ma’rifiy faoliyatini o’rganmay turib, tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish kutilgan natijani bermasligi mumkin.Shu sababli biz o’zimizning mazkur tatqiqotimizda milliy-musiqiy uslublar, ularga xos aytimlarning tarbiyaviylik xususiyatlarini tahlil qilish, ulardan pedagogik maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarini tadqiq qilishga harakat qildik.

Download 34.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling