Reja: I. Kirish: I. Bob: O’zbek mahalliy uslublari 1 Lokal uslublari haqida umumiy ma’lumot


Download 34.46 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi34.46 Kb.
#1599882
1   2   3   4   5   6   7   8
Charx qo’shig’i: Charxim guv-guv etadi, Tovushi uzoqqa ketadi.
Ovulimning qizlari,
Achchiq olma ekadi.
Achchiq olma pishibdi…
Qo’shiqning barcha satrlaridagi bo’g’inlar 2+2+3 shaklida guruhlanadi.Kuylashda ham o’zgacha sho’xchan ohangdorlik kasb yetadi.Shuningdek, ip yigiruvchining chevarligi o’z san’ati bilan haqli ravishda faxrlanishi taqqoslovchi yo’l bilan ochib beriladi. Yelak ichida kerak, Ipginam ipak.
Mening ipimday qilib,
Esholmaydi o’rgimchak
Bu kabi qo’shiqlarda xalq ommasining halol mehnat qilib tirikchilik uchun kurashi, mehnatni sharaflashi namoyon bo’ladi.


2.2 Farg’ona – Toshkent Surhandaryo Qashqadaryo lakol uslublari
Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi — Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy anʼanalar majmui. Mazkur uslubning oʻziga xos jihatlari oʻzbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qoʻshiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (doston, ashula, katta ashula, maqom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi.Jumladan, bolalar ("Laylak keldi", "Olatoy", "Oftob chiqdi" va boshqalar) va mavsumiymarosim qoʻshiklari ("Boychechak", "Binafsha" va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Fargʻona-Toshkent musiqa uslubida soʻlim tabiatli kuy-ohanglar ham shakllangan boʻlib, ularning namunalarini mahalliy ashulalarda koʻrish mumkin. Bular ikki xil boʻladi: xalq ogʻzaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar hamda bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. "Tanavor", "Ey nozanin", "Oydek toʻlibdur", "Farzoni", "Ul parivash" singari xalq ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek, xotin-qizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, "Nigorim", "Galdr", "Nisor", "Figʻon", "Chaman yalla" singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda. Bunda tanbur va dutor joʻrnavozligi koʻp qoʻllaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda T. Jalilov, K.Jabborov, J. Sultonov, Gʻ.Toshmatov, F.Sodiqov kabi bastakorlar katta hissa qoʻshganlar. Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi doirasida qariyib barcha xalq cholgʻulari (dutor, tanbur, rubob, chang , sato, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, karnay, doira, nogʻora va boshqalar) namoyon boʻladi. Ular yakka yoki ansambl tarkibida qoʻllaniladi Fargʻona-Toshkent musiqa uslubida "Dilxiroj", "Andijon polkasi", "Fargʻona rezi", "Tanavor", kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir.

XULOSA
Xulosa o’rnida shu aytish mumkunki har bir mahalliy uslubni o’ziga hos farqli tomonlari bor bularni o’quvchi yoshlarga yetkazib berish ularni farqli tomonlarini, o’ziga hos hususiyatlarini yetkazish pedagoglar oldidagi kata vazifa mahalliy uslublarga hos musiqalar orqali o’quvchi yoshlarning estetik tarbiyalash ularni manaviy kamolotini oshirish va shu narsalarni ochib berishga harkat qildik. Mahalliy uslublarda halqimizni o’tmishi turmush tarzi yashash sharoiti shulardan kelib chiqib har birini o’ziga hos tomonlari mavjud, mahalliy uslublarga hos bo’lgan maqomlar kata ashullalar suvora, lapar o’lan, yalla, terma qo’shiqlari va boshqalarni tahlil qilish kurs ishimizda asosiy o’rin tutadi. Shu jihatdan xalqimizning o'tmish ma'naviy merosini o'rganish, shu asosda milliy mafkurani yaratish, ularda vatanparvarlik, milliy urf-odat va qadriyatlarni sevish hamda qadrlash tuyg'usini kamol toptirish alohida e'tiborni talab qiladi. Bu qadimiylikning g'oyaviy badiiy ifodasi bir qator badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq qo'shiqlari afsona va dostonlarida saqlanib qolganligi ham mamlakatimizda ta'lim-tarbiya, uztoz-shogird an'analarining tog'ri va maqsadli shakllanganligini ko'rsatadi. Ta'kidlab o'tilgan qo'shiqlar, laparlar, yalla, alla, katta ashula, diniy mazmundagi motam aytimlari, mehnat qo'shiqlari, marsiya, doston qo'shiqlari orqali o'sha hudud xalqining hayotiy falsafasi, lozim bo'lsa pedagogik ahamiyatga molik qarashlarini ham bilib olish uchun zamin yaratadi. Shuning uchun ham o'zbek xalqining musiqiy ijrochilik uslublari, an'analarining musiqiy-pedagogik xususiyatlarini muayyan janrlarga mansub aytimlar, cholg'u kuylarning amaliy-muqiqiy uslublari, musiqiy ma'rifiy faoliyatini o'rganmay turib, tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish samarali bo'lmasligi mumkin.Uzoq o'tmishda sinkretik san'atning namunasi bo'lgan qo'shiqlarni yaratuvchilar va ijro etuvchilar mehnat faoliyati-ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik ishlari, xalq amaliy san'ati kulolchilik, o'ymakorlik va boshqa san'atlar bilan bevosita aloqada bo'lib, ayni chog'da mehnatkash ommaning qadimiy urf-odatlari, xilma-xil marosimlari va e'tiqodlari negizida yashab kelgan.


Download 34.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling