Reja: I. Kirish: I. Bob: O’zbek mahalliy uslublari 1 Lokal uslublari haqida umumiy ma’lumot


Download 34.46 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi34.46 Kb.
#1599882
1   2   3   4   5   6   7   8
Sahrolarda aytiladigan qo’shiqlar „Yo boniy’ deyilgan. Yo boniy Ushshoq ohanglari asosiada yaratilgan bo’lib, usulsiz ijro yetilishining qaysidir jihatlari katta ashulaga ham o’xshab ketadi. Ular Toshkent-Farg’ona uslubidagi Yovvoyi ijrolarga yaqin keladi.”Buxorcha” tuzilishiningikki xil shakli bor. Birinchisi, maqomlar asos qilib olingan.Unda “Talqin Uzzol” yoki “Uffori Uzzol” olinib, boshqa uforlar qo’shilib ijro yetilgan.
2. Tarje’. Yu. Rajabiy ijrosida yozib olingan.
3. Gardun. Yu. Rajabiy ijrosida yozib olingan.
Xorazm musiqa uslubi
Xorazm musiqa uslubi – bu shu vohadagi xalq qo‘shiq va laparlari turli marosim tamosha va o‘yin-raqs kuylari hamda dotonchilik, ashulachilik va maqom san’ati kabi kasbiy musiqa an’analaridan tashkil topadi. O‘zbek musiqasining tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm musiqasi ayni vaqtda o‘zgacha tarovatga ega bo‘lib, uning ma’lum darajada turkman va ozarbayjon musiqasiga mos jihatlari ham bordir.
Xorazm musiqa uslubining o‘ziga xos jihatlari, uning an’anaviy cholg‘ularida ham nomoyon bo‘ladi. Masalan, bo‘lamon cholg‘usi boshqa uslublarda uchramaydi. Bu soz tut daraxtidan ishlangan kichik surnay shaklidagi cholg‘u bo‘lib, unda yakka holda va ansamllar tarkibida ijro etish mumkin. Xorazmda Kavkazning mashhur tor cholg‘usi ham keng tarqalgan. XIX asrning oxiriga kelib Xorazm musiqa san’atida deyarli o‘zbek xalq cholg‘ulari deyarli uchramaydi, jumladan do‘mbira ham.
Xorazm musiqa uslubida raqs va umuman, o‘yin harakatlari bilan bog‘liq cholg‘u kuylari son cholg‘usi ham ommalashib ketdi. Uni “soz” deb ham atashadi. Raqs o‘yin-kuylarini bir necha turlarga bo‘lish mumkin:
1. Xalq orasida ommalashgan raqslar. Ularning asosini Lazgi, Ganji Qorabog‘, Ufori kabi kuylar tashkil etadi.
2. Dorbozlarning o‘yin kuylari. Ularning Yelpazalandi, Ufori Yelpazalandi kabi kuylar tashkil etadi.
3. Qiziqchi va masxarabozlarning o‘yin kuylari. Bu kuylarni CHog‘olloq,

Az-az, Xorazimcha, Yuz bir , Ot eroni, surnay yo‘li kabi namunalar tashkil etadi.


Xorazm raqs va o‘yin kuylari ommaviy bayram, sayllarda ijro etiladi. ”Harakatli o‘yinda parrandali va uy hayvonlarining xatti-harakatlari (ot o‘yin, tustovuq o‘yin, kaprtar va boshqalar) kiradi.
Ikki va undan ortiq ijrochilarning tarafma-taraf bo‘lib kuylaydigan aytishuvlarga lapar deb aytiladi. Laparlar aytilayotganda raqsga ham tushish mumkin, chunki ularda raqsbop usullar, ayniqsa Ufar usuli keng qo‘laniladi.
An’analarga ko‘ra laparlar xalq bayrami va sayillarda to‘y marosimlari va boshqa ommaviy tantanalarda ijro etilgan.
Xorazmda ashulachilik san’ati ravnaq topgan bo‘lib, ashlachilarni xalq orasida ko‘proq “go‘yanda” deb ataydilar. Ashula janri mumtoz she’riyat namunalariga asoslangan. Kuy-ohanglari esa qo‘shiq va laparga nispatan diapazoni keng bo‘lib, ovoz ko‘lami bir oktava yuqori Xorazmda “suvora” nomi bilan ma’lum va mashhur ashula turkumlaridir. ”Suvora” so‘zi fors-tojikcha bo‘lib, ot tuyog‘idan hosil bo‘ladigan turli ritmik to‘zilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylar”ni ifodalaydi.
Xorazmda Suvora ijrochilarini didalishma deb yuritiladi. Uning 7 ijrochtlari Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov, Madrahim yoqubov kabi ijrochilarning nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi.
Xorazm xalq urf-odat va marosimlari ham o’ziga xos ko’rinish, an’ana va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Xorazmda to’y marosimi bilan bog’liq urf-odatlar bir necha nomlanishlarida bo’lib, ularning har birida unga mos qo’shiq raqslar ijro yetilgan.“Xatna to’yi”,”Qiz uzatuv”, “Kelin tushirish to’yi” kabilar. “Yotoq to’yi” kun botishi oldidan boshlangan. Qizning dugonalari, xotin-xalaj, shuningdek, kuyov tomonidan to’qqiz dasturxon olib kelgan xotinlar qatnashadi. To’y dasturxonidagi noz ne’matlar yoyilib bo’lgan, kayvoni ruxsati bilan qizlar bazm boshlab “Yor-yor” qo’shiqlarini ijro yetishgan.Bu bazmga xalfalar ham taklif qilinib, navbati bilan qo’llarda piyola ushlab, bir-biriga urilishi natijasida jarangli ovoz chiqarib, kuylashgan:
Tokchadagi qaychini zang bosibdi yor-yor,
Chiqadigan bekani g’am bosibdi yor-yor,
Yig’lama qiz, yig’lama, to’y saniki yor-yor
Juft kalitli koshona uy saniki yor-yor
Shundan qizga nasihat tarzidagi qo’shiq ijro yetiladi. Keyingi bosqichda qizni kuyovnikiga borishiga ruxsat yetish bilan bog’liq aytim aytiladi:
Yusuf bilan Zulayho yor edilar yor-yor, Bir-birini ko’rmoqqa zor edilar yor-yor.
Hay-hay o’lan, jon o’lan, haylanamish, yor-yor, Qizni olib yangasi, shaylanamish, yor-yor.
Kelin kuyovnikiga “To’ylar muborak” qo’shig’i sadolari ostida kirib keladi:
Muboraklar bo’lgay aytgan to’yingiz, Jun patakli ko’shki ayvon joyingiz.
Mudamo izzatda o’tgay umringiz,
Boshlagan to’yingiz muborak bo’lgay.–deb xalfalar ashula aytishadi.Kelin kuyovning hovlisiga kirgach, yendi kelin salom olish boshlanadi.
Kelin dugonalari bilan xos bezatilgan xonaga kiradi.Kuyov go’shangaga kirib keladi. Yangalar kuyovning o’ng tiuzzasiga o’g’il bola o’tqazadilar. Kuyovga oyna berishadi.U kelin bilan oynaga qaraydi. Kuyov jo’ralari uni ismini aytib: “Otang chaqiradi, akang keldi, do’stlaring ketmoqchi” deb chaqira boshlashadi. Kuyov go’shangadan tashqariga chiqadi.Kuyov ikki do’sti bilan go’shanga yoniga qaytib keladi.Yangalar ularga pishgan tovuq go’shtni uzatishadi.Yigitlar uni og’zi bilan tishlab olib yeyishlari kerak.Bu holatda davrada sho’x kulgu yangraydi.To’yning yeng qiziq payti bu- kuyoving tuflisi, belbog’i, kavushini yechishi.Bu ish yangalar tomonidan bajariladi.Tufli, kostyumi cho’ntagida, belbog’ida pul bo’ladi.Buni yechishga qatnashgan yangalar olishi kerak. “Kelin tushirar” to’yidan uch kun o’tgach kelinning ota-onasi kuyovni
“chaqiradilar”. Yana 3-4 kundan keyin “Nikoh qiyish” marosimi o’tkaziladi.Bu marosimlarni har birida o’ziga xos to’y qo’shiqlari ijro etiladi.

Download 34.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling