Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1-bob. 탄생 – tavallud


Download 0.68 Mb.
bet1/10
Sana20.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1787491
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Koreys madaniyatida inson hayoti bilan bog’liq marosim va qarashlar. Kurs ishi


KURS ISHI

Mavzu: Koreys madaniyatida inson hayoti bilan bog’liq marosim va qarashlar

Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1-bob. 탄생 – tavallud

    1. Shomonizm e’tiqodida Samshin – farzandga baxt olib keluvchi xudo

    2. 태교와 태몽 – ona qornidagi ta’lim va urf-odatlar

    3. 백일과 돌잔치 – birinchi 100 kunlik va birinchi tug’ilgan kun

2-bob. 관혼상제 – inson hayot yo’lidagi to’rt asosiy marosim

    1. 관례 – ulg’ayish marosimi

    2. 혼례 – to’y marosimi

    3. 상례 – dafn marosimi

    4. 제례 – xotira marosimi

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


I. KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Hozirda milliy dunyo xalqlari madaniyatining turli jabhalarini o’rganish alohida e’tibor kasb etmoqda. XXI asr boshlarida turlicha madaniyatga ega bo’lgan xalqlar o’rtasidagi aloqalarning jadallashhuvi sezilarli darajada ko’paydi. Shu bilan birga turli xil madaniyatga xos bo’lgan insonlarning o’zaro muloqoti alohida e’tiborni tortadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Milliy tiklanish jarayoni nafaqat o’zbeklar orasida, balki O’zbekiston hududida yashovchi boshqa millat vakillari orasida ham umum-madaniyatga asoslangan xalq birlashuvi jarayoni bormoqda”1.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, O’zbekiston va Koreya xalqlari o’rtasida qadimdan o’zaro do’stlik aloqalari mavjud bo’lgan. Buni Afrosiyob devoriy suratlari orasida VII asrda Osiyoning sharqiy hududida joylashgan Tinch okean qirg‘oqlarini yuvib turuvchi uzoq Kogoryo mamlakati elchilarining Samarqand hukmdori saroyiga tashrifi ifodalanganligini ko'rish mumkin. Keyinchalik ma'lum muddat bu davlatlar orasidagi o'zaro aloqalar uzilgan. Biroq, globallashuv jarayonida odamlar va sarmoyalarning chegara bilmasligi natijasida uzoq mamlakatlar orasidagi o'zaro munosabatlar odatiy holatga aylanmoqda.

O’zbekiston va Koreya Respublikalari o’rtasidagi o’zaro siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqalarida koreys tilining tez sur’atlarda rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Tabiiyki, ikki mamlakat xalqlarining o'zaro qiziqishlari ham kundan kunga oshib bormoqda. Koreya Respublikasi O'zbekiston iqtisodiyotining eng yirik investorlaridan biri hisoblanadi. Minglab koreyslar mamlakatimizga tashrif buyurmoqdalar, o'z navbatida, ko'plab o‘zbekistonliklar Koreyaga biznes, ish, o'qish va dam olish uchun borishi natijasida koreyslar o'zbek va rus tillarida, o'zbekistonliklar esa koreys tilida bemalol so'zlashmoqdalar. Aynan yaqin aloqalar tufayli har ikki mamlakat haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishga intilish ham tabiiy holatdir.


Koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish O‘zbekistonning Koreya bilan olib borayotgan xalqaro aloqalarini yanada uzoq davom etishiga, ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq yillik madaniyat, san’at va ilm-fan singari sohalardagi hamkorlikning rivojlanishiga zamin yaratadi. Biz ham tanlagan mavzuimiz orqali ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro do’stona madaniy aloqalarni bir oz bo’lsa-da rivojlantirishga hissa qo’shamiz degan umiddamiz.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling