Reja I. Kirish II. Asosiy qism
Download 69.25 Kb.
|
Mavzu ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Aso-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarga kirish sahifalarini yaratish
Sahifalar bilan tanishuv.
Mazkur ob’ekt ham “shakl” singari MB dagi ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi. “Shakl” ma’lumotga bevosita kirish imkonini bersa, ”sahifa -страница” MB ga uzoqdan turib, Internet va internet orqali kirishga mo’ljalangan. rasm 6 “Ma’lumotlarga kirish sahifalari” ob’ekti MB dan olisdagi iste’molchiga ma’lumot uzatish masalasini hal etish maqsadida yaratilgan. Odatda MB anchagina katta hajmda bo’lgani boisdan ularni to’laligicha va to’gridan to’gri aloqa kanallari orqali etkazish amalda qo’llanilmaydi. Bu xavfsizlik maqsadlariga muvofiq emas, qolaversa, katta hajmli ma’lumotning katta masofalarga uzatilishi o’ziga yarasha vaqt sarflanishi taqazo etadi. Ayni choqda, ko’plab zamonaviy Web-brauzerlarning serverlarda joylashgan MB bilan ishlash imkoniyatlari hozircha etarli darajada emas. Shu boisdan, ”saxifalar” ob’ekti bu masalalarda vositachilik rolini egallaydi. «Saxifalar» ob’ektlarining afzalliklariga e’tibor bering: ular egallaydigan xajm katta bo’lmaydi, ular MB da erkin xarakatlanish uchun qulay boshqaruv elementlarini o’z ichiga oladi, ular NTML formatida yozib olinishi mumkin, odatdagi aloka kanallari orkali uzatilishi va standart brauzerda kayta ochilishi mumkin. Formatiga ko’ra “sahifalar” ob’ekti Web-hujjat hisoblangani sababidan, ularni boshqa ixtiyoriy Web-hujjat ichiga, aytaylik, Web-sahifaga joylashtirish mumkin. MBning boshqa ob’ektlaridan farqli ravishda “Sahifalar” ob’ekti alohida, MBBT dan mustaqil bo’lgan, faylda saqlanadi. Bu fayl NTML formatida bo’ladi. Ma’lumotlarga kirish sahifalarini yaratishYuqorida “sahifalar” ob’ekti “shakllar” ob’ektiga qaysidir jihatlari bilan o’xshashligini aytib o’tgandik. “Shakllar”dagi kabi “sahifalar”da ham bezak o’ziga xos bo’lishi kerak. “Sahifalar”ni “Maстер страниц” vositasida yaratish qulayroq. “Maстер страниц” ham boshqa barcha ustalar qatori avtomatlashtirish vositasi bo’lib, u “Cоздание страницы доступа к данным с помощью мастера” nomli belgicha(element)ni tanlash bilan ishga tushiriladi. “Maстер страниц” – “Saxifalar ustasi” ishga tushgach, dastavval saxifa kirishni ta’minlab berishi kerak bo’lgan jadvallar yoki so’rovlar, ularning tarkibida – maydonlar tanlanadi. Keyingi kadam ma’lumotlar turkumlanishini boshkarish uchun muljallangan. Bu imkoniyat ma’lumotlarning katta xajmini o’z ichiga olgan bazalarga kirish uchun ko’zda tutilgan. Chunki, MB jadvalining biror bir maydonida ayrim ma’lumotlar takrorlanib kelaversa, ularga mos qaydlarni bir guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, “ToshPMI talabalari” nomli jadval mavjud bo’lsa, unga kirishni ta’minlovchi “Saxifa” uchun jadvaldagi, aytaylik, bakalavriatda, magistraturada ta’lim olayotgan talabalarga taalluqli qaydlar aloxida guruxga jamlanishi mumkin. Bu turkumlash natijasida bir qancha ichma-ich joylashish pogonalariga ega bo’lgan ierarxik tuzilma tarkib topadi. Yukoridagi misolimizda “Bakalavriat talabalari” gurux ichida “1-pediatriya fakulteti talabalari”, “2-tibbiy pedagogika fakulteti talabalari”, “3-OMX fakulteti talabalari” kabi guruxlar, ularning ichida esa mos ravishda “1-bosqich talabalari”, “2-bosqich talabalari” va xokazo nomli guruxlar, aytaylik, “1-bosqich talabalari” gurux ichida uz navbatida “A potok talabalari”, “B potok talabalari” kabi qism guruxlar xosil qilinishi mumkin. Xuddi shuningdek, yana bir misol, bibkollektorning MBBT da yaratilgan MBsida tarkibidagi qaydlar maktab adabiyotlariga taalluqli bo’lgan “Maktab uchun yangi adabiyotlar” nomli jadval berilgan bo’lsa, olisdan turib foydalanuvchilar uchun “Saxifa”da yuqoridagi misolida keltirilgani kabi “adabiyotlar” ni turkumlash amalga oshiriladi. “Usta”ning ikkinchi saxifasi turkumlashni amalga oshiruvchi maydonlarni tanlashga mo’ljallangan boshqaruv elementlarini taqdim etadi va turkumlash satxining qanchalik ichkariga qarab ketishini boshqaradi. Ierarxik tuzilmaga ega “saxifa” o’zidagi turkumlanishning xar bir satxi uchun aloxida bo’lim xosil qiladi. Bu esa mos ravishda, xar bir bo’limning o’z boshqaruv elementlari bo’lganidek, turkumlash satxlari xam o’zlarigagina taalluqli boshqaruv elementlariga ega bo’lishlari mumkinligini anglatadi. Navbatdagi boskichda aks ettirilayotgan ma’lumotlarni tartiblash uslubi tanlanadi. Bunda turttagacha maydonni qamrab olgan saralash tartibini berish mumkin. Ma’lumki, saralashlar o’sish yoki kamayish tartibida bo’ladi. Яkunlovchi boskichda “saxifa” berilajak nom bilan saqlanadi. Shu erning o’zida “Izmenit maket stranitsi” doirachasini faollashtirish bilan Konstruktor rejimiga o’tish mumkin. Maketni o’zgartirayotganda “saxifa”ga Microsoft Office maketi tarkibiga kiruvchi “bezash mavzulari” (temi oformleniya)dan birini tadbiq etish mumkin. “Bezash mavzulari” Sizga Microsoft Windows operatsion tizimida ishlash malakangizga ko’ra yaxshi tanish bo’lishi kerak. Download 69.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling