Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 60.65 Kb.
bet2/12
Sana29.07.2023
Hajmi60.65 Kb.
#1663501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Insonning mehnat salohiyati tushunchasi. Professionallik, uning

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Mehnat bozori, mehnat salohiyati shakllanishi, mehnat unumdorligi va samaradorligi muammolarini o’rganishga olimlardan Abdurahmonov Q.X., Shodiyev R.X., Ubaydullayeva R.A., Xolmo’minov Sh.R., Artikova D., Akromova G.A., Raximova D.N., Maksakova L.R., Xo’jayev., Yuldashev M. va boshqa olimlarning ilmiy ishlari bag’ishlangan.
Bu ilmiy izlanishlarda mehnat salohiyatini shakllanishi, mohiyati, mazmuni, mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo’llari va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlari to’la ochib berilgan.
Bu muammoning yangicha iqtisodiy munosabatlari davrida ahamiyatliligi kurs ish mavzusining dolzarbligi, uning maqsadi, asosiy vazifalarni to’g’ri aniqlashga imkon yaratadi.
Ishning maqsadi – bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida mehnat salohiyati va resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur kurs ishning asosiy vazifalari etib quydagilar belgilanadi:
 mehnat resurslari va uning ijtimoiy – iqtisodiy mazmunini yoritib berish;
 mehnat resurslaridan foydalanishning xorij tajribasini tadqiq etish;
 mehnat resurslari shakllanishi va ulardan foydalanish yo’nalishlarini aniqlash;
 korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish;
 mehnat resurslari tarkibi va foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
 mehnat unumdorligini tahlil etish;
 mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo’nalishlarini aniqlash;
 mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari bo’yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining predmeti – mehnat resurslaridan foydalanish jarayonida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Kurs ishining nazariy-metodologik asosi bo’lib, mamlakat prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishdagi o’ziga xos yo’li va bozor iqtisodiyoti, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, marketing va sostiologik tadqiqotlar yuzasidan xorijlik hamda vatanimiz olimlari tomonidan olib borgan ilmiy ishlari xizmat qildi. Bitiruv-malakaviy ishni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish haqidagi farmonlari va qarorlaridan foydalanildi.

Download 60.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling