Reja I. Kirish II. Asosiy qism
Samarqand viloyatining ma'muriy-hududiy tarkibi
Download 33.99 Kb.
|
Mintaqaviy iqtisodiyot,Samarqand
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy tarkibi
Samarqand viloyatining ma'muriy-hududiy tarkibi
Samarqand viloyati (viloyat) (oʻzb. Samarqand viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi — Samarqand shahri. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy mintaqasi.U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan.Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash. Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan. Aholi soni 2022-yil holatiga koʻra, 4 mln 077 ming 400 kishi. Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi. Viloyat hududi 16,88 ming km². Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Past Dargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular Samarqand va Kattaqoʻrgʻon. Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924—1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan. 2022-yil 1-sentabr holatiga Samarqand viloyati aholisi soni 4031,3 ming kishini (yoki O‘zbekiston Respublikasi umumiy aholisining 11,4 foizini) tashkil etdi. Bu koʻrsatkich bilan Oʻzbekiston viloyatlari orasida 1-oʻrinda. Ulardan 1 million 520 ming nafari shaharlarda, 2 million 980 ming nafari qishloq joylarda istiqomat qiladi. Erkaklar soni mintaqadagi ayollar sonidan biroz oshadi. Milliy tarkibi O‘zbekistonning Samarqand viloyati aholisining 2021 yil uchun milliy tarkibi: O‘zbeklar – 3 493 990 yoki 88,51% Tojiklar – 280 447 yoki 7,10% Ruslar – 47109 yoki 1,19% Ukrainlar – 8114 yoki 0,21% Armanlar – 7435 yoki 0,19% Tatarlar (Volga, Sibir va Qrimga bo'linmasdan) – 6415 yoki 0,16% Koreyslar – 5884 yoki 0,15% Qozoqlar – 5021 yoki 0,13% Ozarbayjonlar – 4939 yoki 0,13% Lo'lilar (asosan lyuli) – 4773 yoki 0,12% Belaruslar – 3360 yoki 0,09% Turkmanlar – 1606 yoki 0,04% Yahudiylar (asosan Markaziy Osiyo) – 1440 yoki 0,04% Qoraqalpoq – 1041 yoki 0,03% Qirg'izlar – 358 yoki 0,01% Moldovanlar – 337 yoki 0,01% Litvaliklar – 280 yoki 0,01% Gruzinlar – 264 yoki 0,01% Nemislar – 165 yoki 0,00% Estoniyaliklar – 130 yoki 0,00% Latviyaliklar – 32 yoki 0,00% Boshqalar – 74 582 yoki 1,89% Download 33.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling