Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Samarqand viloyatining rivojlanish istiqbollari


Download 33.99 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1495545
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot,Samarqand

3.Samarqand viloyatining rivojlanish istiqbollari
Hozirgi davrda turizmni rivojlantirish har bir davlat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Shuning uchun davlatimiz mustaqillikka erishgach bu sohaga alohida e'tibor bera boshladi. Mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq va samarali foydalanish, an'anaviy, madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini - ziyorat qilish, ekologik, gastronomik, sport, davolashsog'lomlashtirish va boshqa turlarini jadal rivojlantirish hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirdi. Misol tariqasida, Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni, hamda 2017-yil 16-avgustdagi 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi
Dunyo miqyosida turizmning ekstremal, gastronomik, ta'lim, sport, berd votching, tibbiyot, MICE, ziyorat, tog' turizmi, eko va agroturizm, enoturizm kabi 63 turi mavjud bo'lib, O'zbekistonda ularning deyarli barchasini rivojlantirish imkoniyatlari bor. Ayniqsa, ziyorat turizmining imkoniyatlari keng, xususan, respublikamizda mavjud 8 mingdan ziyod madaniy meros obyektlaridan 1257 tasi ziyoratgohlar hisoblanadi. Ziyorat turizmi Vatanimizning deyarli barcha viloyatlarida o'z rivojlanish imkoniyatlariga ega, ayniqsa, Samarqand viloyatida ushbu turizm yuksak taraqqiy etgan. Chunki Samarqandda ko'plab tarixiy inshootlar va ziyoratgohlar mavjud va ular jahon turistlarini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Endilikda Samarqandni O'zbekistonning "Turizm darvozasiga aylantirish va kelajakda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 barobarga oshirish mo'ljallanmoqda. Bu borada Prezidentning 2022-yil 24-dekabrdagi "Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni " Samarqand - Yangi O'zbekistonning turizm darvozasi" konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori muhim dasturilamal bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-f- sonli Farmoyishiga asosan 2019-yil 24-25-may kunlari Samarqandda Xitoy, Rossiya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Bosniya va Gersogovina, Polsha, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston mamlakatlari-ning yetakchi olimlari, turizm sohasi mutaxassislari ishtirokida "Buyuk ipak yo'li chorrahasida ziyorat turizmining renessansi" mavzusida xalqaro miqyosda konferensiya o'z ishini boshlagan edi. Konferensiya Samarqandda ziyorat turizmini tiklash, rivojlantirish bo'yicha amaliy, ilmiy va uslubiy takliflar ishlab chiqish lozimligi ta'kidlangan.
Samarqand viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish uchun olib borilayotgan bir qator chora-tadbirlar o'z samarasini bermoqda. Xususan, butun respub-lika hududlarida va xorijiy mamlakatlarda Samarqandning turizm salohiyati hamda Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlarini namoyish etuvchi "Sa-marqand Yangi O'zbekistonning turizm darvozasi" targ'ibot kompaniyasi yo'lga qo'yiladi, turistlarga xizmat ko'rsatish uchun turizm axborot markazlari tashkil etiladi. BMT ning Butunjahob turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 2023-yildagi navbatdagi 25-sessiyasi Samarqand shahrida o'tkazilishi munosabati bilan tayyorgarlik ishlari ko'riladi. Samarqandni jahon sivilizatsiyasining muhim diniy o'choqlaridan biri sifatidagi imijini mustahkamlash, ziyorat turizmining ulkan salohiyatini yanada ommalashtirish, sayohat sanoatining ushbu qismida xizmat ko'r-satishni diversifikatsiya qilish, ziyorat turizmi eksport hajmini oshirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyatda jami 184 ta mehmonxona joylashtirish vositalari faoliyat olib borayotgan bo'lsa, shularning 181 tasi Booking.com saytida ro'yxatdan o'tgan. Bundan maqsad sayt foydalanuvchilariga ko'proq barqaror uy-joy variantlarini tanlash va barqaror rivojlanish yondashuvlari haqida kerakli ma'lumotlarini olish imkonini beradi.
"Butun dunyo imomi" hisoblangan Imom al-Buxoriyning Payariq tumaninidagi majmuasida 10 ming o'rinli masjid, 21 gektar maydonda ulug' ajdodlarimizning diniy merosi obyektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobon, 3 ta mehmonxona va 24 ta oilaviy mehmon uylaridan, 3000 nafar ziyoratchilarga xizmat ko'rsatuvchi "Halol" standartiga ega umumiy ovqatlanish korxonalaridan iborat ziyorat turizmni majmuasi barpo etilmoqda va boshqa ziyoratgoh joylarida ham rekonstruksiya va yangilash ishlari olib borilmoqda va shu kabi islohotlar tufayli Samarqandda ziyorat turizmi yuksak rivojlanmoqda.
Ziyorat turizmi bo'yicha jahon reytingida O'zbekiston so'nggi yillar ichida 34-o'rindan 9-o'ringa ko'tarilib oldi. Samarqandning madaniy merosi juda katta. Ayni paytda ziyorat turizmining o'z odoblari mavjud. Ulardan biri kiyinish odobi. Afsuski hozirgi kunda ko'pchilik turistlar, ayniqsa, Yevropalik turistlarning ushbu qoidalarga rioya qilmasliklariga ko'zimiz tushadi. Bu narsa, albatta, muqaddas ziyoratgohlarimizga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Lekin bu ularning madaniyati, turmush tarziga aloqador ekanligibi hisobga olgan holda, turistlarga ziyoratgoh odoblari tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Samarqandda har bir ko'cha, suv havzasi o'z tarixiga ega va ayni paytda hali o'rganilmagan, obod etilmagan, e'tibordan chetda qolgan manzillar ham yo'q emas. Misol uchun, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Yangiqo'rg'on qishlog'idagi Abdulla Ansor Ota ziyoratgohi va Qo'lton qishlog'idagi Oshiq Ota ziyoratgohlari shular jumlasidandir. Bu yerlarda buyuk insonlarning qabri joylashganligiga qaramay, ushbu ziyoratgohlar haqida faqatgina mahalliy aholi biladi va tashrif buyuradi. Agar mazkur ziyoratgohlarga ham e'tibor berilganda, bu narsa yurtimizga sayyohlar oqimini yana ham ko'paytirgan va buyuk bobokalonlarimizning ruhlari shod bo'lgan bo'lar edi. Bunday qarovsiz, chetda qolgan ziyoratgohlar nafaqat Samarqandda, balki yurtimizning boshqa joylarida ham bo'lishi mumkin. Agar ular topilib, obod qilinganda, davlatimizda ziyorat turizmni salohiyati yana ham oshgan bo'lardi.
Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan Samarqand bugun haqiqiy turizm markaziga aylanib boryapti. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, yaqinda The Times nashri 2023-yilda dunyoning borish tavsiya etilgan 13 ta joyi ro'yxatini e'lon qildi va bu ro'yxatda O'zbekiston va Samarqand ham muvjud. Unikal tarixiy salohiyatidan kelib chiqib, ziyorat turizmining jozibadorligi oshirishga alohida urg'u qaratilmoqda. Ziyorat bu shunchaki sayohat emas, bu o'zligingni anglash uchun imkoniyat, ruhiy poklanishga, umid, duo va istaklar ijobatini tilash, iymonga eltuvchi yo'l.



Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling