Reja I. Kirish II. Asosiy qism
Samarqand viloyatida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari
Download 33.99 Kb.
|
Mintaqaviy iqtisodiyot,Samarqand
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
3.Samarqand viloyatida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari
Samarqand viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan. Viloyatda 2022 yilda 4 802,4 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 2021 yilning mos davrigaga nisbatan 112,9 foizga o‘sgan. Iqtisodiy faoliyat turlari buyicha ishlab chiqarilgan xizmatlarning asosiy ko‘rsatkichlari 2021 yilga nisbatan o‘sish surati (%da) Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 117,7% Moliyaviy xizmatlar 135,9% Transport xizmatlari 110,5% Yashash va ovqatlanish xizmatlari 105,3% Savdo xizmatlari 107,8% Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 116,7% Ta’lim sohasidagi xizmatlar 87,9% Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 114,4% Ijara xizmatlari 100,9% Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 109,3% Shaxsiy xizmatlar 112,1% Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 117,1% Boshqa xizmatlar 127,1% 2022 yil yanvar-mart oylarida yuqori o‘sish moliya sohasidagi xizmatlarda (35,9%), boshqa xizmatlarda (27,1%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (17,7%), me’morchilik sohasidagi xizmatlarda (17,1%), shuningdek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarda (16,7%) qayd etildi. 2022 yil yanvar-mart oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 238,3 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,0%ini tashkil etdi. 2021 yil yanvar-martga nisbatan o‘sish sur’ati 87,9%ni tashkil etgan. Taqqoslash uchun: 2021 yil yanvar-martda xizmatlar hajmi 239,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2020 yilga nisbatan esa 26,8%ga o‘sish qayd etilgan.IT Park masofaviy xizmatlarini joriy etish, OTMlarda startap inkubatsiya markazlarini tashkil etish, jamoat transportini rivojlantirish, kasbga o‘rgatish, xususiy klinikalarni rivojlantirish, muzeylarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish kabi chora tadbirlar belgilab olingan. Xulosa Samarqand viloyatining iqtisodiy rivojlanishini yanada rag’batlantirish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilad olindi 2022-yilning 17-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Umurzakov vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan Davlat rahbari Samarqand viloyatiga 15-16-aprel kunlari amalga oshirgan tashrifi chogʻida bergan koʻrsatmalarining ijrosi doirasidagi ustuvor vazifalarni, shuningdek, viloyatda investitsiyaviy, sanoat va eksport faoliyatini yana-da ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qildi. Hududiy investitsiya dasturi ijrosi oʻrganildi – mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlar oldida turgan muammoli masalalarni aniqlash va zudlik bilan ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish maqsadida barcha tasdiqlangan loyihalar inventarizatsiyasini oʻtkazish topshirildi. Shuningdek, eng istiqbolli tarmoqlarda hudud sanoatini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan yangi loyihaviy takliflarni ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Samarqand viloyatida bunday tarmoqlar toʻqimachilik, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlik, metallurgiya, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarini iboratdir. Mazkur tarmoqlar salohiyatidan samarali foydalanish qisqa vaqt ichida viloyat iqtisodiy koʻrsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga erishish imkonini beradi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish va yangi ish oʻrinlari yaratishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqilgan loyihalarning barcha texnik-iqtisodiy parametrlarini, jumladan, yer, infratuzilma, kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojni, shuningdek, ularni amalga oshirishdan kutilgan iqtisodiy natijalarni loyihaoldi tayyorgarlik bosqichida puxta tahlil qilish zarurligi taʼkidlandi. Investitsiyaviy loyihalarning amaliy ijrosini jadallashtirish va oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida ularning tashabbuskorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi mexanizm va manbalarini topish borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi taʼkidlandi. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining resurs va infratuzilma imkoniyatlarini tahlil etish, yangi “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash va yangi, ilgʻor innovatsion texnologiyalar asosida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega yuqori texnologiyali mahsulotlar yaratishga qaratilgan hamda yuqori foyda keltiruvchi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish orqali EIZ salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish vazifalari koʻrib chiqildi. Ichki va tashqi bozorlarda bunday mahsulotlarning ayrim turlariga boʻlgan ehtiyojni xolisona baholanishi bir vaqtning oʻzida mahalliylashtirish darajasini oshirish, mahalliy korxonalar va aholining ommabop tovarlarga boʻlgan talabini qondirish hamda eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini berishi qayd etildi. Eksportchilar bilan tezkor ishlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga hududning har bir eksportchisiga xodimlarni biriktirishni taʼminlash topshirildi. Masʼullar vazifalariga joylarga bevosita chiqib, korxonalar faoliyatini oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal qilish boʻyicha choralarni koʻrish, shuningdek, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni izlash kiradi. Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlarga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muddatlari belgilangan aniq koʻrsatmalar berildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. “Samarqand” so‘zi tilga olinsa, o‘tmishdagi mahobatli va mahobatli binolar ko‘z o‘ngimizda qadimiy Samarqand xarobalari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, zamonaviy davrning keskin o‘zgarishlari tufayli shahrimiz hamisha yosh. O'tmishsiz hozirgi va kelajak yo'q. Bularning barchasi bizning Samarqandimiz – o‘tmishi buyuk va kelajagi bundan-da buyuk shahardir. Foydalanilgan adabiyotlar 1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Samarqand_viloyati 2.invest.gov.uz/ru/regional-map/samarkandskaya-oblast/ http://invest.gov.uz/ru/regional-map/samarkandskaya-oblast/ 3.https://samcity.uz/mycity 4.https://samstat.uz/files/284/Demografiya/3307/Samarqand-viloyatining-mamuriy-hududiy-bolinishi.pdf 5. https://review.uz/ Download 33.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling