Reja I. Kirish II. Asosiy qism
-2020 yillarda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 11% ga oshib, 43,8 trln. so‘mni tashkil etdi
Download 33.99 Kb.
|
Mintaqaviy iqtisodiyot,Samarqand
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infratuzilmani rivojlantirish sohasida
2017-2020 yillarda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 11% ga oshib, 43,8 trln. so‘mni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 7,4 trln. so‘mdan 18,4 trln. so‘mga (o‘sish 28%) oshdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 0,7% ga, 2016 yildagi 17,6 trln so‘mdan 2020 yilda 33,8 trln so‘mga oshdi. Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 35 % ga, 2016 yildagi 34,6 mingdan 2020 yilda 46,7 mingga o‘sdi. Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 243 km gaz quvurlari va 1 583 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi, shuningdek, qariyb 100 km avtomobil yo‘llari foydalanishga topshirildi. O‘tgan besh yil mobaynida Samarqand viloyatida 203 mingta ish o‘rni yaratildi. Shu davr mobaynida viloyatda 4 854 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 13 mingta, maktablarda 59,4 mingta, shifoxonalarda 2,5 mingta o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar tashkil etildi. Joriy yil oxiriga qadar Samarqand viloyatida 12,1 trillion so‘mlik 1184 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu 17,3 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. To‘qimachilik, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlik, metallurgiya, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish Samarqand viloyatining asosiy "o‘sish nuqtalari" sifatida belgilangan. Mazkur tarmoqlar salohiyatidan samarali foydalanish qisqa vaqt ichida viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga erishish imkonini beradi. Bugungi kunda Samarqand aholisi 600 ming kishidan oshadi. Mavjud uy-joy fondi va infratuzilmasi asta-sekin o‘z salohiyatini yo‘qotmoqda. Samarqandni bir million kishilik shaharga aylantirish uchun uning maydoni 18 ming gektarga kengaytiriladi va unda besh tuman bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shuningdek, viloyatning navbatdagi" o‘sish nuqtasi " ga aylanadi va minglab ish o‘rinlari yaratilishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga Samarqandni MICE-turizm markaziga (Meetings, Incentives, Conferences, Exhibitions) va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish markaziga aylantirish rejalashtirilgan. Buning uchun 18 ming kvadrat metr maydonga Xalqaro Kongress markazi va ko‘rgazma majmualari quriladi. Mazkur markaz ishga tushgach 2000 ta ish o‘rni yaratiladi. Hududiy investitsiya dasturlari doirasida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni jadal ravishda amalga oshirish borasidagi ishlarni yana-da faollashtirish zarurligi qayd etildi. Joriy yil oxiriga qadar Samarqand viloyatida umumiy qiymati 12,1 trillion soʻmlik 1184 ta loyihani amalga oshirish va 17,3 mingta yangi ish oʻrni yaratish, Buxoro viloyatida esa 5,7 trillion soʻmlik 584 ta loyihani hayotga tatbiq etish va shuning hisobiga 12,3 ming yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha ham navbatdagi tadbirlar belgilab olindi. Tegishli idora va tarmoq birlashmalari rahbarlariga viloyatlarning tuman va shaharlariga chiqqan holda, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir takliflarni shakllantirish topshirildi. Eksport faoliyatining joriy koʻrsatkichlari oʻrganildi. Tadbirkor va eksportchilarning muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha manzilli ishlarni faollashtirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Download 33.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling