Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Download 285.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi285.33 Kb.
#1595467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 mavzu

Chiniqtirish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko‘proq 
bo‘lish. Kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida 
(basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda). 
Qomatni to‘g‘ri tutish. Kattalarning nazorati ostida 
jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni 
shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon 
beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. 


Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok 
etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy 
mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etishga harakat 
qilish. 
Kichik guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni 
Bola harakatlarining shakllanishiga yordam berish, 
gavdasini tik tutishga o‘rgatish. Bolalarni mustaqil 
o‘ynayotgan 
paytlaridagi 
harakatlari 
faolligining 
barqarorlashuviga yordam berish. Tarbiyachi tomonidan 
ko‘rsatilayotgan turli harakatlarga bolaning tushunib borishiga 
va birgalikda harakat qilishga undash. Shu bilan birga bola 
diqqatini atrofdagilar harakatiga qaratish. Bolalarni turgan 
joyda sakrashga ikki oyoqni juftlab sakrashga va yengil 
tushishga o‘rgatish. Emaklashga, tirmashib chiqishga to‘p 
bilan harakat qilishga, dumalatish, uloqtirishga o‘rgatish. 
Bolalarda ertalabki badantarbiyaga nisbatan qiziqish, ijobiy 
munosabatlarni uyg‘otish o‘yinlarda ishtirok etishga o‘rgatish. 
Asosiy harakatlarga o‘rgatish
Yurish. To‘p-to‘p bo‘lib yurishga, yo‘nalishni o‘zgartirib 
yurishga, doira bo‘ylab juft-juft bo‘lib qo‘l ushlashib yurishga, 
yurishdan yugurishga o‘tishga, yon tomonga yurish, ketma-ket 
yurishga o‘rgatish nazarda tutiladi. 
Yugurish. Tarbiyachining orqasidan yugurish, dumalatib 
yuborilgan buyumni quvib yetish, ikki chiziq orasidan 
chiqmay yugurish, 20-40 metr masofaga o‘rtacha tezlikda, 70-
80 metrga asta sekin yugurishga o‘rgatish nazarda tutiladi. 

Download 285.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling