Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni
Saflanish va qayta saflanish
Download 285.33 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiniqtirish.
- Qomatni to‘g‘ri tutish.
Saflanish va qayta saflanish. Doira bo‘lib saflanish,
ketma-ket saflanish, bir-birini ketidan turish. Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya. Bolalarni ertalabki badantarbiya vaqtida 4-5 daqiqa davomida o‘yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini o‘stirish, harakatli o‘yinlarda ishtirok etishga hamda o‘yin topshiriqlarini bajarishga o‘rgatib borish nazarda tutiladi. - har kuni ertalab badantarbiya qilish; - harakatlarni namunaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida). Ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish; Chiniqtirish. Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning turli faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi. Quyoshda dastlab kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo‘lishlari, so‘ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha ko‘paytirishlari mumkin. Bolalarni yuz qo‘llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to‘g‘ri foydalanish, badanini xo‘l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish, cho‘milishga, dushdan foydalanishga o‘rgatish. Ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda). Cho‘milish davomiyligi 3-6 daqiqa. Cho‘milish ertalabki sayrdan so‘ng tushlikdan oldin o‘tkaziladi. Qomatni to‘g‘ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Mashg‘ulotlarda, bir oz oldinga engashib, to‘g‘ri o‘tirish, boshni haddan tashqari quyi solmaslik, ko‘krak bilan stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida bukib o‘tirish. Download 285.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling