Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Download 285.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi285.33 Kb.
#1595467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 mavzu

Muvozanat saqlash. Bunda chiziq bo‘ylab muvozanat 
saqlab yurish, biror narsani kaftga, bosh ustida qo‘ygan holda 
yurish, gimnastika o‘rindiqsida bir-biri bilan almashib o‘tish, 
taxta ustida oyoq uchida yurish, yugurib kelgandan so‘ng 
o‘rindig‘ida muvozanat saqlab turish, bir oyoqni bukib
ikkinchisida turish hamda ikkala tomonga aylanish, qo‘llar 
belda, yon tomonlarda ko‘zni yumib yurish kabilar nazarda 
tutildi. 


Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
Qo‘l va yelka uchun mashqlar. Qo‘llarni oldinga, yon 
tomonlarga, yuqoriga ko‘tarish va har safar navbat bilan 
pastga tushirish. Qo‘llarni yonga, oldinga uzatgan holda 
kaftlarni ochib-yopish va aylantirish. Qo‘llarni birin-ketin 
navbat bilan oldinga va yuqoriga ko‘tarish, tushirish orqaga 
siltash. Qo‘llarni tirsakdan bukib aylanma harakat qilish. 
Oyoq uchun mashqlar. Oyoq uchida tik turish, navbati 
bilan avval tovonda so‘ng oyoq uchida turish, ketma-ket bir 
necha marta yarim o‘tirib turish, oyoq kaftlarini bukish va 
yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yig‘ish tovon bilan 
buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘tarish. 
Gavda uchun mashqlar. Qo‘llar belda, ularni yon 
tomonga uzatib goh chap, goh o‘ng tomonga burish, oyoqlarni 
juftlab oldinga egilish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish: 
biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib uning 
ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga o‘tkazish yoki 
aksincha qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga 
urinish, buklash yoki to‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga 
tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan 
ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘llar bilan turli 
harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qo‘lni uzatib 
biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga 
uzatilgan qo‘lni, yelka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda 
tutiladi. 

Download 285.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling